3 -mavzu. Fanda ijod qilish




Download 36.61 Kb.
bet1/5
Sana15.12.2023
Hajmi36.61 Kb.
#119724
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 -MAVZU. FANDA IJOD QILISH
договор Палата 2022, 6-Amaliy ish topshiriqlar (3), 09-dars. Shart operatori, Majidov A analitika mustaqil ish, Agrobank 29-08-2023, Mustaqil ish mavzulariMB, ET lab, web sahifa, 1698377988(1) (1), 23-variant, BEhzod, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT-DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI, 2.Abdumutalibov Ulug\'bek Task 3, Laboratoriya 1

3 -MAVZU. FANDA IJOD QILISH

http://genderi.org/i-mavzu-ilmiy-tadqiqot-metodologiyasi-fanining-maqsadi-va-vazi.html?page=10


1. Ijodiyot va uning turlari
2. Ilmiy tadqiqotda ijodiy jarayon
3. Ilmiy ijodiyotning ratsional va noratsional tomonlari
4. Tadqiqotda yangilik yaratish bosqichlari
5. Ilmiy bilish va tadqiqot tushunchalari
6. Ilmiy tadqiqot turlari
7. Ilmiy tadqiqot strukturasi
8. Ilmiy bilish darajalari va shakllari

1. Ijodiyot va uning turlari


Magistratura ta’limi haqida gapirganimizda, bu bosqichda magistrantlar hal etilmagan, hali ochilmagan yoki yetarli ma’lum bo‘lmagan narsa va hodisalarga tegishli muammolarni o‘rganishga kirishishlari haqida malohaza yuritdik. Demak, magistrantlar tadqiqotchi sifatida izlanish olib borganlarida yangi tushuncha, xulosa yoki tavsiya ishlab chiqish shaklida ijod qilish bilan shug‘ullanadilar. Ular chop etadigan maqolalarda, yozadigan dissertatsiyalarida yangicha yondashuv, faktlarni yangicha talqini, yangi mazmunga ega bo‘lgan xulosa va tavsiyalar berilishi lozim. Bu esa ilmiy ijodiyot jarayonini anglatadi. Fanda ijodiyot o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shu bois, ijodiyot tushunchasiga, ilmiy ijodiyot mohiyatini tushunish masalasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Ijodiyot inson faoliyatining yangi narsalar yoki qadriyatlar yaratishga qaratilgan hislatini bildiradi. Inson, jamoa, kishilar va tashkilotlar uyushmasini ijodiyot sub’ekti,deb atash mumkin.
Ijodiyotga aniqroq qilib quyidagi ta’rifni berish mumkin: ijodiyot – bu insonni tobora takomillashib borayotgan xilma-xil ehtiyojlarini qondiradigan yangidan-yangi moddiy, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar yaratish faoliyatidir. Fanda yaratiladigan yangi g‘oyalar,nazariyalar va texnologik loyihalar ma’naviy qadriyatlar turiga kiradi.
Ijodiyot xususida so‘z yuritganda ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyatni farqlash lozim. Birinchisi ma’naviyat, san’at, fan sohasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Islohotlarni amalga oshirish, yangi ijtimoiy tuzilmalarni bunyod etish ijtimoiy-ijodiy faoliyatni bildiradi.
Fanda ijodiy tafakkur va ijtimoiy-ijodiy faoliyat birlashadi. Bunday birlashishni natijasi sifatida xalqaro ilmiy hamkorlik, fanning tashkiliy strukturalarini takomillashtirish, fan sohasida islohotlarni joriy qilish kabi jarayonlarni ko‘rsatish mumkin.
Endi ilmiy ijodiyot tushunchasi ta’rifini beramiz: ilmiy ijodiyot­-bu bilish shakllari va unsurlarini tafakkurda ratsional va noratsional tarzda harakatlantirib, yangi ilmiy va texnologik qadriyatlar yaratish faoliyatidir.
Bu yerda bilish shakllari va unsurlari deganda, tasavvur, tushuncha, g‘oya, nazariy qoidalar va turli uslubiy vositalar ko‘zda tutiladi. Bularni hammasi tafkkurda anglash, mulohaza yuritish,tahlil qilish va taqqoslash jarayonida ratsional fikrlash tarzida, ya’ni, aqliy, mantiqiy izchillik bilan harakatga keltiriladi, ob’ekt o‘rganiladi. Ayni paytda ruhiyatimizning ong osti qatlamida murakkab muammoli vaziyatda intuitiv va nogahon fahmlash yo‘li bilan ham noratsional bilish va ijod qilishni amalga oshirish mumkin.
Ijodiyot turlari. Yangilikni yaratish sohalari va harakteriga qarab ijodiyot turlarga bo‘linadi.
Soha bo‘yicha:
1. Badiiy ijodiyot.
2. Ijtimoiy ijodiyot (islohotlar, ijtimoiy loyihalar).
3. Texnik ijodiyot
4. Ilmiy ijodiyot
5. Muxandislik ijodiyoti
6. Dizayn va boshqalar.
Yangilikni ochish, yaratish harakteriga qarab kashfiyot va ixtironi farqlaydilar. Biror narsa kashf qilinganda oldin ma’lum bo‘lmagan ob’ektlar, xossalar ochiladi. Agarda fanda nazariy g‘oyalar va tasavvurlar rivojlangan holatda bo‘lsa, unda yangi ochilgan hodisa tadqiqot ob’ektiga aylanadi va ma’lum vaqt oralig‘ida uning mohiyati tushuntiriladi. Lekin, har doim shunday bo‘lavermaydi.
Niderlandiya olimi Levenguk (1632-1723) birnchi marta o‘zi ixtiro qilgan mikroskopda hujayralarni kuzatdi. Vaholanki, hujayrani biologik mohiyatini tushuntiradigan nazariya faqat XIX asrda nemis biologi T.Shvann tomonidan ishlab chiqildi. Shu o‘rinda aytish kerakki, Shvanni o‘zi ham 1836 yilda me’da shirasi tarkibida pepsin moddasi borligini kashf qildi.Bu moddaning kimyoviy strukturasi va funksiyasi XX asrda aniqlandi va tushuntirib berildi.
Ixtiro bevosita bunyodkorlikka olib keladigan ijoddir. Insoniyat yaratgan sun’iy (madaniy) muhitdagi barcha narsalar o‘z vaqtida qilingan ixtirolarning natijasidir.
Ixtiro shunday ijodki, unda mavjud bilimlar, nazariyalar asosida tabiiy narsa va hodisalardagi modda, energiya va shaklni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartirish yo‘li bilan u yoki bu funksiyani bajaradigan buyumlar, asbob uskunalar, moslamalar va texnologiyalar yaratiladi.
Ilmiy tadqiqot sohasida ixtiro yangi eksperimental uskunalar, izlanish vositalari va usullar, modellar va laboratoriyalarni yaratishda namoyon bo‘ladi. 
Hozirgi fanda, ayniqsa mikro va makroolamni tub asoslarini o‘rganishga kirishgan tabiiy fanlarda tadqiqot olib borish uchun katta harajat va vaqt talab qiladigan eksperimental uskunalarni ishlab chiqish zarurati tug‘ilmoqda. Bunga Yer orbitasida aylanayotgan kosmik stansiyalarda joylashtirilgan teleskoplar, fizik eksperimentlarda foydalanilayotgan siklotron va kollayderlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

2. Ilmiy tadqiqotda ijodiy jarayon


Download 36.61 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 36.61 Kb.