Yana bir marta qaytaramiz!




Download 36,61 Kb.
bet4/5
Sana15.12.2023
Hajmi36,61 Kb.
#119724
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 -MAVZU. FANDA IJOD QILISH

Yana bir marta qaytaramiz!
1. Fanda ijodiyot yangi g‘oyalar va nazariyalarni ishlab chiqishga, texnika va texnologik tizimlarni loyihalashtirish yaratish va tatbiq qilishga qaratilgan intellektual faoliyatdir.
2. Sohalariga qarab yangilikni yaratish ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Yangilik ochilsa, u birinchi marta kuzatish ob’ektiga aylansa-kashfiyot hosil bo‘ladi, agarda oldin mavjud bo‘lmagan tuzilma yaratilsa, unda ixtiro iujudga keladi.
3. Ilmiy tadqiqotda davriy, muntazam qaytariluvchi va betakror yaratish, yangi tasavvurlarni ishlab chiqish jarayonlari mavjud. Ijodiyot ilmiy tadqiqotni barcha bosqichlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, muammoni yangicha qo‘yish, natijalarni yangi usulda umumlashtirish va hokazo.
4. Tafakkurni ikkita-ratsional (aqliy-mantiqiy) va noratsional (noongli, ong osti) turlari mavjud.
Tafakkurni o‘zi oliy ruhiy jarayon bo‘lib, voqelikni bilish, ya’ni, ifodalash, tushunish va o‘zlashtirishni ma’naviy (ideal) shaklidir.
5. Tafakkurning ratsional, aqliy-mantiqiy jihatlari tadqiqotda mantiq qoidalariga, ilmiylik normalari asosida izlanishlar olib borishda namoyon bo‘ladi. Qachonki, ong osti jarayonlar, intuitsiya, tasavvurlar ishga tushganida tafakkurning noratsional, noongli hislatlari harakatga keladi. Har ikkila hislat - aqliy – mantiqiy va noongli, intuitiv fikrlash qizg‘in olib boriladigan tadqiqotlarda yaratuvchanlikni namoyon etadi. (1-rasm)
6. Tadqiqotchilik faoliyatida izlanish samaradorligi, birinchidan, mantiq va metodologik qoidalariga qanchalik rioya qilinishiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, noratsional tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish ko‘lami bilan belgilanadi.
7. Tadqiqotda ikkita sikl- 1) tadqiqot rejasida belgilangan izlanish bosqichlari; 2) ilmiy-ijodning davriy bosqichlari mavjud.
8. Ilmiy ijodiyotning ikkinchi (inkubatsion davr) va uchinchi (insayt) sikllari hal qiluvchi bosqichlaridir. Shu bosqichlarda kashfiyotning chaqnoqlari, yechim matritsalari hosil bo‘ladi.
9. Ham aqliy-mantiqiy fikrlash, ham noratsional tafakkur faolligi jarayonida namoyon bo‘ladigan ijod qilish dinamikasi va ko‘lami tadqiqotchi tafakkuri teranligi, uning muntazam va jiddiy mehnat qilishi bilan belgilanadi.

Download 36,61 Kb.
1   2   3   4   5




Download 36,61 Kb.