2. bob. Maishiy va avtomatika qurilmalarining elektr o’zgartkichlari




Download 0.9 Mb.
bet1/5
Sana23.03.2024
Hajmi0.9 Mb.
#175544
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2- bob dilshodbek sodiqov
O’rta osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, k100001, Reja Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xud, булутли технологияЖуманиёзова Гулора, ReadMe UzTransLit, Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va audentifikat, Развитие информационных технологий в Узбекистане--, Elektron dо‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish (2), 10-sinf-informatika-testlar, 1694784103 9 sinf test va javobr1 (9), Patxullayev-Sarvarjon-Ubeydulla-ogli-, Tatu Samarqand Filalidagi Media Clubning asosiy maqsadlari, 05-02 Tarbiyachining oylik ish rejasi-7, 05-02 Tarbiyachining oylik ish rejasi-8, 4-tajriba ishi

2. BOB. MAISHIY VA AVTOMATIKA QURILMALARINING ELEKTR O’ZGARTKICHLARI


2.1. Asinxron mashinalar.
Asinxiron mashina deb statorining magnit maydon aylanish chastotasi, rotorning aylanish tezligidan farqliligiga aytiladi. Tuzulishi, asinxiron dvigatel tuzilishiga kóra faqat rotorining konstruksiyasi bôyicha farq qiladi. Biri qisqa tutashgan rotorli ikkinchisi faza rotorli yani kontakt halqali dvigatellar deb ham ataladi. Bu dvigatelllar asosiy qisimlarining konstruksiyasini kôrib chiqamiz.
Asinxiron dvigatelning statori korpus ôzak vachulgamdan tashkil topgan. Stator korpusi chulgamli ôzakni va podshibnikni maxkamlashuchun xizmat qiladi. Korpus kichik dvigatellardan pôlat yoki chôyandan quyib yasaladi, yirik mashinalarda esa payvandlab yig'iladi.
Stator ôzagi qalinligi 0.35 yoki 0.5 mm li elektrotexnikaviy pôlat listlardan yigiladi ularni yigishdan oldin ikki tomoni izolyatsiyalanadi bu izolyatsiya pôlatda hosil bôladigan uyirmaviy toklardan ximoya qiladi. Ôzakning ichki yuzasida pazlar bôlib bu pazlarga stator chulgami joylashtiriladi. Chulgamlar bir qatlamli yoki ikki qatlamli bôlishi yoki yoyilgan qadamli yoki qisqartirilgan qadamli bôlishi mumkin. Stator chulgami asosan ikki qatlamli qisqartirilgan qilib yasaladi. Stator ikki xil usulda ulanishi mumkin yulduz yoki uchburchak. Bu ulanish tarmoqdan keldigan kuclanishni √3 ga ôzgartirishga imkon beradi. Masalan dvigatelda 220/380 deb yozilgan bôlsa tarmoq kuchlanishi 220 volt bôlsa yulduz 380 volt bôlsa uchburchak ulanadi ikkala holda ham dvigatelga beriladigan kuchlanish ôzgarmasdan qoladi.
Rotor ôzagi slindir shaklida bôladi. Rotor ham srator kabi elektrotexnikaviy pôlatdan yasalgan bôladi, qosqa tutashgan rotorli mashina pazlariga mis yoki alimini shinalar joylashtiriladi va yuqori va pastki qisimlari halqa bilan payvandlanadi. Faza rotorli dvigatellarda yuqoridagilardan tashqari 3 ta kontakt halqalar ham valga mahkamlanadi halqalar va val orasida izloyatsiya bôlgani sababli valga tok ótmaydi. Isroflarni kamaytirish maxsadida ôrta va katta quvvatli mashinalarda maxsus mexanizm bilan taminlanadi u dvigatel ishga tushirilgandan keyin chôtkalarni kôtarishga bir vaqtning ôzida kontakt xalqalarni qisqa tutashtirishga iimkon beradi. Kontakt xalqali dvigatel rotorining chulgami stator chulgami yasalgan sixemalar bôyicha yasaladi. Chulgam odatda yulduz usulda ulanadi uning uchlari esa kontakt xalqalarga tutashtiriladi. Stator korpusiga oltita stator klemalari chiqarilib uchliklar qutisiga ôrnatiladi rotordan chiqqan simlar esa q1 q2 q3 bilan belgilanadi. Dvigatel korpusiga jadvalcha maxkamlangan bôlib bu uning pasporti hisoblanadi. Unda dvigatel quvvati tipi tayyorlagan zavod ishlab chiqarilgan yil shuningdek dvigatelga oid malumotlar dvigatelga ulanishi mumkin bôlgan kuchlanishlar, tok qiymati, quvvat kofitsenti, aylanish yezligi, foydali ish kafitsenti kôrsatilgan bôladi.
Ishlash prinsipi: Asinxiron matorning stator chulg'amiga tok berilganda vujudga keladigan magnit yurutuvchi kuch (MYK) Statorda aylanish chastotasi n1=60f/p bôlgan aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Maydon hosil qilgan kuch chiziqlari stator chulgami ôramlarini va rotorning qisqa tutashgan chulgam sterjenlarini yoki uch fazali chulgami ôramlarini kesib ôtib, ularda EYK lar hosil qiladi. Agar rotor chulgami qisqa tutashtirilgan bôlsa, undagi EYK ta'sirida qisqa tutashgan rutor chulgamlari ôtkazgichlaridan tok ôtib, bu tokning stator hosil qilgan aylanma magnit maydoni bilan ôzaro ta'siri natijasida rotor chulg'ami ôramlariga elektiromagnit kuch ta'sir qiladi. Bu kuch hosil qilgan aylantiruvchi moment (elektromagnit) moment tormozlovchi momentdan katta bôlsa, rotorni aylanma magnit maydon yônalishida aylantiradi. Statorning magnit maydon aylanish chastotasi va rotorning aylanish tezligi orasidagi nisbiy farqqa sirpanish deyiladi va s harfi bilan belgilanadi. s=(n1-n2)/n1 formula bilan aniqlanadi.
Ish rejimlari: Asosan ish rejimlari stator magnit maydon aylanish chastotasi n1 va rotorning aylanish chastotasi n2 ning qiymatlariga bogliq holda aniqlanadi. Asinxiron mashina motor, generator va elektromagnit tormaz rejimlarida ishlashi mumkin undan tashqari salt va qisqa tutashuv rejimlari ham mavjud.
Motor rejimida n1>n2 bôladi s ning qiymati esa 0Asinxiron matorning rotori aylanishdan tôxtab n=0 bôlganida mashina qisqa tutashuv rejimiga ôtadi. Bunda sirpanish s=1 bôladi. Agar n1=n2 teng bôishi uchun rotorning valini n1 tezlik bilan aylantirishimiz kerak. Bu holatda s=0 bôladi va valda mament hosil bôlmaydi chunki rotorni ôzgaruvchan magnit maydon kesib ôtmaydi va unga aks tasir qiladigan magnit maydon hosil bôlmaydi. Mashinaning bu rejimiga ideal salt ishlash rejimi deyiladi.
Agar satator magnit maydonidan rotorning aylanish tezligi katta bôlsa n1>n2 bôlsa sirpanish s ham elektromagnit moment M ham ôz yônalishini ôzgartirib tormozlovchi kuch ta'sir qiladi ya'ni mashina generator rejimiga ôtadi. Asinxiron mashina generator rejimida birlamchi motordan mexanik energiya olib, uni elektr energiyaga aylantirib tarmoqqa beradi. Bunda sirpanish 0>s>-∞. Oraliqda ôzgaradi.
Agar asinxiron mashinaning rotori stator magnit maydon yônalishiga teskari yônalishda aylantirilsa rotorda xuddi matordagidek EYK va tokning aktiv tashkil etuvchisi mator rejimi singari yônalgan bôladi ya'ni mashina tarmoqdan energiya oladi. Lekin rotor aylanish yônalishi teskari bôlgani uchun bu kuch tôrmozlovchi bôladi. Bu rejimga elektromagnit tormoz rejimi deyiladi. Bu rejimda rotor teskari yônalishda aylanayotgani sababli n2<0 bôladi sirpanish esa 1Asinxiron mashinaning elektromagnit momenti haqida gapiradigan bo’lsak. Bu momentni ikki xil yo’l bilan aniqlash mumkin, ular 1)elektromagnit kuchlar 2) elektromagnit quvvat orqali aniqlaymiz.
Asinxron mashinaning elektromagnit momenti rotor chuig’ami o‘tkazgichlaridan o‘tadigan tok aktiv tashkil etuvchisi (I2 cosyy2) ning stator chulg‘ami hosil qilgan aylanma maydon, ya’ni magnit oqim Fmax bilan ta’sirlashib Amper qonuniga asosan elektromagnit kuch Fcm = Bdd li vujudga keladi (2.1-rasm). Bu kuch hosil qilgan elektromagnit momentni shunday yozishimiz mumkin.
M = C mФI2COSφ. (2.1)
Bu yerda Cm=pm2kch2/ –o’zgarmas kattalik bo’ladi Фmax- maksimal magnit oqim.

2.1-rasm. Mashina havo oralig‘ining magnit induksiyasi (Bб)rotor chulg'ami toki (i) va asinxron mashina chulg‘amlari o‘tkazgichlariga ta ’sir qiladigan elektromagnit kuch (Fem) laming taqsimlanish egri chiziqlari.
(2.1) formula faqatgina asinxron mashinalar uchungina emas, balki elektr mashinalarining barcha turlari uchun ham to‘g‘ridir. Bu formula moment qiymatining motorda sodir bo‘ladigan fizik hodisalar orasidagi bog'lanishni o’rnatadi. Bu formuladan motorning har xil rejimlardagi ish jarayonini sifat jihatdan tahlil qilishda foydalanish qulay hisoblanadi. Lekin bu formulaga kirgan (Фmax, I2 va cosφ2) kattaliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoq kuchlanishi va mashinaning ish rejimi bilan bog’lanmagan bo’ladi, ularni tajribada aniqlash esa ancha qiyinchilik tug’diradi. Shu sababli quyida elektromagnit (aylantiruvchi) momentning qiymatini eng oddiy usulda aniqlash, unga mashinaning har xil parametrlari va ekspluatatsion rejimlarining ta’sirini hisobga olish imkonini beradigan boshqa formulasi keltirib beriladi.
Elektromagnit momentni elektromagnit quvvat orqali aniqlash. Asinxiron mashinaning elektromagnit quvvati (Pem) va mexanik quvvatlarini (Pmex) elektromagnit moment orqali ifodalaymiz:
Pem=Mw1; Pmex=Mw, (2.2)
Bu yerda: w1=(2π*n1/60)*(p/p) =(2π/p)*(pn1/60)= 2πf/p va w=2πn/60 tegishlicha statordagi aylanma magnit maydonning va rotorning burchak tezliklari.
(2.2) formulaga asoslanib elektromagnit momentni qutidagicha yozishimiz mumkin.
M = Pem/w1 (2.3)
Demak asinxiron mashinaning elektromagnit momenti uning quvvatiga bog’liq bo’lar ekan.

Download 0.9 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. bob. Maishiy va avtomatika qurilmalarining elektr o’zgartkichlari

Download 0.9 Mb.