Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi




Download 12,86 Kb.
bet2/3
Sana10.02.2024
Hajmi12,86 Kb.
#154437
1   2   3
Bog'liq
2. Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi. Elektr qo„-fayllar.org

Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi.
Ma’lumki, texnikada seriyali ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lmoqlik uchun uskunalarni standartlash, ya’niy ularni katta-kichiklik, massa, tok, kuchlanish yoki boshqa parametrlari bo’yicha bir necha turga bo’lib, ishlab chiqarish kerak.
Elektr tizimda past (220-660 V), o’rta (3-35kV), yuqori (110-220kV) va o’ta yuqori (330-1150 kV) kuchlanishli tarmoqlar tavsiya etilmaydi.
Nominal kuchlanish. Elektr tizimining uskunalari (generatorlar, transformatorlar, liniyalar va boshgqalar) mo‘ljallangan nominal kuchlanish bilan xarakterlanadi.
Elektr energiya iste’molchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, ularni normal sharoitda ishlashi uchun mo’ljallangan kuchlanshi aytiladi.
Kuchlanish 1000 V gacha bo’lgan E.X.V. quyidagi buyumlar kiradi: dielektrik qo’lqoplari, tezkor shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov qisqichlar, izolyatsiyalangan monter asboblari va kuchlanish ko’rsatkichlari. Eng keng qo’llanib kelayotgan rezinadan tayyorlangan dielektrik qo’lqoplari. Uni qo’llashdan oldin germetik holatini tekshirish kerak bo’ladi. Germetik buzilgan qo’lqoplarni qo’llash man etiladi.
Dastasi izolyatsiyalangan monter asboblarini kuchlanish ostida turgan kuchlanishi 220/380 V ga ega bo’lgan elektr uskunalarida qo’llanishi mumkin. Ko’pincha bir tomonli gayechniy kluchlar, otvertkalar, ombirlar, qisqichlar, pichoqlar qo’llanib kelinadi. Bularni barchasini dastalari plastmassadan tayyorlanishi talab etiladi, sababi bularda plastmassa asosiy himoya vositasi hisoblanadi.
Tok o’tkazuvchi qismlarda kuchlanishni bor-yo’qligini aniqlash uchun kuchlanish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Uni ishlash asosida aktiv tok o’tishi bilan neonli yoritqich yoritiladi. Kuchlanishni ko’rsatkichlarini tuzilishi bo’ladi; ikki va bir qutbli. Ikki qutbli ko’rsatkichlar kuchlanishi 220-500 V gacha ishlab chiqariladi va ularda ikkita shup bo’ladi. Ularni ishlatishida shuplari bir vaqtida ikkita fazaga tegib turish kerak bo’ladi. Bir qutbli ko’rsatkichlar avtoruchka shaklida ishlab chiqariladi. Uni ishlatish uchun shup bilan elektr uskunani tok o’tkazuvchi qismga tegib tursa boshqa barmoq bilan yuqori qismida joylashgan metalli kontakt bosiladi. Shu bilan birga tok odam tanasi orqali yerga o’tib ketadi. Ishlab chiqarish sharoitlarda bir qutbli ko’rsatkichlarni qo’llash man etiladi.

а) sxemasi; б) umumiy qo’rinishi; 1- neonli yoritqichi; 2- kondensator; 3- kontakt uchi;

Izolyatsiyalovchi qisqichlarni trubkali saqlagich vositalarni ustida operasiyalarni o’tkazish uchun hamda bir qutbli ajratuvchilarni pichoqlariga qo’lqoplarni kiydirish va yechish uchun qo’llaniladi. Qisqichlar izolyatsiyasi plastmassadan tayyorlanadi.

Izolyatsiyalovchi E.X.V. qo’shimcha bo’lib, dielektrik kalishlari (etiklar), rezinali gilamchalar, poyandozlar va podstavkalar qo’llaniladi.

Dielektrik etiklari va kalishlari inson oyog’ini tagidan izolyatsiyalash uchun qo’llaniladi. Elektr uskunani istalgan kuchlanishga ega bo’lgan etiklarni qo’llanishi mumkin, kalishlar esa faqat kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalarida qo’llaniladi.
Dielektrik gilamchalari va poyandozlar insonni tyagidan izolyatsiya qiladigan vositalar. Ularni yopiq elektr uskunadagi istalgan kuchlanishlarida qo’llanilsa bo’ladi.
Izolyatsiyalangan postavkalar ham insonni yerdan yoki poldan izolyatsiyalaydi. Elektr uskunani kuchlanishi 1000 V gacha bo’lsa, podstavkala farforli izolyatorsiz, kuchlanishi 1000 V dan oshiq bo’lsa, faqat farforli izolyatori bilan tayyorlanadi.
Izolyatsiyalovchi E.X.V. sinovlari. Barcha izolyatsiyalovchi E.X.V. tayyorlangandan va ta’mirlangandan so’ng, davriy ishlatish jarayonida dielektrik xossalarini o’rnatish maqsadida elektr sinovlardan o’tkazish lozim. Sinov oldidan vositani tashqi ko’rinishini ko’rib chiqiladi va mehanik lat olgan mahsulotlari ajratib qo’yiladi.
Sezuvchi omillarni o’zgarilishini kirish qiymati jihatidan bog’liq bo’lgan, himoyalovchi o’chirish vositalarini sxemalari quyidagicha: qobig`i yerga nisbatan kuchlanish sxemalari yer bilan tutashuvga tokni nol ketma-ketligini kuchlanishiga, nol ketma-ketligini tokini, yerga nisbatan fazani kuchlanishiga, doimiy tezkor tokiga, o’zgaruvchan tezkor toki va aralash sxemalarida qo’llaniladi.
Yerga nisbatan qobiq kuchlanishi va yerga tutashuv tok sxemalari eng oddiy himoya vositalaridan hisoblanadi.
Odatda sinovlarni o’zgaruvchi toki bilan, ishlab chiqarish chastotasida o’tkaziladi, sinovdan o’tgan vositalarga tekshiruvchi laboratoriya tomonidan ishga yarog’ligini tasdiqlovchi muhr bosiladi.
Sinovlarni muddati va me’yoriyari (sinov kuchlanishi, vaqti va siljish toki) “Elektr uskunalarda qo’llaniladigan himoya vositalarini sinovlari va ishlatishi qoidalari” asosida o’tkaziladi. Ko’pincha sinovlarni o’tkazish vaqti 1 minutdan oshmaydi. Sinov kuchlanishi odatta elektr uskunani chiziqli kuchlanishidan uch barobar katta qilib olinadi.
Shtanga va qisqichlarni izolyatsiyalangan qismini yuqori kuchlanishida o’tkaziladi. Agar sinov vaqtida yuzalarda razryadlar hosil bo’lmasa, o’lchov asboblarini ko’rsatkichlarini o’zgarilishi kuzatilmasa va sinovdan keyin izolyatsiyalangan qismi qizimagan bo’lsa, ular sinovdan o’tdi deb hisoblanadi.
Dielektrik rezinali qo’lqoplari, etiklar, kalishlar va izolyatsiyalangan monter asboblari vanna suvida siljish tokiga sinovlar o’tkaziladi. Siljish tokni kuchi 10 mA dan oshmasligi, yuqori kuchlanishida o’tkazilishi lozim. Agar tok buyumlari yorib o’tmasa va milliampermetrni ko’rsatkichlari meyoridan oshmagan bo’lsa, buyum sinovdan o’tdi deb hisoblanadi.

Kuchlanish ko’rsatkichlarini dastalarini izolyatsiyasi elektr mustahkamligiga 1000 V kuchlanishida 1 minut davomida tekshiriladi va lampalarni yonish chegaralari (90 V dan oshmasligi lozim) sinov vaqtida tok 2 mA aniqlanadi.




Download 12,86 Kb.
1   2   3




Download 12,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi

Download 12,86 Kb.