|
2 haftalik amaliyotning hisoboti muzrabot
|
Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 16,32 Kb. | | #139523 |
Bog'liq TO\'RT xaftalik umumiy amaliyot hisoboti
2 haftalik amaliyotning
HISOBOTI
____________ Muzrabot tumanidagi 8-IDUMga ertalab keldim, hamda o’zimga biriktirilgan 1-sinf o’quvchilarini kutib oldim. Maktabdan menga biriktirilgan 5- sinf o’quvchilari bilan odab-ahloq mavzusida qisqacha suhbat o’tkazdim hamda quydagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Bizga institutdan 4 haftalik amaliyotga raxbar qilib tayinlangan ustozimiz Gavhar Ilhamovna bilan birgalikda mutahassislik fanlaridan dars ishlanmalari tayyorlashni o’rgandim.
2. Maktabdan biriktirilgan ustozimiz Norqulova Elmira bilan mutahassislik fanlaridan dars o’tishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning hamda dars sifatining yaxshilashda o’rni haqida tafsiyalarni oldim.
3. Maktabdagi tajribali o’qituvchilardan hamda maktabdan biriktirilgan rahbarim Norqulova Elmira ingliz tili fanidan dars tahliliga kirdim va o’zimga kerakli ilmiy pedagogik usullarini o’rgandim.
_________ Men 4 haftalik amaliyotni o’tash uchun Muzrabot tumanidagi
№8-IDUMga ertalab keldim va quydagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Mutahassisligimiz bo’yicha tajribali o’qituvchimiz Norqulova Elmira bilan 1- sinfiga ingliz tili dars tahliliga kirdim hamda o’zimga kerakli ilmiy pedagogik uslubiy tavsiyalarini o’rgandim.
2. Muzrabot tumani 8 IDUMga 4 haftalik amaliyotni o’tashim uchun menga maktabdan biriktirilgan o’qituvchi Norqulova Elmiraning darslaridan tarqatma materiallar tayyorlashni o’rgandim.
3. Maktabga o’tgan II-chorak yakunilari bo’yicha bo’lib, o’tgan ma’naviy ma’rifiy tadbirga o’z dasturim bo’yicha qatnashdim.
___________ Men 4 haftalik amaliyotni o’tash uchun Muzrabot tumani №8IDUM ga soat 8:30 da keldim. Bizga institutdan 4 haftalik amaliyotga raxbar qilib tayinlangan ustozimiz Gavhar Ilhamovna kutib oldi, quydagi ishlarni birgalikda bajarishimizni tushuntirdi:
1. Maktabda ingliz tili to’garaklariga o’quvchilar qamrovini o’rgandim va tahlil qildim.
2. Maktabning o’rta sinflarida ingliz tili fanning o’qitish tartibi va fanning o’ziga xosligi yuzasidan amaliyot rahbarimiz Feruza Mirzayeva maktabdan bizga biriktirilgan ustozimiz Norqulova Elmira va boshqa institut professor o’qituvchilari bilan bo’lib o’tgan suhbatga qatnashdim.
3. Maktabning tajribali o’qituvchilaridan ingliz tili fani o’qituvchisi 6-sinfdagi ingliz tili faniga dars tahliliga kirdim va o'zimga kerakli metodik bilim oshirdim.
_____________ Muzrabot tumani №8 IDUMga 4 haftalik amaliyotni o’tash uchun soat 8:30 da keldim. 4 haftalik amaliyot raxbarimiz Gavhar Ilhamovna kutib oldi .Shu kuni men quydagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Menga biriktirilgan 1-sinf o’quvchilari ichidan past o’zlashtuvchi o’quvchilarini ro’yxatini oldim va ular bilan mutahassislik fanlaridan qo’shimcha dars o’tishni tashkil etdim.
2. Pedagogik amaliyot rahbarimiz Mirzayeva Feruza va maktabdan biriktirilgan o’qituvchimiz Norqulova Elmira bilan birgalikda amaliyotchilar burchagini tashkil etdik.
3. Maktabdan biriktirilgan ustozimiz Norqulova Elmira va institutdan biriktirilgan amaliyot rahbarimiz Mirzayeva Feruza bilan birgalikda mutahassislik fanlaridan test tuzish, test olish va baholash tartibi haqida kerakli yo’l-yo’riq ko’rsatmalarini oldim.
_________ Men bugun 4 haftalik amaliyotini o’tash uchun Muzrabot tumani №8-IDUMga kechikmasdan keldim. Bizni maktab hovlisida institutdan biriktirilgan amaliyot rahbarimiz Mirzayeva Feruza kutib oldi va bugun quydagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Ingliz tili darslarini kuzatishda hamda o’rganishda dars o’tish uchun ustozlar ko’rsatgan yo’l-yo’riq asosida rejalashtirdim.
2. Maktabgacha ingliz tili fanlari asosida dars foliyatlarini olib borishni amaliyot rahbarimiz Mirzayeva Feruza va maktabdan Norqulova Elmira ko’rsatmalari asosida amalga oshirdim.
3. Ingliz tili fani o’qituvchisi Norqulova Elmiraning 3-sinf darsiga tahlilga kirdim va ustozning darsiga tahlilga kirib ilmiy va metodik bilimlarimni amalga oshirdim.
_________ Men har safargidek 4 haftalik amaliyotini o’tash uchun Jarqo‘rg’on tumani №43 maktabiga soat 8:30 da keldim. Bizni maktabda biriktirilgan amaliyot rahbarimiz Mirzayeva Feruza va maktabdan biriktirilgan mutahassislik fanlari bo’yicha metadis ustozimiz Norqulova Elmira kutib olishdi, shu kuni biz amaliyot bo’yicha quydagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Mutahasislik fanlari bo’yicha tajribali o’qituvchilar darslarini tahlil qildim.
2. Istitutdan amaliyot rahbarimiz Mirzayeva Feruza hamda mutahassislik fanlari bo’yicha metadis o’qituvchimiz Norqulova Elmira bilan ularning ko’rsatma va takliflari asosida mutahassislik fanlaridan tarqatma materiallarni tayyorlashni o’rgandim.
3. Menga biriktirilgan 1-sinf o’quvchilarining oilaviy sharoitlari bilan tanishish maqsadida sinf rahbarining ish hujjatlari bilan tanishdim.
Amaliyotchi: _____________ Murodillayeva Mohinurbon
Maktabdan biriktirilgan
metodist o’qituvchi: _____________ Norqulova Elmira
Amaliyot rahbari: _____________ Mirzayeva Feruza
|
| |