• Mahsulot nomi Mahsulot birligining ulgurji narxi, so’m Naturada ishlab chiqarish, dona
  • 5. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili
  • -jadval Assortiment bo’yicha reja bajarilishi tahlili




    Download 0,52 Mb.
    bet6/19
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #116901
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    2. Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili Str

    5.4.-jadval
    Assortiment bo’yicha reja bajarilishi tahlili



    Mahsulot nomi

    Mahsulot birligining ulgurji narxi, so’m

    Naturada ishlab chiqarish, dona

    Qiymat ifodasida ishlab chiqarish, ming so’m

    Assortiment hisobida ishlab chiqarish

    reja

    haq.

    reja

    haq.

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    A

    7779

    4255

    4630

    33100

    36019

    33100

    B

    14251

    1486

    1701

    21175

    24240

    21175

    V

    2282

    4735

    4045

    10806

    9230

    9230

    G

    14826

    6451

    5760

    95641

    85400

    85400

    D

    23348

    1195

    1550

    27900

    36190

    27900

    E

    x

    x

    x

    31766

    63471

    31766

    Jami

    x

    x

    x

    220388

    254550

    208571

    Assortiment bo’yicha reja bajarilishining o’rtacha foizi 94,6%


    ( 208571 * 100)
    220388
    Assortiment bo’yicha reja bajarilmasligining sabablari:
    Tashqi: bozor kon’yunkturasi, mahsulotlarning alohida turlariga talab o’zgarishi, moddiy-texnik ta’minot holati, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirmaslik.
    Ichki: ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, asbob-uskunalarning texnik holati yomonligi, uning turib qolishi, avariyalar, elektr energiyasi etishmasligi, ishlab chiqarish madaniyati pastligi va boshqalar. Assortiment bo’yicha reja bajarilishini aniqlashning boshqa usullari ham mavjud. Eng kam foiz usuli sodda usullardan biri sanaladi. Mazkur usul qo’llanilganda haqiqatdagi miqdor rejalashtirilganjan kam bo’lgan majburiy assortimentlar pozitsiyalari bo’yicha rejaning bajarilish foizi aniqlanadi. Olingan foizlarning eng kichigi assortiment bo’yicha reja bajarilishining jamlanma ko’rsatkichi sifatida qabul qilinadi, lekin u 100% dan ziyod bo’lmasligi lozim.


    5. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili
    Korxona faoliyati maromiyligi deganda tsexlar tomonidan ishlab chiqarishning sutkalik yoki oylik grafiklariga qat’iy rioya qilingan holda detallar, yarimfabrikatlar va mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarish tushuniladi.
    Bir maromda ishlab chiqarish mahsulotlarni bir xil miqdorda ishlab chiqarilishi degani emas. Reja grafigi ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’atlari tizimli tarzida oshib borishini nazarda tutadi. Oy davomidagi o’sish sur’ati grafikka mutanosib bo’lishi lozim.
    Bunda korxonaning dispetcherlik xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. To’g’ri tashkil etilgan dispetcherlik xizmati istalgan vaqtda quyidagi savollarga mukammal javob bera olishi talab qilinadi: u yoki bu detallarning qanday miqdori qayta ishlashning u yoki bu bosqichida turibdi, materiallar zaxirasi holati qanday, qanday dastgohlar qanday rejimda ishlamoqda, tanavorlar etkazib beruvchi hamkorlar qanday ishlamoqda, qancha detalni tuzatish talab qilinadi va hokazo. Dispetcherlik xizmati materiallari bo’yicha shoshilinch tartibda mahsulot ishlab chiqarish grafigi bajarilishini ta’minlovchi choralar qo’llanilishi lozim. Faqat shu holatdagina korxona maromiy ishlashi mumkin.
    Biroq ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida smena grafigidan ortda qolish holatlari tez-tez uchraydi. Ular, odatda, tuzatiladigan va batamom yaroqsiz mahsulot paydo bo’lishi, avariya tufayli uskunalarning ko’zda tutilmagan to’xtab qolishi, buzilish va tuzatishlar, maxsus instrumentlar mavjud emasligi, tugallanmagan ishlab chiqarish but emasligi, ish o’rinlariga materiallarni o’z vaqtida etkazib bermaslik, ishlab chiqarishning qandaydir bosqichida texnologik jarayon buzilishi va boshqalar bilan bog’liq bo’ladi.
    Hatto bir uchastkada mahsulot ishlab chiqarish smena grafigi bajarilmasligi boshqa uchastkalardagi normal ishlab chiqarish ritmi buzilishiga olib kelishi va bu bilan ish vaqti hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan etarli darajada foydalana olmaslikka sabab bo’lishi mumkin. Demak, nomaromiy faoliyat barcha iqtisodiy ko’rsatkichlarni yomonlashtiradi: mahsulot sifati pasayadi; tugallanmagan ishlab chiqarish va omborlarda tayyor mahsulotlarning rejadan tashqari qoldiqlari hajmi ortadi, buning oqibati o’laroq kapital aylanishi sekinlashadi; shartnoma bo’yicha etkazib berishlar bajarilmaydi va korxona mahsulotlarni o’z vaqtida jo’natmaganligi uchun jarima to’laydi; tushum o’z vaqtida kelib tushmaydi, shuning uchun pul oqimida ham tanqislik yuzaga keladi. Korxona faoliyati maromiyligi oy ichida kunlar yoki dekada bo’yicha, bo’linmalar bilan birga olinganda oylar va choraklar bo’yicha oylik (choraklik) mahsulot ishlab chiqarishga foizlarda aniqlanadi. Birinchi dekadadagi mahsulotlarning o’tgan oyning uchinchi dekadasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbati ham maromiylik ko’rsatkichi hisoblanadi. Yil davomida mahsulot ishlab chiqarish maromiyligini tavsiflash uchun oylar bo’yicha, bo’linmalar bilan birga olinganda dekadalar bo’yicha dinamik qatorlar tuzish maqsadga muvofiq.
    Maromiylik bo’yicha reja bajarilishini baholash uchun bevosita va bilvosita ko’rsatkichlardan foydalaniladi.

    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Assortiment bo’yicha reja bajarilishi tahlili

    Download 0,52 Mb.