|
-maruza. Kuchaytirgichlarni qurish prinsiplari
|
bet | 3/8 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 271,78 Kb. | | #126849 |
Bog'liq 2. Kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish3-maruza. Kuchaytirgichlarni qurish prinsiplari
Reja:
1.Umumiy emitterli (UE) kuchaytirish kaskadi.
2.Umumiy kollektorli (UK) kuchaytirgich kaskadlari
3. Umumiy bazali (UB) kuchaytirgich kaskadi.
Tayanch iboralar: umumiy emitter, umumiy kollektor, umumiy bazali, tranzistor, kuchaytirgich sxemasining, operatsion, emitter takrorlagich, kuchaytirish jarayoni.
Kupchilik kuchaytirgichlar kuchaytirish koeffitsientini oshirish maqsadida kup kaskadli qilib tayyorlanadi va bunda bir kaskadning chiqishi ikkinchi kaskadning kirishiga ulanadi. Kuchaytirgich kaskadlarini soni talab qilingan kuchaytirish koeffitsientiga boxliq. Bajarish vazifasiga qarab kuchaytirish kaskadlari birlamchi va chiqish kaskadlariga bo‘linadi. Birlamchi kaskadlar kuchaytirish uchun ishlatilsa, chiqish kaskadlari istemolchida (nagruzkada) talab qilingan tok va quvvatni olish uchun ishlatiladi.
Oddiy, bir tranzistorda bajarilgan kuchaytirish kaskadining struktura sxemasi 3.1 - rasmda keltirilgan. Kaskadning asosiy elementi boshqaruvchi element (BE) bo‘lib, uning vazifasini tranzistor va rezistor bajaradi. Bu elementlar kuchlanish manbai bilan birgalikda kirish zanjiri kaskadini tashkil qiladi. Kuchaytirishi kerak bo‘lgan sinusoidal kirish kuchlanishi Ukir BE kirishiga beriladi. Chiqish kuchlanishi Uchik BE chiqishidan yoki rezistor R orqali olinadi.
Kuchaytirish jarayoni doimiy (o‘zgarmas) kuchlanish manbai energiyasini, chiqish zanjiri orqali o‘zgaruvchan kuchlanish energiyasiga aylantirib olishdan iborat bo‘lib, bu jarayon BE qarshiligini kirish signali (kuchlanishi) qonuni asosida o‘zgarishi Hisobiga bo‘ladi.
BE rolini bajarayotgan tranzistorlar kuchaytirgich yoki boshqa sxemalarda uchta usul bilan ulanishi mumkin: umumiy emitter (UE), umumiy kollektor (UK) va umumiy baza (UB) orqali (3.2 - rasm).
Kuchaytirish kaskadining struktura sxemasi
Uбэ
a) b) v)
Tranzistorning ulanish sxemasi: a) UE bilan; b) UK bilan; v) UB bilan.
|
| |