2 laboratoriya ishi yorug‘lik diodi. Arduino yordamida yorug‘lik diodini o‘chirib yoqish Ishning maqsadi




Download 1,86 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2023
Hajmi1,86 Mb.
#127951
1   2   3
Bog'liq
2 laboratoriya ishi yorug‘lik diodi. Arduino yordamida yorug‘lik

LEDni Arduinoga ulash
LED elektr loyihalarida ishlatiladigan eng keng tarqalgan elektron komponentlardan biridir. Tabiiyki, har qanday simulyatsion loyihalar yorug'lik diodining o’chib-yonishi misollaridan boshlanadi. Turli xil xususiyatlarga ega bo'lgan turli xil variantlarda va modellarda LED-svetodiodlar mavjud.
LEDlar haqida bilishimiz kerak bo'lgan asosiy narsa ular yonib turishi bilan bir qatorda bu yarimo'tkazgichli qurilma. Chiqarilgan fotonlar ko'rinishidagi yorug'lik, ma'lum bir oqim o'tayotganda maxsus qatlamda paydo bo'ladi. LEDning ishlash printsipi quyidagi rasmda keltirilgan (3.-rasm).
LEDlarni ulashda ikkita asosiy qoidani bilish muhimdir:

  • LEDlarda musbat (+) va manfiy (-) bog’lanishlar mavjud bo’lib, zanjirga bog’lanishda qutblilikka e’tibor berish kerak.

  • LEDlarda ular orqali o'tadigan kuchlanish oqimiga cheklovlar mavjud, shuning uchun to'g'ri elektr kuchlanishini ta'minlash kerak. Umuman olganda bu har qanday elektron qurilmalarga tegishli.




3-rasm. LED qutblari
Agar siz LEDning qayerda manfiy va qayerda musbat oyoqchasi joylashganligini bilsangiz, birinchi qoidaga amal qilish oson. Bu yerda etiketlash qoidalari yordamga keladi. Biz oyoqlarga qaraymiz va ularning har xil o'lchamdagi ekanliklarini ko'ramiz. Uzunroq oyoqcha musbat degani. Agar uzunlikni taqqoslash imkoni bo'lmasa yoki kimdir sizdan oldin oyoqlarning bir qismini kesib tashlagan bo'lsa, biz vizual ravishda aniqlashga harakat qilamiz - tanani bir tomoni biroz kesilgan yoki kemtik bo’lib bu tomonda minus oyoqcha joylashgan bo’ladi.
Agar oyoqchalar almashtirilgan holatda ulansa dioddan tok o’tmaydi va tizim ishlamaydi. Ushbu holatda kam kuchlanish qo’llanilganligi uchun xavfli holat kuztilmaydi biroq, yuqori kuchlanish qo’llangan holatda diod butunlay ishdan chiqishi mumkin.
Tok kuchini cheklash qoidasiga amal qilish ham oson. Siz o'zingizning LED-ga ushbu model uchun maksimal oqim qiymatini bilishingiz va zanjirga kerakli oqimni ta'minlaydigan qarshilikni ulashingiz kerak. Bularning barchasi OM qonuni va internetda mavjud bo'lgan ko'plab kalkulyatorlar yordamida osonlikcha hisoblab chiqiladi.
Birinchi loyihamizda biz boshlang'ich to'plamlarida mavjud bo'lgan eng keng tarqalgan LEDlar uchun 10K rezistorlardan foydalanamiz. Agar siz sxemaga kattaroq qarshilik ulagan bo’lsangiz, unda hech qanday xavfli narsa sodir bo'lmaydi shunchaki LED xiraroq yonadi.


4-rasm. LED qutblariga qarshilikni ulash sxemasi
LEDni elektr zanjiriga ulash juda oddiy operatsiya. Mos keladigan oyoqlarni pilus va minus bilan ulashingiz kerak. Uzun oyoqni plyusga olib boradigan zanjir qismiga bog'laymiz. Faqat sxemaga rezistorni ulashni unutmaslik kerak.

Download 1,86 Mb.
1   2   3




Download 1,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 laboratoriya ishi yorug‘lik diodi. Arduino yordamida yorug‘lik diodini o‘chirib yoqish Ishning maqsadi

Download 1,86 Mb.