Avtomobil yo’llarini qidiruvida topografik xarita nomenklaturasi bo‘yicha masala yechish ishning maqsadi




Download 430,71 Kb.
bet1/5
Sana22.05.2024
Hajmi430,71 Kb.
#250264
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 laboratoriya AYQda top xar nomenklaturasi bo\'y masala yechish

1-laboratoriya ishi ( 2 soat)

AVTOMOBIL YO’LLARINI QIDIRUVIDA TOPOGRAFIK XARITA NOMENKLATURASI BO‘YICHA MASALA YECHISH

Ishning maqsadi


Talabaga topografik karta va planlarni varaqlarga bo‘linishi va nomenklatura belgilanish tizimini o‘rgantish. Shuningdek talabaga topografik kartaning nomenklaturasini o‘qishni, ya’ni topografik kartada ko‘rsatilgan xududni Yer sharini qaysi qismida va qanday tartibda joylashganligini; geodezik punktni ma’lum bo‘lgan geografik koordinatalari bo‘yicha qaysi masshtabli va nomenklaturali karta varag‘ida joylashganligini aniqlashga o‘rgatishdir.
Quyidagi adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Avchiev SH. K., Tashpo‘latov S. A. Injenerlik geodeziyasi. T. TAQI, 10 va12§.
Nurmatov E., O‘tanov O‘. Geodeziya. T. O‘zbekiston,2003,25-30betlar.
Oxunov Z.. Geodeziyadan praktikum. T., Universitet, 2009, 34-38 betlar.
Ishni bajarish uchun quyidagilar zarur:
topografik karta, qalam, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi:
Talaba quyidagi shartdagi masalalarni yechishi kerak:
geografik koordinatalari ma’lum bo‘lgan geodezik punkt joylashgan 1:25000 masshtabdagi karta varag‘ining trapetsiyasining ramka qirralari va nomenklaturasi aniqlansin.
Talaba boshlang‘ich ma’lumotlarni masala shartiga ko‘ra o‘z variant nomeriga mos tarzda 2, 3 va 4 jadvaldan oladi. Xar bir bajarilgan ish natijalari ilovalarda keltirilgan rasmda rasmiylashtirilib o‘qituvchiga tekshirtirish uchun topshiriladi. Ish natijalari ijobiy bo‘lgan talaba nazorat savollariga javob beradi va mos tarzda reyting balini oladi.
Ishni bajarish uchun ko‘rsatma:
Ishni bajarish uchun talaba topografik karta va planlarni varaqlarga bo‘linishi va nomenklaturasi xaqidagi xamda geografik koordinatalar xaqidagi nazariy ma’lumotlar bilan tanishgan bo‘lishi kerak.Ishni bajarish uchun quyidagilar zarur:

Download 430,71 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 430,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llarini qidiruvida topografik xarita nomenklaturasi bo‘yicha masala yechish ishning maqsadi

Download 430,71 Kb.