|
Nomenklaturasi ma’lum bo‘lgan karta varag‘ining masshtabi va karta trapetsiya ramkasining qirralaridagi geografik koordinatalari aniqlash
|
bet | 4/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 430,71 Kb. | | #250264 |
Bog'liq 1 laboratoriya AYQda top xar nomenklaturasi bo\'y masala yechish Nomenklaturasi ma’lum bo‘lgan karta varag‘ining masshtabi va karta trapetsiya ramkasining qirralaridagi geografik koordinatalari aniqlash.
2-Masala: K-41-89-A-g-3 nomenklaturali karta varag‘ining masshtabi va karta trapetsiya ramkasining qirralaridagi geografik koordinatalari aniqlansin.
Masalani echish uchun dastlab 1:1000 000 masshtabdagi karta varag‘ining burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlari aniqlanadi. 1:1000 000 masshtabdagi karta varag‘ini nomenklaturasi K-41 bo‘lib, kenglik bo‘yicha K qator va uzoqlik bo‘yicha 41- kolonna to‘g‘ri keladi. K- alfabitning 11-xarfi bo‘lib, shimoliy parallel kengligi 4º·11= 44º, janubiy parallel kengligi 44º-4º=40º ga teng bo‘ladi. SHarqiy meridian uzoqligi 6º·41-180º= 246º-180º=66 º, g‘arbiy meridian uzoqligi 66º-6º= 60º bo‘ladi.
K-41 karta varag‘i 144 ta bo‘lakga bo‘linadi va nomenklaturasi K-41-89 bo‘lgan 1:100 000 masshtabdagi karta varag‘ini burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlari aniqlanadi(9-rasm).
K-41-89 karta varag‘i 4 ta bo‘lakga bo‘linadi va nomenklaturasi K-41-89 –A bo‘lgan 1:50 000 masshtabdagi karta varag‘ini burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlari aniqlanadi. K-41-89-A karta varag‘i 4 ta bo‘lakga bo‘linadi va nomenklaturasi K-41-89–A-g bo‘lgan 1:25 000 masshtabdagi karta varag‘ini burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlari aniqlanadi (10-rasm).
O‘z o‘rnida K-41-89-A-g karta varag‘i 4 ta bo‘lakga bo‘linadi va nomenklaturasi K-41-89 –A-g-3 bo‘lgan 1:10 000 masshtabdagi karta varag‘ini burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlari aniqlanadi
Masalani javobi - K-41-89-A-g-3 nomenklaturali karta varag‘ining masshtabi 1:10 000 bo‘lib, ushbu karta trapetsiya ramkasining qirralaridagi geografik koordinatalari quyidagicha:
φ1=41030’; φ2=410 32’30"
λ1=62011’15"; λ2-=620 15’00˝.
3-Masala: trapetsiyasining ramka qirralaridagi geografik koordinatalari
φ1=51040’; φ2=510 45’
λ1=30000’; λ2-=30007’30˝
bo‘lgan karta varag‘ining masshtabi va nomenklaturasi aniqlansin.
Masalani echish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, birinchi pog‘onada karta trapetsiyasining ramka qirralaridagi geografik kenglik va uzoqliklar farqi bo‘yicha karta masshtabi aniqlanadi. Ikkinchi pog‘onada ushbu aniqlangan masshtabga mos nomenklatura qiymatlari aniqlanadi.
1. karta trapetsiyasining ramka qirralaridagi geografik kenglik va uzoqliklar farqi:
Δφ=φ2- φ1=510 45’-51040’=05';
Δλ=λ1- λ2=30007’30˝-30000’=07’30˝
Demak, ushbu karta masshtabi 1:25 000 bo‘ladi.
2. 1:25 000 masshtabdagi karta 1:1 000 000 masshtabdagi karta varag‘ini ichida joylashgani sababli dastlab 1:1000000 masshtabdagi karta varag‘ining nomenklaturasi aniqlanadi. Masalani echish uchun ramka shimoliy parallelini kengligi va sharqiy meridianining uzoqligidan foydalanib yuqorida keltirilgan (1) va(2) formulalar orqali 1:1 000 000 masshtabdagi karta varag‘ining joylashgan kolonna nomeri - m va qator nomeri –n hisoblanadi.
,
.
Demak 1:1 000 000 masshtabdagi karta varag‘i 36-kolonna va 13-qator (lotin alfabitini M xarfi) oralig‘ida joylashib nomenklatura belgisi “M-36” bo‘ladi (12-rasm).
Aniqlangan 1:1000 000 masshtabdagi M-36 karta varag‘i 144 ta bo‘lakga bo‘linadi va karta varag‘ini burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlariga mos tarzda 1:100 000 masshtabli kartani nomenklaturasi aniqlanadi. Ushbu nomenklatura M-36-1 ga mos keldi (12-rasm).
M-36-1 karta varag‘i 4 ta bo‘lakga bo‘lindi va geografik koordinata qiymatlariga mos tarzda 1:50 000 masshtabli kartani nomenklaturasi aniqlandi. 1:50 000 masshtabdagi karta varag‘ini nomenklaturasi M-36-1-V (13-rasm).
1:50 000 masshtabli karta 4ta 1:25 000 masshtabdagi karta varag‘idan tashkil topgani uchun M-36-1-V karta varag‘i 4 ta bo‘lakga bo‘lindi va karta varag‘ini burchaklaridagi geografik koordinata qiymatlari asosida masshtabdagi karta nomenklaturasi aniqlandi: M-36-1-V-g bo‘lgan (14-rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Nomenklaturasi ma’lum bo‘lgan karta varag‘ining masshtabi va karta trapetsiya ramkasining qirralaridagi geografik koordinatalari aniqlash
|