|
TOPOGRAFIK XARITALARNI VARAQLARGA BO‘LINISHI VA NOMENKLATURASI
|
bet | 2/5 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 430,71 Kb. | | #250264 |
Bog'liq 1 laboratoriya AYQda top xar nomenklaturasi bo\'y masala yechish TOPOGRAFIK XARITALARNI VARAQLARGA BO‘LINISHI VA NOMENKLATURASI
Topografik kartalarni varaqlarga bo‘lish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish sistemasi nomenklatura deyiladi. 1-rasmda kolonna va qatorlarni belgilanish sxemasi ko‘rsatilgan.
Topografik kartalarining nomenklaturasi 1:1000000 masshtabli karta nomenklaturasiga asoslangan. 1:1000000 masshtabli karta varag‘ining o‘lchami meridian bo‘yicha 4° va parallel bo‘yicha 6° ga teng. Kartaning varaqlariga nom berish uchun ekvatordan qutblarga tomon 4° dan parallel o‘tkazilib - qator, 180° li meridiandan boshlab 6° dan meridianlar o‘tkazilib - kolonnalar hosil qilinadi.
Qatorlar ekvatordan qutblarga tomon lotin alvafitining bosh xarflari (A dan Z gacha), kolonnalar esa 180° li meridiandan boshlab 1 dan 60 gacha arab raqamlari bilan belgilanadi. SHunda 1:1000000 masshtabli karta har bir varag‘ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini ko‘rsatuvchi raqamdan iborat bo‘ladi. Masalan, Toshkent shaxri joylashgan varaq (trapetsiya) ning nomenklaturasi K-42 bo‘ladi.
2-rasm
1:500000 masshtabi karta varag‘ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag‘ini 4 teng bo‘lakka bo‘lamiz.
1:200000 masshtabli karta nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 36 teng bo‘lakka bo‘lib I dan XXXVI gacha belgilab olamiz.
1:300000 masshtabli karta varag‘ining nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:1000000 masshtabli karta varag‘ini 9 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz I dan IX gacha belgilab olamiz.
59
60
М-42
66º 00'
72º 00'
72º 00'
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
71º
71º30'
23
24
35
47
48
96
36
132
72
84
108
120
144
50º00'
50º20'
71
3-rasm. 1:1 000 000
1:100000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun, 1:1000000 masshtabli karta varag‘ini 144 teng bo‘lakka bo‘lamiz va 1 dan 144 belgilab olamiz.
66º 00'
48º 00'
52º 00'
52º00'
48º00'
1:100000 masshtabli topografik kartaning nomenklaturasi barcha yirik masshtabli topografik kartalar va planlarning nomenklaturasi uchun asos qilib olingan.
4- rasm
1:50000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:100000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz; (A, B, V, G) - K-42-102-B.
1:25000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:50000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz; (a, b, v, g) - K-42-102-B-b.
1:10000 masshtabli karta varag‘ini nomenklaturasini keltirib chiqarish uchun 1:25000 masshtabli karta varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lamiz (1, 2, 3, 4) - K-42-102-B-b-3.
1-jadval
|
| |