• Jami: 5 ball !!!Izoh.
  • Mavzu: Tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlash va log fayllarni tadqiq etish Ishning maqsadi
  • Nazariy ma’lumotlar Log fayllarni tadqiq etish
  • Log-serverlar
  • 2-Laborotoriya ish topshiriq




    Download 100.14 Kb.
    bet1/6
    Sana30.04.2023
    Hajmi100.14 Kb.
    #55068
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-Laborotoriya ish topshiriq
    essay the benefits of online services, essay, FGHD, Work and student, geotek 3, 2 topshiriq-att, Introduction-to-Nuclear-Weapons, Seminar teması №1 Filosofiya onıń predmeti, mazmunı hám jámiye-fayllar.org

    2-Laborotoriya ish topshiriq

    1. VTP protokoli sozlash. (Vlan-trunk)(1 ball.)

    2. VTP protokoli sozlash. (Vlan-Vtp)(1 ball.)

    3. ACL ro`yxatini sozlash (standart, extended) (1 ball)

    4. Marshrutizatorlarda NAT/PAT texnologiyasini sozlash: (NAT)(1 ball)

    5. Tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlash va log fayllarni tadqiq etish.(log)(1 ball) (Quyida mavzu bo’yicha tushuncha kengroq yoritilgan)


    Jami: 5 ball
    !!!Izoh. 1-topshiriq 5 ta laborotoriya ishi mavzusini o’z ichiga oladi. Talaba bu topshiriqda jami 5 ballni qo’lga kiritadi. Har bir mavzular bo’yicha 1 balldan beriladi. Ushbu ishlar bo’yicha resurslar bo’limida resurlar kiritilgan. Ushbu fayllardan ham foydalanish mumkin. 5 ta mavzu yuzasidan qilingan ish scrinshot(rasm ) qilinadi va 1 ta faylga joylanadi. Tizimga yuklash paytida .pdf kengaytmali fayl ko’rinishida yuklashni unutmang. Ikkita bir xil bo’lgan ishga avtomatik tarzda 0 ball beriladi. Topshiriqni yuklashdan oldin ishni o’qituvchiga ko’rsatilmagan ishga ham baho berilmaydi. Dedline tugagandan so’ng qo’shimcha vaqt berilmaydi. E’tiborli bo’ling hurmatli talabalar.


    Mavzu: Tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlash va log fayllarni tadqiq etish
    Ishning maqsadi
    Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo’ljallangan:

    • tarmoqni himoyalash protokollari SCP, SNMP ni sozlashni o’rganish;

    • Log fayllarni tadqiq etish. Syslog serverini sozlashni o’rganish.

    Nazariy ma’lumotlar
    Log fayllarni tadqiq etish
    Agar siz qachondur Tarix darslariga qatnashgan bo’lsangiz, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan ma’nodagi frazalarni eshitgansiz. Bunda axborot xavfsizligi sohasida ham tadbiqiga ega bo’lgan chuqur ma’no bor. Bizning holatda tarix darsligi sifatida log fayllar (logs) xizmat qiladi. Ular voqealar jurnali, registratsiya fayllari deb ham nomlanadi. Qanday nomlanishiga qaramasdan mazmuni bitta – barcha voqealar to’g’risida xronologik tartibda yozuvlarni saqlash. “Voqealar” deganda aniq nimalar tushinilishiga keyinroq yana to’qtalamiz.
    Ko’pchilik tizim administratorlari loglarga beparvolik bilan munosabat qilishadi. Loglarni umuman yig’maydi yoki ularga diqqat qaratishmaydi. Ayni paytda, loglar nosozliklarni izlashda (troubleshooting) va turli hodisalarni tekshirishda eng yaxshi usullardan biri hisoblanadi.
    Ularga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan:
    Marshrutizatorga kirishga nechta muvaffaqiyatsiz urinishlar sodir bo’ldi? Qachon VPN-tunnelga hujum amalga oshirildi?
    Qurilmaning qayta yuklanganidan berli qancha vaqt o’tti va bu elektrning o’chishi bilan bog’liqmi?
    Konfiguratsiyada oxirgi o’zgartirish qachon amalga oshirildi?
    Ushbu va boshqa ko’plab shu kabi savollarga biz faqat loglarga murojat qilgan holda javob topishimiz mumkin.
    Loglash (logging) amalda sizning tarmog’ingizda sodir bo’lgan hamma narsani ko’rish imkonini beradi. Barcha qurilmalarni real vaqt rejimida kuzatib borish mumkin emas, ayniqsa hodisalar tunda sodir bo’lsa, tarmoq esa o’nlab kommutatorlar va marshrutizatorlardan tashkil topgan bo’lsa. Bundan tashqari, loglarni davriy ravishda ko’rib chiqish kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
    Afsuski, Cisco (va boshqa ishlab chiqaruvchilar) ning tarmoq qurilmalari loglar uchun juda cheklangan joyga (bufer) ega, bu o’z navbatida loglarda aks etishi mumkin bo’lgan vaqt oralig’iga ta’sir qiladi. Bufer hajmi tugagandan so’ng, eng eski loglar oddiygina o’chiriladi. Bundan tashqari, qurilma qayta yoqilganda, loglar qayta tiklanmaydigan ko’rinishda yo’qoladi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Log-serverlaridan foydalaniladi.

    Download 100.14 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 100.14 Kb.