holatini yaxshilash, chiqindilar bilan ishlarni rivojlantirish maqsadida, Davlat
ekologiya qо‘mitasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida bir qator
ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati respublikada sanoatlashgan hudud hisoblanib, bu
viloyatda ekologik holat ustidan davlat nazoratini
hamda atrof muhitni
ifloslantiruvchi manbalarda monitoring kuzatuvlarini muntazam olib borish talab
etiladi, hamda Davlat ekologiya qо‘mitasi oldida turgan muhim masalalardan biri
hisoblanadi.
Hozirgi kunda, viloyat hududida 1.932 ta obyektlar faoliyat yuritib, ulardan
610 tasi atrof-muhitga ta’sir kо‘rsatishning yuqori va о‘rtacha darajadagi xavfli
obyektlarga tо‘g‘ri keladi. Qolgan 1.322 tasi esa ta’siri past va mahalliy darajadagi
obyektlar hisoblanadi.
Viloyatning yirik korxonalaridan biri hisoblangan «Ammofos Maksam»
aksiyadorlik jamiyatida о‘tkazilgan jamoat eshituvida
mazkur korxonaning atrof
muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muhokama qilindi.
«Ammofos Maksam» aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyati, Olmaliq
shahrida 1969 yilda ishga tushirilib, sanoat zonasining 519,1405 gektar yer
maydonida joylashgan, obyekt atrof muhitga ta’sir kо‘rsatish faoliyati bо‘yicha 1-
toifaga mansub.
Korxonada yiliga 268.000 tonnadan ziyod qishloq xо‘jaligi mineral о‘g‘itlar
ishlab chiqarilmoqda, bu albatta о‘z navbatida
hududning atrof muhitni
ifloslantirishga ham о‘zining salmoqli hissasini qо‘shadi.
Jamoat eshituvida О‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qо‘mitasi
raisining birinchi о‘rinbosari Ibratjon Karimov ishtirok etib, «Ammofos Maksam»
aksiyadorlik jamiyatida atrof muhit qonunchiligi ijrosi holati ustidan nazorat
haqida о‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
Ta’kidlandiki, korxonada atmosfera havosini ifloslantiruvchi 74 ta
manbalardan yiliga 2.888,07 tonna qattiq va gazsimon ifloslantiruvchi moddalar
tashlanishi belgilangan.
Amalda 2018 yil yakunida korxona faoliyati davomida atmosfera havosiga
1.356,3 tonna ifloslantiruvchi moddalar tashlanib, ushbu kо‘rsatkich sanoat
korxonalari о‘rtasida Respublika bо‘yicha 0,15 %ni, viloyat bо‘yicha esa 0,41 %ni,
Olmaliq shahri bо‘yicha 1,07 %ni tashkil etmoqda.
Shu о‘rinda davlat statistika hisoboti kо‘rsatkichlarida
korxonadagi
ifloslantiruvchi moddalar miqdori 2017 yilga nisbatan 2018 yilda 300 tonnaga yoki
27,3 % ortganligi qayd etilgan.
2018 yil davomida, respublika bо‘yicha sanoat korxonalarining chang-gaz
tozalash uskunalarida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning ushlab
qolinishi 86,2 % tashkil etgan bо‘lsa, «AMMOFOS-MAXAM» AJda esa 40
foizigina ushlab qolingan xolos.
Korxona tomonidan atrof muhitni muhofazasiga yо‘naltirilgan tadbirlari
uchun 2018 yilda 1 mlrd. 160 mln. sо‘m atrofida mablag‘lar saraflangan bо‘lsada,
uning samarasi yetarli darajada emasligidan darak bermoqda.
Ta’kidlash joizki, korxona tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga kо‘ra, 2019
yil uchun tuzilgan atrof-muhit muhofazasiga oid tashkiliy-texnikaviy chora-
tadbirlarga asosan 2019 yil 1-yarim yillikda jami
3 mln. 428 ming AQSH doll, 1 mln 528 ming 400 yevro va 4 mlrd. 526 mln.
903 ming sо‘m mablag‘ saraflangan bо‘lib, ushbu saraflangan mablag‘lar evaziga
bajarilgan tadbirlar 2019 yil yakuni bilan о‘z samarasini
berishiga ishonch
bildirildi.
Shu bilan bir qatorda, «AMMOFOS-MAXAM» AJning yirik ekologik
muammolardan bir bu, yillar davomida qariyb 269,5 gektar
yer maydonida tо‘planib qolgan 71.808,2 ming.
tonna fosfogips chiqindisi
hisoblandi.
Tahlillar shuni kо‘rsatmoqdaki, 2019 yil 1 yanvar holatiga 216,2 ming.tonna
fosfogips chiqindisi qayta ishlangan, bu esa atigi 3% qayta ishlanganligini
kо‘rsatmoqda.
2019 yil 6 oylik holatiga 440,5 ming.tonna fosfogips chiqindisi hosil bо‘lgan,
shundan 83,4 ming.tonna, ya’ni 19 % fosfogips chiqindisi qayta ishlangan xolos.
Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan davlat
ekologik nazoratini doimiy
ravishda amalga oshirish jaryonida korxonada atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash bо‘yicha bir qator
ishlar amalga oshirilayotgan bо‘lsada, ayrim yо‘nalishlarda kamchiliklar ham
mavjudligi qayd etilmoqda.
Jumladan, 2018 yil 11 fevral kuni fosfogipsni chiqarib tashlash galereyasi
(transportiroka lentasi) qulab tushishi oqibatida korxonada texnologik avariya
holati sodir bо‘lib, buning natijasida 20 ming tonna fosfogips chiqindisi
belgilanmagan joylarga joylashtirilganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish natijasida ekologik
vaziyatni yumshatish va atrof-muhitga salbiy ta’sir kо‘rsatishini oldini olish
maqsadida Davlat ekologiya qо‘mitasi tomonidan quyidagi takliflar bildirildi:
Jamiyatdagi 10 yildan ziyod foydalanilgan ma’nan eskirgan chang-gaz
tozalash uskunalarini (CHGTU) texnik jihatida ta’mirlashga ketayogan sarf
harajatlarni oldini olish maqsadida, yangi chang gaz tozalash uskunalarini о‘rnatish
masalasini kо‘rish;
5 yildan ortiq muddatda foydalanilgan chang-gaz
tozalash qurilmalarini
kapital va doimiy ravishda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
yillar davomida tо‘plangan fosfogips chiqindisini qayta ishlashga zamonaviy
texnologiyalar tadbiq qilish maqsadida, horijiy investorlarni jalb qilish orqali,
chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish;
ifloslantiruvi moddalar va oqava suvlar manbalarini uzluksiz avtomatik
kuzatish tizimini joriy etish;
atrof tabiiy muhitga va aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin bо‘lgan
salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida jamiyatda hosil bо‘ladigan ishlab
chiqarish oqava suvlarini shahar kanalizatsiya tarmog‘iga
tashlash joyida suv
tarkibini aniqlash maqsadida doimiy laboratoriya taxlili о‘tkazib borish va taxlil
natijasida aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralarini kо‘rish.