|
Mavjud avtomobil yo‘llarining arxitektura kompozitsiyasi
|
bet | 4/6 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #112629 |
Bog'liq 2 Maruza3. Mavjud avtomobil yo‘llarining arxitektura kompozitsiyasi
Mavjud avtomobil yo‘llarida arxitektura havzalarni ajratadigan va elementlar umumiyligi bilan ajratib turadigan quyidagi birliklar bo‘ladi:
- me’moriy havzalar ko‘pincha yuqoriga tik ko‘tarilgan joylarda qabariq egrilik, yo‘l va manzaradagi boshqa elementlar bilan qo‘shib ajratiladi. Cho‘l manzarasidagi havzalarni asosan oldindagi tik ko‘tarilgan qabariq egrilar ajratadi. Quyidagi ajratish usullari ham ko‘p ishlatiladi: o‘rmon joyda –manzaradagi boshqa elementlar bilan uyg‘unlashgan bino va aholi punktlari yoki daraxtlar to‘p o‘sgan alohida joylar, o‘rmonlar, yo‘l kesishgan joylar, yo‘l o‘tkazgichlar, yo‘l tutashgan joylar; dasht joylarda – alohida o‘rmonlar, daraxtlar to‘p o‘sgan joylar, yo‘lni kesib o‘tadigan dalani himoya qiladigan tasmalar, dasht fonida keskin ajralib turadigan boshqa elementlar;
- ba’zan me’moriy havzalar bir-biridan yo‘ldagi yoki manzaradagi alohida elementlar bilan ajratiladi. Ko‘pincha bir nechta element bir-biri bilan qo‘shib ishlatiladi, odatda bu elementlarning bittasi plan yoki profildagi egri chiziq, alohida chuqur joy, ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich bo‘lishi mumkin.
Me’moriy havzalarni ajratib turadigan birikmalarning bir qismi sifatida albatta yo‘ldagi elementlar ishlatiladi; dominantlar ko‘pincha me’moriy havzaning kompozitsion markazi vazifasini bajaradi yoki uni ajratib ko‘rsatadi; umumiy dominantlarning 3 foizigina me’moriy havzalar chegarasida bo‘ladi;
- yirik aholi punktlari, katta ko‘prikli o‘tish joylari alohida me’moriy havza bo‘ladi;
- aholi punktlari, ko‘priklar dominant va yo‘l kompozitsiyasi markazi bo‘ladi;
- dominantlar doim birikkan yo‘l elementlari bilan yo‘l yoqasidagi manzara elementlari birikmasidan tuziladi;
Umumiy ansamblning bir qismi bo‘ladigan har bitta me’moriy manzara boshqasidan farq qilsa, haydovchi yoki yo‘lovchi bu farqqa e’tibor qilsa, tushunsa va me’moriy bezatish uzoq davom etgani uchun charchatmasa esda qoladi. Turli omillarning ta’sirini hisobga oladigan bo‘lsak, bitta me’moriy havza ichida 3-5 daqiqa harakat bo‘lishi mumkin. Me’moriy havzalarning optimal uzunligi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi:
|
| |