• BNC-konnektor.
  • 2-ma’ruza. Kompyuterlarda qo‘llanilgan protokollar ilovalar va texnologiyalar Reja




    Download 376,17 Kb.
    bet3/11
    Sana19.02.2024
    Hajmi376,17 Kb.
    #158771
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    2-MA\'RUZA

    Koaksial kabel – tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan eng dastlabki o’tkazgichlardan biri.Koaksial kabel qalin izolyatiya bilan o’ralgan markaziy o’tkazgich, misli yoki alyuminli o’ram va tashqi izolyatsiya qobig’idan tashkil topgan (2.1-rasm



    2.1-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi.
    Koaksial kabellar bilan ishlash uchun turli tipdagi bir qancha razyomlar qo’llaniladi.
    BNC-konnektor. Kabelning oxiriga o’natiladi va T-konnektorga va barrel konnektorga ulash uchun xizmat qiladi (2.2-rasm).

    2.2-rasm. BNC-konnektor


    BNC T-konnektor. Kompyuterni asosiy magistralga ulash uchun ishlatiladi. Uning konstruktsiyasi uchta razyomdan iborat, ulardan biri razyomni tarmoq kartasiga, qolgan ikkitasi magistrallarning ikki oxirini ulash uchun xizmat qiladi (2.3- rasm).

    2.3-rasm. BNC T-konnektor


    Eng ko’p uchraydigan kabel – bu mis o’rama juft kabelidir.U signallarni elektr signallar yordamida uzatadi. O’z nomidan kelib chiqib, ushbu kabel bir-biridan izolyatsiyalangan bir nechta juft o’ralgan o’tkazgichlardan foydalanadi. Simlarni o’rash tashqi manbalar elektromagnit maydon ta’sirini kamaytirish imkonini beradi. Bugungi kunda eng ommaviy kabellar 5 va undan yuqori kategoriyali kabellardir. Aynan ushbu kategoriyalardan boshlab juft o’tkazgichalar har xil intensivlik bilan o’raladi, bu simlarning o’zaro ta’siri va bir biriga xalaqit berishini kamaytirish imkonini beradi. O’rama juft ekranlashgan va ekranlashmagan bo’ladi. Agar kabel markirovkasi U harfidan boshlansa, bu kabel ekranlashmaganligini bildiradi. Sharfidan boshlansa, bu ekran sifatida simli o’ram ishlatilayotganini anglatadi, agar F harfidan boshlansa ekran sifatida folgadan foydalanilganligini anglatadi.
    U/UTP (Unshielded Twisted Pair) markirovkasi – bu oddiy ekransiz o’rama juft. Masalan, F/UTP (Shielded Twisted Pair) kabel folga bilan ekranlashganini, lekin o’ralgan o’tkazgichlarning o’zi ekranlashmaganini anglatadi. Ya’ni birinchi harf kabelning umumiy ekranini, “/” belgisidan keyingisi esa o’tkazgichlarning o’zilarining ekranlashganini ko’rsatadi.F/FTP markirovkasi har bir juft folga bilan ekranlashganini va qo’shimchasiga barcha juftlar folgali ekran bilan o’ralganini anglatadi (2.4-rasm).



    Download 376,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 376,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma’ruza. Kompyuterlarda qo‘llanilgan protokollar ilovalar va texnologiyalar Reja

    Download 376,17 Kb.