• Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlash.
  • Algoritmlarni tasvirlash usullari




    Download 286,49 Kb.
    bet2/6
    Sana09.12.2023
    Hajmi286,49 Kb.
    #114744
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    JLS1mK4JE8xpBizx6WVHiS1sqk6pm5BLfsKMFqou

    Algoritmlarni tasvirlash usullari
    Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:

    • so‘zlar yordamida (ogʻzaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar yordamida, tabiiy tilda);

    • grafik usulda (grafik simvollar yordamida);

    • dastur ko‘rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so‘zlar, operator va funksiyalar yordamida);

    • formulalar yordamida (matematik formulalardan foydalangan holda, analitik ko‘rinishda);

    • makrotildan foydalangan holda (dasturlovchi va EHMga tushunarli bo‘lgan makrokomandalar yordamida);

    • jadval ko‘rinishida (mantiqiy algebra elementlaridan foydalangan holda).



    Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlash.
    Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va ko‘rsatmalar ketma-ket ogʻzaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar orqali yoziladi.
    Masalan, Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini (EKUB) topish algoritmi quyidagicha yozilishi mumkin:

    1. Ikkita sonni kiriting;

    2. Agarda bu sonlar teng bo‘lsa, u holda ulardan birini javob sifatida oling va ishni to‘xtating, aks holda esa davom ettiring;

    3. Ikkita son ichida kattasini aniqlang;

    4. Katta va kichik sonlarning ayirmasini katta son bilan almashtiring;

    5. Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.

    Keltirilgan algoritmni har qanday natural sonlarning EKUBini topish uchun ishlatish mumkin.
    Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiligi mavjud bo‘lib, aksariyat hollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi.
    Algoritmlarni grafik usulda tasvirlash.
    Algoritmlarni grafik usulda tasvirlashda har bir amal bir yoki bir nechta harakatni ifodalovchi o‘zaro bogʻliq funksional bloklar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi.
    Algoritmning bunday tasvirlash usuli algoritm sxemasi yoki blok-sxema deb ataladi.
    Blok-sxemada har bir harakat turi (boshlangʻich qiymatlarni kiritish, ifodalar qiymatlarini hisoblash, shartlarni tekshirish, amallarni takrorlashni boshqarish, qayta ishlashni tugatish va h.k.) ma’lum bir geometrik figura orqali ifodalanadi.
    Blokli belgilar (geometrik figuralar) chiziqlar orqali bogʻlanadi (bunda qaysi amal oldin, qaysinisi keyin bajarilishi ko‘rsatiladi).
    2.1. jadval blok-sxemada ishlatiladigan bloklar aks etadi.



    Amallarni belgilanishi

    Izoh



    Oddiy amal



    Shartni tekshirish



    Takrorlanishni boshi



    Yordamchi algoritmga murojaat



    Ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning umumiy ko‘rinishi



    Algoritmning boshi va oxiri



    Natijani bosmaga chiqarish

    • “Oddiy harakat” belgisi orqali formulalar, hisob-kitob, o‘zlashtirish amallari ifodalaniladi. Bir nechta amallarni alohida yoki bitta belgi orqali ifodalash mumkin.

    • “Shart tekshirish” bloki orqali amallar bajarilish yo‘nalishi shart bajarilishi asosida ko‘rsatiladi. Bunday blokning har birida savol, shart yoki munosabat ko‘rsatiladi.

    • “Takrorlash” bloki amallarni takrorlash uchun ishlatiladi. Blok ichida takrorlashning boshi va oxirini ko‘rsatuvchi parametr (i), parametrning o‘zgarish qadami ko‘rsatiladi.

    • “Yordamchi algoritmga murojaat” bloki alohida va mustaqil ishlovchi qism dastur va yordamchi algoritmlarga murojaatni bildiradi.

    Har qanday algoritmning mantiqiy tuzilishi uchta asosiy elementlar orqali ifoda qilinishi mumkin:

    Download 286,49 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 286,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Algoritmlarni tasvirlash usullari

    Download 286,49 Kb.