|
2-ma’ruza. Mobil texnologiyalarning dasturiy ta’minoti reja: Mobil operatsion sistemalar haqida
|
bet | 2/6 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 151,2 Kb. | | #126024 |
Bog'liq 003 - Mobil Texnoligiyalar - 3-MaruzaA ndroid operatsion sistemasi. Android – Linux OS yadrosida yaratilgan ochiq kodli, portativ operatsion sistema (OT) bo‗lib, smartfonlar, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitob- lar, raqamli pleyerlar, qo‗l soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi.
Android (yunoncha so‗z bo‗lib, ikki bo‗g‗inni - «erkak» va «o‘xshash») - odamsifat robot ma‘nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion sistemai logotipida robot tasvirlangandir.
Android operatsion sistemasi operatsion sistemalar ichida yetakchilik (liderlik)ni bermay kelayotgan va iOSning asosiy raqobatchisi hisoblanadi.
Samsung bu platforma uchun smartfonlar ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyalardan biri bo‗lib, ―Samsung-Android qiroli‖dir. Bundan tashqari
Android smartfonlarni LG, HTC, Sony, Lenovo, Motorolla va boshqa kompaniyalar ishlab chiqaradi.
2005-yilning iyulida Google korporatsiyasi Android Incn. firmasini 130 mln. dollarga sotib oladi va o‗zi bu operatsion sistemani chiqarishni davom ettiradi. 2007-yilning 5-noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini e‘lon qilib, birinchi ochiq mobil Android sistemasini namoyish etdi.
2008-yilning 23-sentabrida Android operatsion sistemasining birinchi versiyasini namoyish etdi.
Birinchi versiya chiqqanidan so‗ng sistema bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar sistemada aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo‗shdi.
2009-yilda platformaning to‗rtta yangilashlari (update) chiqdi. Shunday qilib, 2009-yilning fevralida turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5
―Cupcake‖ va 1.6 ―Donut‖ yangilashlari chiqdi.
―Cupcake‖ versiyasiga bir qancha o‗zgartirishlar kiritildi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. ―Donut‖da birinchi marta CDMA tizimlarini qo‗llash paydo bo‗ldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qo‗llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 ―Éclair‖ operatsion sistemasi chiqdi. ―Éclair‖ 2.1 versiyasida ―jonli rasmlar‖ paydo bo‗ldi va ekran blokirovkasinining ko‗rinishi o‗zgardi.
2010-yilning o‗rtasida Google Android 2.2 ―Froyo‖ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 ―Gingerbread‖ namoyish etildi. Bu yangilashlar an‘anaviy blokirovkani raqamli yoki harf- raqamliga o‗zgartirdi, ―Kesish, nusxa ko‗chirish, qayta qo‗yish‖ funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo.
2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 ―Honeycomb‖ versiyasi namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.
2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 ―Ice Cream Sandwich‖ – birinchi universal sistema (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi.
2012-yilda sistemaning yangi versiyasi – ―Jelly Bean‖ chiqdi va iyun oyida 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr oxirida yangilangandan so‗ng 4.2 ga o‗zgardi.
Android OSda ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentyabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) bo‗ldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OSda moslamalar chiqarish so‗rovlari paydo bo‗ldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda o‗zining ―Google Nexus‖ moslamalarini Android OS ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo‗lib yangi versiyalarda chiqarilgan.
|
| |