• 4- rasm. iOS 9.1 iPhone (chapda) va iPad Pro (o‘ngda)
  • 2-ma’ruza. Mobil texnologiyalarning dasturiy ta’minoti reja: Mobil operatsion sistemalar haqida




    Download 151,2 Kb.
    bet4/6
    Sana21.12.2023
    Hajmi151,2 Kb.
    #126024
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    003 - Mobil Texnoligiyalar - 3-Maruza

    A pple iOS operatsion sistemasi. iOS (24-iyun, 2010-yilgacha - iPhone OS) - Amerika kompa- niyasi Apple tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan smartfonlar, elektron planshetlar va ko‗chma media qurilmalari uchun mobil operatsion sistemadir. Apple iOS mobil operatsion sistemasi bo‗lib, Apple tomonidan MacOS sistemasi asosida yaratilgan. Avval iPhone nom olgan bu operatsion sistema 2010-yildan boshlab iOS deb nom olgan. Bu operatsion sistema yopiq sistema bo‗lib, mobil qurilmaga o‗rnatish uchun litsenziya talab qilinmaydi. O‗zida Apple OS X versiyasi oilasiga mansub sistemalar Mac OS X sistemaidan farq qiladi va Apple iOSda Darwin yadrosi asosida ishlaydi. Apple iOS kodi esa, Apple kompaniyasining o‗zi ishlab chiqqan NextStep va FreeBCD asosida yozilgan. iOS operatsion sistemasi 2007-yilda ishga tushurilgan bo‗lib, dastlab – iPhone va iPod kabi qurilmalar uchun – keyinroq iPad va AppleTV uchun ishlab chiqilgan.
    Windows Phone (Microsoft) va Android (Google) operatsion sistemalaridan farqli ravishda iOS operatsion sistemasi faqat Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilmalar uchun ishlatiladi.
    iOS Applening iPhone, iPod, iPad, Apple TV qurilmalarida o‗rnatilgan sistemadir. iOS multitach (ko‗p belgi sezuvchanlik) xususiyati va tezkorligi bilan boshqa operatsion sistemalardan yaqqol ajralib turadi. iOSning birinchi versiyasi 9-yanvar 2007-yilda Macworld Conference & Expo ko‗rgazmasida taqdim etildi va hozirga kelib eng oxirgi versiyasi iOS 9.1 chiqarilgan.

    4- rasm. iOS 9.1 iPhone (chapda) va iPad Pro (o‘ngda) Apple iOSning versiyalari bilan tanishaylik.
    Apple iOS 1- versiyasi 2007-yilning iyun oyida ishlab chiqarilgan. 1.1 versiyasi 2007-yilning sentabrda iTunes servisiyasini qo‗shgan holda va avvalgi xatolarni to‗g‗rilagan holda ishlab chiqarildi.
    1.1.4 versiyasi 2008-yilning fevralida sistema tezligi oshirilgan holda ishlab chiqarildi.
    2.1 versiyasi 2008-yilning sentabrida batareyka uzoq muddatga xizmat qilishini ta‘minlash maqsadida sistemaga yangi o‗zgartirishlar kiritildi. Ular quyidagilardir:

    • Batareyka qismi uzoq muddat ishlaydigan qilindi;

    • iTunesda ma‘lumotlarning rezerv ko‗chirish davomiyligi qisqartirildi;

    • Elektron pochta bilan ishlash ishonchliligi oshirildi. POP va Exchange pochtalar bilan ishlash imkoniyati oshirildi;

    • Dasturni o‗rnatish tezligi oshirildi;

    • Ko‗p dastur o‗rnatilganda tizimning xatolik berilishi tuzatildi;

    • SMS olish va yuborish modulining ishlash tezligi oshirildi;

    • Kontaktlarni yuklash va qidiruv tizimining ishlash tezligi oshirildi;

    • 3G signallarini ushlovchi kuchliroq indikator o‗rnatildi;

    • Matn xabarlarini olishda ogohlantirishlar (2 martagacha) qismi qo‗shildi;  Geniuspleylist yaratildi.

    2008-yilning 21-noyabrda Apple iOS sistemaining 2.2 versiyasi yaratildi. Bu versiyada quyidagi qo‗shimchalar qo‗shildi.

    • Google Street View servisi qo‗shildi. Bu servis manzil bo‗yicha piyoda, avtomobilda yoki jamoat transport qanday borish, masofa uzunligi, borish yo‗llari haqida umumiy ma‘lumot beradi. Pochta orqali foydalanuvchining turgan joyi koordinatsiyasini yuborish ham bu modul vazifasiga kiradi.

    • iTunesning dizayni o‗zgartirildi. Ovoz sifati, vizual ovozli xabarlar olish maqsadida sifatli qilindi. 3G modem esa 02.28.00 versiyasiga yangilandi.

    • -Trafik hisoblagich xatoligi (avvalgi versiyalarda 4 gb gacha hisoblar edi xolos) to‗g‗rilandi.

    • SMS sig‗imi 10000 donadan 75000 donagacha kengaytirildi.

    Keyinchalik Apple iOS sistemasinig yangidan yangi versiyalari chiqarildiki, Apple iOS dastur- chilarning bu tizim uchun dastur yozish ishlari osonlashgan bo‗lsa, foydalanuvchilarga esa qulay imkoniyatlar yaratildi. Apple iOS sistemasining so‗ngi versiyasi 5.1 (Build 9A405) 7-mart 2012yilda ishlab chiqildi. Hozirgi paytda Apple iOS sistemasining quyidagi standart dasturlari mavjud:

    • -Xabarlar (Xabarlar qabul qilish va yuborish)

    • -Kalendar (iCal, MicrosoftOutlook, Gmail bilan sinxronizatsiya qilish mumkin)

    • Fotografiya/Kamera (videoga olish, rasmga tushirish, iPhone 3GS)

    • Soatlar (Xalqaro soat, budelnik, taymer, sekundamer)

    • Telefon (audiokonferensiya bunda gaplashish payti boshqa dasturlarga ishlash imkoniyati mavjud.)

    • Diktofon (ovoz yozish qurilmasi. iTunes orqali o‗rnatiladi)

    • Musiqa (iTunes orqaliyuklanadi)

    • Safari ( Internet brauzer)

    • Kalkulyator

    • Karta (Google maps)

    • Kontaktlar

    • Tizim sozlanmalari (nastroyki)

    • iTunes

    • App Store

    • Ob - havo ma‘lumotlari.  O‗yin modullari.

    • iBook dasturi (AppStore dan olingan kitoblarni o‗qish)  Spot light (Internet yoki Wikipediadan qidirish tizimi)

    • Kiosk (gazeta va jurnallarni ko‗rish, ularga obuna bo‗lish imkonini beruvchi dastur).

    Apple iOS operatsion sistemasi uchun ilovalar dasturlar Xcode muhitida yaratiladi. Bunday dasturlar esa dasturlash tillaridan - Objectiv C da yoziladi.
    Apple kompaniyasi o‗zining ishlab chiqaruvchilar tarmog‗ida yangi hisobotni chop etdi, unga ko‗ra shu yilning 18-aprel holatiga binoan barcha iOS-qurilmalarning 84 foizi eng so‗nggi iOS
    9 operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlamoqda. Fevral oyida bu ko‗rsatkich 77 foiznigina tashkil etgan. Shuni ta‘kidlash joizki, foydalanuvchilar iOS 9 ni o‗tgan yili iOS 8 ga qaraganda tezroq o‗rnatishgan. Shunday bo‗lsa-da, iPhone, iPad va iPod touch egalari iOS 7 ga to‗qqizga
    nisbatan faolroq o‗tishgan.

    Download 151,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 151,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-ma’ruza. Mobil texnologiyalarning dasturiy ta’minoti reja: Mobil operatsion sistemalar haqida

    Download 151,2 Kb.