• KIRISH
  • Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana09.02.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #153869
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Asqarova




     
    MUNDARIJA
     
     
    № 
     
    Ishning nomi, amaliyot davomiyligi 
     
    Sahifa 
     

    Kirish 


    Korxona haqida ma’lumot 
    11 

    Xom-ashyo ombori 
    14 

    Qayta yigirish sexi 
    16 

    Tandalash sexi 
    18 

    To‘quv sexi 
    21 

    Sifat nazorati sexi 
    25 

    Qadoqlash sexi 
    28 

     
    10 
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    29 
     
    30 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    KIRISH 
     
    Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj 
    mahsulotlari (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik mahsuloti deb yuritiladi) ishlab 
    chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni 
    chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport 
    salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
    O‘tgan davr mobaynida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi 
    o‘rinlarda to‘qimachilik sanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy 
    baza va qulay sharoitlar shakllantirildi. 
    Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlarda mamlakat to‘qimachilik 
    sanoatining izchil rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan qator tizimli muammolar 
    aniqlandi,xususan: 
    birinchidan, tarmoqning yetarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qo‘shilgan 
    qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uyg‘unlashgan texnologik zanjirning 
    mavjud emasligi sababli 2017-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilayotgan 
    to‘qimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 4,6 
    foizni tashkil etdi; 
    ikkinchidan, to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimi tarmoqning 
    zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan 
    muammolarning to‘planib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal 
    modernizatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda; 
    uchinchidan, milliy standartlar va to‘qimachilik mahsulotlarining sinovlari 
    bo‘yicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uyg‘unlashtirish 
    ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy 
    etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo 
    bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati 
    va xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni oshirishga to‘siq bo‘lmoqda; 
    to‘rtinchidan, 
    tarmoqqa 
    zamonaviy 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va 
    to‘qimachilik sanoati rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash uchun 
    shart-sharoit yaratmayapti; 
    beshinchidan, xomashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona 
    taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi 
    kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining to‘xtab qolishiga, iqtisodiy 
    yo‘qotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab 
    chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda; 



    oltinchidan, to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va 
    eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor 
    to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib 
    raqobatlashishga qodir bo‘lgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada 
    emasligi to‘qimachilik sanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini 
    bermayapti; 
    yettinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi to‘qimachilik sanoatining real 
    ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqni rivojlantirishning dolzarb masalalari 
    bo‘yicha o‘qitishning innovatsion yo‘nalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni 
    chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. 
    Respublika to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishini ta’minlash, yuqori 
    sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, uni 
    yirik xorijiy bozorlarga yanada ilgari surish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda 
    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
    bo‘yicha 
    Harakatlar strategiyasida
     belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish 
    maqsadida: 
    1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatini yanada 
    isloh qilishning muhim yo‘nalishlari etib belgilansin: 
    birinchidan, to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, 
    mamlakatda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining, eng avvalo, 
    yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh to‘qimachilik mahsulotlarini yuqori 
    texnologik ishlab chiqarishga qayta yo‘naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish; 
    ikkinchidan, to‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimini ilg‘or menejment 
    texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama ko‘maklashish va ko‘llab-
    quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi 
    muammolarni hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko‘rib 
    chiqish; 
    uchinchidan, to‘qimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va 
    sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirish, 
    shuningdek, mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va 
    akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali yanada takomillashtirish; 
    to‘rtinchidan, tarmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari mahalliy va xorijiy 
    bozorlarining holati hamda rivojlanish tendensiyalari haqidagi ishonchli va o‘z 
    vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg‘or axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor 
    yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish; 
    beshinchidan, paxta xomashyosini yetishtirishdan boshlab, unga dastlabki 
    ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va 



    yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsuloti chiqarish bosqichigacha 
    bo‘lgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning 
    klaster modelini amalga oshirish; 
    oltinchidan, xomashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil 
    etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini 
    rivojlantirish bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikda, shu jumladan ko‘p funksiyali 
    transport-logistika xablarini qurish, yuklarni yetkazishning optimal yo‘nalishlari 
    hamda yo‘laklarini tanlash, shuningdek, transportda yuk tashish tariflarini 
    optimallashtirish orqali joylashuvini ta’minlash; 
    yettinchidan, yuqori sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab 
    chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish 
    maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, 
    dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy 
    namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; 
    sakkizinchidan, talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha 
    yo‘nalishlarni kengaytirgan holda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, 
    qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim 
    muassasalarining o‘quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish 
    tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini, 
    shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish. 
    2. O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal 
    rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 
    1-
    ilovaga
     muvofiq tasdiqlansin. 
    Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari “Yo‘l 
    xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishiga 
    shaxsan javobgardir. 
    3. 2018-yil paxta hosilidan boshlab, eksperiment tartibida mahalliy 
    to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri fermer xo‘jaliklari va 
    boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan (keyingi o‘rinlarda fermer 
    xo‘jaliklari deb yuritiladi) paxta xomashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va 
    avans berish, shu jumladan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin: 
    xarid qilinadigan paxta navi va hajmi, uni yetkazib berish muddatlari hamda 
    tartibi fermer xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati korxonasi o‘rtasida tuziladigan 
    shartnomada belgilanadi; 
    paxta xomashyosini dastlabki qayta ishlash paxta tozalash korxonasi 
    tomonidan qayta ishlash asosida yoxud to‘qimachilik korxonasi tomonidan xususiy 
    yoki ijaraga olingan paxta tozalash korxonasida amalga oshiriladi; 



    to‘qimachilik sanoati korxonalari fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini 
    (chigit, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy 
    himoya qilish vositalari, ish haqini to‘lash va ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash 
    xarajatlari, boshqa sarf-xarajatlar) tuzilgan shartnoma qiymatining kamida 60 foizini 
    avans berish yo‘li bilan moliyalashtirishni amalga oshiradi; 
    to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilinadigan paxta 
    xomashyosi narxi fermer xo‘jaliklarining haqiqiy xarajatlarini va rentabelligini tahlil 
    qilishdan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanadi va davlat ehtiyojlari uchun 
    o‘rnatilgan narxlardan past bo‘lmasligi lozim; 
    to‘qimachilik sanoati korxonalari olingan chigitni shartnoma asosida yog‘-
    moy korxonalariga, qo‘shimcha mahsulotlarni (lint, o‘lik paxta) boshqa 
    iste’molchilarga realizatsiya qiladi; 
    to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan xarid qilingan paxta 
    xomashyosidan faqatgina uni keyinchalik chuqur qayta ishlash uchun foydalaniladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
    2018-yil 10-yanvarga kadar muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qimachilik 
    sanoati korxonalari, shuningdek, paxta-to‘qimachilik klastyerlari ishtirokchilari 
    bilan paxta xomashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va avans berish tizimiga 
    kiritilayotgan eksperimentni hisobga olgan holda, paxta xomashyosini yetishtirish 
    va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalarining fermer xo‘jaliklari bilan 
    o‘rnatilgan tartibda qayta tuzilishini; 
    2018-yil 15-yanvarga kadar muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qimachilik 
    sanoati korxonalari bilan paxta xomashyosini yetishtirishga buyurtma qilish va 
    avans berishning kiritilayotgan tizimini hisobga olgan holda, paxta xomashyosini 
    yetishtirish va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari fermer xo‘jaliklari 
    bilan qayta tuzilishidan kelib chiqib, eksperiment o‘tkazish uchun hududlar va yer 
    uchastkalari maydonlarining belgilanishini; 
    to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qimachilik sanoati korxonalari bilan paxta 
    xomashyosini yetishtirishga shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarini aniqlashni 
    hisobga olgan holda, 2018-yil 1-fevralga kadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va 
    qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish 
    jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari balansi shakllantirilishini; 
    2018-yil 15-yanvarga kadar muddatda 2018-yil hosilining paxta xomashyosi 
    uchun davlat xaridi narxi belgilanishini; 
    qayta tuzilgan shartnomalarni hisobga olgan holda, 2018-yil 20-yanvarga 
    qadar muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qimachilik sanoati korxonalari, shuningdek, 
    paxta-to‘qimachilik klastyerlari ishtirokchilari bilan paxta xomashyosini yetishtirish 



    va yetkazib berishga kontraktatsiya shartnomalari bilan qamrab olinmagan fermer 
    xo‘jaliklari kesimida 2018-yil hosilining paxta xomashyosi ekilishi uchun 
    “O‘zpaxtasanoat” AJ buyurtmasining hajmi aniqlanishini ta’minlasin. 
    4. To‘qimachilik sanoati korxonalari, “O‘zbekyengilsanoat” AJ 
    aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, 
    Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga 
    ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining: 
    O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasini 
    (keyingi o‘rinlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) tashkil 
    etish; 
    “O‘zbekyengilsanoat” AJni uning mol-mulklari va davlatga tegishli boshqa 
    mablag‘lari, 
    shuningdek, 
    debitor 
    qarzdorligini 
    keyinchalik 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga beg‘araz o‘tkazish orqali tugatish; 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tuzilmasida tizimli muammolarni 
    bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab 
    chiqish, shuningdek, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni 
    rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashni ta’minlovchi 
    maslahat organi — To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari kengashini 
    tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 
    5. Quyidagilar: 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zolari to‘qimachilik sanoati 
    korxonalari va tashkilotlari hisoblanishi; 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining joriy ta’minoti va faoliyatini 
    moliyalashtirish uyushma a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonun 
    hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi; 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi va uning o‘rinbosarlari uyushma 
    a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan saylanishi; 
    “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi bir vaqtning o‘zida Toshkent 
    to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari 
    hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
    6. Quyidagilar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining asosiy vazifalari 
    etib belgilansin: 
    xomashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotni 
    ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan 
    sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va ko‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik 
    mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida tadqiqotlar o‘tkazish asosida tarmoqni 
    barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; 



    to‘qimachilik sanoati sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish 
    tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg‘unlashtirish, shuningdek, mahsulotlar 
    sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali 
    takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish; 
    to‘qimachilik 
    sanoati 
    korxonalarining 
    faoliyatiga 
    innovatsion 
    texnologiyalar, shu jumladan dizaynerlik ishlanmalari, nou-xau, sifat menejmenti 
    tizimlari va zamonaviy marketing xizmatlari keng joriy etilishini ta’minlash; 
    ichki bozorni yuqori sifatli mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari bilan 
    to‘ldirish va uning eksport geografiyasini, shu jumladan turli axborot resurslarida 
    hamda mamlakatdagi va xorijdagi ko‘rgazma tadbirlarida milliy brendlarni 
    yo‘naltirishni ilgari surish va to‘qimachilik sanoati korxonalarining salohiyatini 
    namoyish qilish orqali kengaytirish bo‘yicha tizimli kompleks chora-tadbirlarni 
    amalga oshirish; 
    to‘qimachilik sanoatiga chet el investitsiyalarini, shu jumladan logistika va 
    muhandislik infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida faol jalb qilish; 
    to‘qimachilik sanoati korxonalari, paxta-to‘qimachilik klastyerlarini 
    hududlar salohiyatining yanada rivojlanish istiqbollaridan, xomashyo bazasi, 
    infratuzilmasi, mehnat resurslari va bozorlarning mavjudligidan kelib chiqib 
    joylashtirishga ko‘maklashish; 
    tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda 
    to‘qimachilik sanoati sohasida kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni va ularni 
    tayyorlashning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta 
    tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishda 
    ishtirok etish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish; 
    tarmoqning jadal rivojlanishi va to‘qimachilik sanoati korxonalarining 
    barqaror faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash 
    hamda bartaraf etish, mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish 
    bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 
    7. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 
    tuzilmasi
     2-ilovaga 
    muvofiq ma’qullansin. 
    8. Paxta-to‘qimachilik klastyerlarini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish 
    konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi komissiya (keyingi o‘rinlarda 
    Ishchi komissiya deb yuritiladi) 
    3-ilovaga 
    muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 
    Ishchi komissiya Buxoro va Navoiy viloyatlarida paxta-to‘qimachilik 
    klastyerlari tashkil etilishining borishini o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda, 
    bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta-to‘qimachilik klastyerlarini 
    o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini Vazirlar 
    Mahkamasiga kiritsin: 



    to‘qimachilik sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib 
    chiqib, hududlarda paxta-to‘qimachilik klastyerlarini joylashtirish tartibi, ularni 
    shakllantirish muddatlari va bosqichlarini belgilash; 
    paxta-to‘qimachilik klasteri ishtirokchilariga yer, suv va boshqa resurslardan 
    samarali va oqilona foydalanishni hisobga olgan holda, tabaqalashtirilgan soliq 
    imtiyozlarini ko‘llash imkoniyati; 
    tashkiliy-xo‘jalik munosabatlarning shakllari, asosiy kompaniyaning paxta-
    to‘qimachilik klasteri ishtirokchilari oldidagi majburiyatlari; 
    qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster modelini tashkil 
    qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tizimli tahlil qilish va joriy etish; 
    paxta 
    xomashyosiga 
    davlatning 
    buyurtmasini 
    bosqichma-bosqich 
    qisqartirishni ta’minlaydigan xususiy kapital va chet el investitsiyalarini jalb etish 
    hisobiga qishloq xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni yaxshilashga ta’sir etish 
    istiqbollarini baholash; 
    qishloq xo‘jaligi va boshqa qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chiqarishning 
    (chorvachilik, issiqxona xo‘jaliklari va boshqalar) qayta ishlash tarmoqlari 
    rivojlanishiga ta’sirini tahlil qilish. 

    Download 1,32 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish