16
Qayta yigirish sexi
Iplarni qayta o‘rashdan maqsad:
1. Keyingi texnologik jarayonlarning yuqori samaradorligini ta’minlovchi
sifatli bobina tayyorlash.
2. Jarayonda o‘ramadagi ip uzunligini ko‘paytirish,
har xil nuqsonlar, xas-
cho‘plardan tozalash.
Ko‘proq qayta o‘rash jarayonida iplar yigirish
tuftagidan konussimon yoki
silindrsimon bobinaga o‘raladi. Yigirish tuftagiga esa 100 g atrofida ip o‘raladi.
Agar ipning chiziqli zichligi 20 tex bo‘lsa, u holda tuftakdagi ip uzunligi 5000 m
bo‘ladi. Zamonaviy tandalash mashinalarining tezligi 1000 m/min atrofida bo‘lib,
unda yigirish tuftagidan ip o‘raladigan bo‘lsa, har 5 minutda tuftaklarni almashtirish
talab etiladi va bu hol tandalash mashinasi unumdorligining keskin kamayishiga olib
keladi. Shuning uchun iplar tuftakdan hajmi katta bo‘lgan (og‘irligi 2 kg va undan
yuqori) konussimon yoki silindrsimon bobinaga o‘raladi.
Yigirish tuftagini to‘quv dastgohida arqoq ipi sifatida foydalanish uchun katta
moki kerak bo‘ladi, bu esa homuza hosil qilish jarayonida muammoga olib keladi.
Shuning uchun mokili dastgohda arqoq ipi naychaga o‘raladi. Naychaga esa bu ip
bobinadan o‘raladi.
Qayta o‘rash jarayoniga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) ipning fizik-mexanik xossalari yomonlashmasligi;
2) o‘ramadan keyingi jarayonlarning yuqori tezligida
ham ipning chuvalib
chiqishi yengil, tarangligi esa doimiy va barcha bobinalarda bir xil bo‘lishi;
3) bobinalardagi ipning uzunligi maksimal va
barcha bobinalarda bir xil
bo‘lishi;
17
4) iplarning uchlari pishiq va qulay tugunlar bilan ulab qo‘yilishi
hamda
tugunlar to‘quv dastgohi anjomlarida yengil o‘tishi va to‘qimaning
tashqi
ko‘rinishini pasaytirmasligi;
5) jarayon yuqori unumdorlikka ega bo‘lishi, lekin yuqori unumdorlik ip va
bobinalar sifatining pasayishi hisobiga bo‘lmasligi;
6) iloji boricha chiqindi kamroq, samaradorlik esa yuqori bo‘lishi kerak.
O‘rash bosqichida ipning uzilishlarini ulab, konus yoki boniaga o‘raladi, shu
bilan birga ipning sifatini oshirilib, keyingi jarayonga tayyorlanadi.
“Uzwoolen” korxonasida qayta yigirish sexi kichik va qulay joylashgan.
Qayta yigirish sexi mashinalari Rieter kompaniyasiga tegishli mashinalardir.