15
doimiy nazorat qiluvchi ishchilar faoliyat ko‘rsatadilar. Mahsulot sifatli va talabgir
bo‘lishi uchun unga avvalo, sifatli xom-ashyodan foydalanish kerak.
Omborda doimiy harorat, namlik va xom-ashyoning sifatlari nazorat qilinadi.
Chunki iplarda namlik me’yoridan
ortib yoki kamayib ketsa, bu to‘qima sifatiga
jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Belgilangan me‘yoriy namlik 7%
dan ortmasligi undan
kamayib ketmasligi talab qilinadi. Namlik ortsa,
iplar uzoq saqlanmaydi, namlik
kamayib ketsa, ip quruq va ishlab chiqarishga yaroqsiz bo‘ladi.
Barcha turdagi sanoat korxonalarida turli nazorat ishlarini faqatgina texnik nazorat
bo‘limi (TNB) yoki korxona laboratoriyasi amalga oshiradi. Undan tashqari, bosh
muhandis, sex boshlig‘i, usta, usta yordamchisi korxona, sexlarni ko‘zdan kechirish
paytida
uskunalarni, xomaki mahsulotlar sifatini,
ishchilarning mashinalarda
xizmatlarini nazorat qilib borishadi. Ba’zi bir nazorat ishlarini ishchilarning o‘zlari
amalga oshiradilar. Texnik nazorat bo‘limi va korxona laboratoriya xodimlari
mabodo mashinalarda texnik kuzatishlarni belgilash imkoniyatlari bo‘lmaganda,
maxsus kuzatish yoki o‘lchash asboblarini qo‘llaydi. Hujjatlarda belgilangan qonun-
qoidalar bo‘yicha nazorat ob’ekti bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan
nazoratning jami
vositalari va bajaruvchilariga
nazorat tizimi deyiladi.
U korxona standarti yoki
nazorat rejalarida qayd etiladi, undan tashqari nazorat qilinadigan ob’ektlar va
alomatlar tartibi, davriyligi va sinov uslublari ko‘rsatiladi.