28
Qadoqlash sexi
Qadoqlash jarayoni tayyor mahsulotni iste’molchiga
yetkazib berish uchun
uning talabiga binoan vazniga qarab qadoqlanadi. Qadoqlash turlari 4
turga
bo‘linadi:
1. Karobka
2. Qop
3. Po‘lat
4.
Kichik karobka
29
Xulosa
Men
1 oylik amaliyot davrida nazariy bilimlarimni mustahkamlashga harakat
qildim.
“Uzwoolen” korxonasidagi amaliyot davrim mobaynida To‘quvchilik
sexida ish o‘rgandim. Ushbu vaqt mobaynida to‘qimaning to‘qilish
jarayonidagi
murakkabliklar, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisa va voqaealarni o‘rganib
chiqishga
harakat
qildim.
Korxonadagi to‘quv mashinalari Singapurning
mashhur kompaniyalariga
tegishli bo‘lib, kam shovqinli va mokisiz mashinalar hisoblanadi. Bundan tashqari
korxonadagi 2 ta to‘quv mashinasi naqsh va har xil
gul hosil qiluvchi Jakkard
mashinasi bilan jihozlangan. Bu orqali esa korxona o‘zining
logo va maxsus
yozuvlarini ham matoga tushirish imkoniyatiga ega.
Amaliyot davrim tugaganiga qaramasdan men to‘quvchilik
sohasida yangi
yo‘llarni olib kirish borasida jiddiy mulohaza qilyapman.