Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana09.02.2024
Hajmi1,32 Mb.
#153869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Asqarova

Oldingi
 tahrirga qarang. 
9. Belgilab qo‘yilsinki, to‘qimachilik sanoati korxonalari: 
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-
oktabrdan kuchga kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab 
chiqarish uchun zarur bo‘lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan 
tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan paxta, sun’iy va sintetik 
tola, jun, xomashyo va boshqa materiallar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan 
(qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod 
qilinadi; 
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-
oktabrdan kuchga kiradi) 
qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori sifatli mahsulotlarni yagona 
“Uztextile” belgisi bilan eksport qiladi. 



“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga davlat bojini to‘lamagan holda 
uyushma a’zolarining manfaatlarini ko‘zlagan xolda davlat organlari va boshqa 
tashkilotlar qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi berilsin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-
6011-sonli 
Farmoniga 
asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son) 
11. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 
2018-yil 1-fevralga kadar muddatda to‘qimachilik sanoati sohasida, shu jumladan 
mavjud xalqaro akkreditatsiyaga ega laboratoriyalar sonini ko‘paytirish, 
to‘qimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkor va to‘liq 
muvofiqlashtirishni ta’minlash, to‘qimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat 
menejmenti tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi standartlashtirish va 
sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda 2018-yil 
1-fevralga qadar muddatda mahalliy paxta tolasini sotish uchun, shu jumladan 
boshqa mamlakatlar-yetishtiruvchilarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda 
tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonlarini tashkil etish, 
shuningdek, to‘qimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan 
aksessuarlar, furnituralar, bo‘yoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat 
ko‘rsatuvchi yarmarkasini tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritsin. 
13. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Tashki 
ishlar 
vazirligi 
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi buyurtmalari bo‘yicha to‘qimachilik sanoat 
korxonalari tomonidan jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini 
rasmiylashtirishni ta’minlasin. 
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zto‘qimachiliksanoat” 
uyushmasining buyurtmalari bo‘yicha to‘qimachilik sanoat korxonalari tomonidan 
jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik 
vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishi, shuningdek, ularni 
vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda ularning uzaytirilishini 
ta’minlasin. 
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 1-iyuldagi 
“Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3102-
son 
Farmoni
 o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 


10 
17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq 
va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy 
muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va 
qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
18. 
Mazkur 
Farmonning 
ijrosini 
nazorat 
qilish 
O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev, N.S. Otajonov va O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin. 

Download 1,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish