23
holatda joylashgan birinchi to'quv dastgohi Sharqda paydo bo'lgan,
lekin bu
dastgohlardagi barcha amallar qo'lda bajarilganligi sababli ularning shartli ravishda
to'quv dasgohi deyish mumkin.
To'qima ishlab chiqarish samadorligini yanada ko'paytirish uchun arqoq
tashlash sistemasi borasida ham ixtirolar qilinib borilmoqda. 1911
yili Pastor
tomonidan metalli mitti moki yordamida arqoq tashlash usuli yaratilib, 1953 yildan
boshlab esa muxandis Rossman (Rossmann) tomonidan amaliyotda qo'llanila
boshlangan. 1898 yilda rapirali to'quv dastgohiga patent olingan bo'lsa, 1925 yili
Gabler (Gabler), 1930 yili Devas (Dewas) rapirali arqoq tashlash cistemalari
yaratilgan. 1972 yildan rapirali to'quv dastgohlari ishlab chiqarila boshlagan. 1914
yilda pnevmatik arqoq tashlash usuli yaratilgan, 1980 yildan esa pnevmatik to'quv
dastgohlari ishlab chikarila boshlagan. 19 asr oxirlarida aylana to'quv dastgohlarida
uzluksiz arqoq tashlash usuli yaratildi. 1990 yillardan keyin ko'p fazali to'quv
dastgohlari yaratilib takomillashtirilmokda.
Xozirda dunyo buyicha to'qimachilik mashinalari yangiliklari 3
ta asosiy
ko'rgazmalarda namoyish etiladi: