|
Ishlab chiqaruvchi mahsulotlarBog'liq AsqarovaIshlab chiqaruvchi mahsulotlar:
Jun aralash kamolli mato
Sof jun kamolli mato
Kostyum mato
Idoraviy maqsadlar uchun matolar
Korxona ushbu sexlardan iborat:
1. Xom-ashyo ombori
2. Qayta yigirish sexi
3. Tandalash sexi
4. To‘quv sexi
5. Sifat nazorati sexi
6. Qadoqlash sexi
13
Davlat standartiga muvofiq texnik nazorat-bu mahsulotning sifatiga bog‘liq
holda texnik shartda belgilangan bo‘lib, mahsulot yoki jarayonni tekshirish
demakdir. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnik nazorat ko‘pincha
birlashgan holda faoliyat yuritadi:
Qabul qilishdagi nazorat - nuqsonli mahsulotlarni birga qo‘shgan holda tayyor
mahsulot sifati;
Texnologik jarayon nazorati - texnologik jarayonlarni belgilangan rejim,
ko‘rsatkichlarga rioya qilishi va ularning bir maromda ishlashi;
Jarayonli nazorat - alohida o‘timlar bo‘yicha xomaki mahsulotlarning xossalari;
Kirish nazorati-ta’minlovchilardan qabul qilinayotgan xom ashyo va qo‘shimcha
materiallarni qabul qilish.
Yuqorida keltirilgan asosiy nazorat turlari quyidagi ishlatiladigan umumiy
uslublarga birlashadi: donali buyumlarni uzluksiz nazorati, alohida to‘da
materiallari va buyumlarini tanlashdagi statistik nazorat, hamda nazorat
diagrammalari (kartalari) yordamida jarayonli (joriy) statistik nazorat.
Umumiy nazorat uslublaridan tashqari, turli sanoat korxonalarida farqlanuvchi
(spetsifik) uslublar (masalan, yigirish ishlab chiqarishidagi mahsulotlarning
notekisligini nazorat qilish, yigirish va to‘quvchilikda iplarning uzilishini nazorat
qilish) qo‘llaniladi.
|
| |