Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana09.02.2024
Hajmi1,32 Mb.
#153869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asqarova

To‘quv sexi 
To'quvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalari deyilganda to'qima, 
galanteriya buyumlari, texnik to'qimalar va konstruktsion materiallar ishlab 
chiqaradigan bilimlar yig'indisi tushuniladi. To'quvchilik texnologiyasi bo'yicha har 
xil gilamlar, gobelenlar, mebelbop va kashtali to'qimalar ishlab chiqariladi. To'quv 
dastgohlarining tuzilishi va ishlatiladigan ip turiga qarab to'quvchilik quyidagilarga 
bo'linadi:
Paxta to'quvchiligi- yakka, eshilgan paxta iplari hamda paxta va kimeviy tolalar 
aralashmalaridan to'qima ishlab chiqariladi.
Zig'ir to'quvchiligi - yakka va eshilgan zig'ir iplaridan, zig'ir va yarim zig'ir 
to'qimalari ishlab chiqariladi.
Junli to'quvchiligi - apparatli yoki ingichka yigirish sistemalari bo'yicha olingan 
yakka va eshilgan jun iplaridan junli va yarim junli to'qimalar ishlab chiqariladi.
Ipak to'quvchiligi - eshilgan tabiiy ipak hamda kimyoviy iplardan to'qimalar ishlab 
chiqariladi.
Texnik to'qima ishlab chiqarish - eshilgan tabiiy va kimyoviy iplardan transport 
piltalari, filtrlar, parashyut to'qimalari, yong'in qo'lqoplari, tormoz piltalari va 
konstruktsion materiallar ishlab chiqariladi. Shuningdek shishali, uglerodli, metalli 
hamda asbestli iplardan ham to'qimalar ishlab chiqariladi.
Attorlik to'qimalarini ishlab chiqarish - tasma, pilta va tayyor to'qimachilik 
buyumlari olish.
To'qimachilik sanoati - engil sanoatning tabiiy va sun'iy tolalardan turli gazlama, ip 
va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan yirik tarmog'idir.
To'qimachilik sanoati to'qimachilik xom-ashyosidan ip gazlama, zig'ir tolasidan 
gazlama to'qish, jun, shoyi, noto'qima materiallar, to'r to'qish, to'qimachilik-attorlik, 
trikotaj, kigiz-namat va boshqa sohalarni o'z ichiga oladi.


22 
Ma'lumki to'qima deb, ikki sistema iplarning o'zaro o'rilishidan hosil bo'lgan 
to'qimachilik maxsulotiga aytiladi. To'qima bo'ylamasi bo'yicha yotgan birinchi 
sistema iplari tanda 1, ko'ndalang yotgan ikkinchi sistema iplari esa arqoq 2 iplari 
deyiladi.

Download 1,32 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish