Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.02.2024
Hajmi1,32 Mb.
#153869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Asqarova

 
 
 
 
 
 


18 
Tandalash sexi 
 
Tanda iplari to‘qishga tayyorlashda tandalash qayta o‘rashdan keyingi 
jarayon hisoblanadi. Tandalashning maqsadi ma’lum miqdordagi iplarni 
belgilangan uzunlikda bir o‘ramga o‘rashdan iborat. Tandalash konussimon yoki 
silindrsimon bobinalarda, ba’zi hollarda qo‘zg‘aluvchan o‘ramlarda, ya’ni 
g‘altaklarda amalga oshiriladi. Oxirgi paytda tandalash jarayoni pnevmomexanik 
va yigirish-pishitish mashinalarida hosil qilingan o‘ramalarda olib borilmoqda. 
Texnologik nuqtai nazardan tandalash jarayoni muhim ahamiyatga ega
chunki bu jarayonda yuzlab iplar parallel holda bir xil taranglikda o‘ralishi kerak. 
Tandalashga quyidagi talablar qo‘yiladi. 
1. O‘ralayotgan barcha iplarning tarangligi bir xil va imkoniyati boricha 
o‘ram tugaguncha bir tekis bo‘lishi kerak. Taranglikning notekis bo‘lishi 
to‘qimaning tuzilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va xususiyatlari yomonlashadi. 


19 
2. Iplarning tarangligi ortiqcha bo‘lmasligi va u tandalashda hosil bo‘layotgan
o‘ramning to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash kerak. Taranglik ortiqcha bo‘lganda 
iplarning cho‘zilishi ortadi va xususiyatlari yomonlashadi. 
3. Tandalash jarayonida iplar titilib ketmasligi zarur, aks holda ularning pishiqligi 
kamayadi va uziladi. 
4. Tandalash jarayonida belgilangan tanda iplarining uzunligi ta’minlanishi zarur. 
5. Tandalashda hosil bo‘lgan o‘ramning yuzasi aniq silindrsimon bo‘lishi kerak. 
Buning uchun iplar o‘ramining yuzasi bo‘yicha bir tekis taqsimlangan bo‘lishi 
zarur. 
6. Tandalash tezligi jarayonning eng yuqori unumdorligini va sifatini ta’minlab 
berishi kerak. 
7. Tandalash jarayonida chiqindilarning imkoniyati boricha kam bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Tandalash jarayonidan maqsad - ma’lum sondagi tanda iplarini kerakli enlikda 
tanda yoki to‘quv g‘altagiga o‘rash. 
Tandalash jarayonida konussimon yoki silindrsimon bobinalardan, ayrim holatlarda 
aylanuvchi g‘altakchalardan ham iplar tanda yoki to‘quv g‘altagiga o‘raladi. 
Tandalash jarayonining prinspial sxemasi 
Tandalash jarayonida tandaning shakllanishi boshlanadi va unga quyidagi talablar 
qo‘yiladi: 


20 
-ipning fizik-mexanik xususiyatlari buzilmasligi lozim; 
-ip tarangligi barcha iplar uchun bir hil va jarayon davomida ravon bo‘lishi kerak; 
-olingan o‘rama yuzasi tekis, silindrsimon bo‘lishi lozim; 
-olingan o‘ramadagi ip uzunligi aniq belgilangan miqdorda bo‘lishi kerak; 
-jarayon unumdorligi yuqori, chiqindilar kam bo‘lishi kerak. Tandalash jarayoni 
juda ma’suliyatli va muhim jarayon hisoblanib, bujarayonda yo‘l qo‘yilgan 
nuqson va kamchiliklarni keyingi jarayonlarda yo‘qotib bo‘lmaydi. Jarayon 
davomida iplarning tarangligi, o‘rama zichligi va shakli har hil bo‘lmasligini 
ta’minlash va uning oldini olish muhim hisoblanadi. 
Tandalanayotgan ip turi va qabul qilingan texnologiyaga qarab 
tandalashning quyidagi usullari mavjud: 
1. 
Guruhlab tandalash 
2. 
Piltalab tandalash 
3. 
Seksiyalab tandalash 
4. 
Libitlab tandalash (Xonatlas ishlab chiqarishda qo‘llaniladi). 
5. 
To‘liq tandalash 


21 

Download 1,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija № Ishning nomi, amaliyot davomiyligi

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish