|
2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad
|
bet | 1/5 | Sana | 20.08.2024 | Hajmi | 29,96 Kb. | | #269707 |
Bog'liq 2-seminar mashg\'ulot.Muhandislik ijodkorligi. (2)
2-semenar mashg‘ulot.
Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish.
Ishdan maqsad: Tizimli tahlil qilish tamoyillari boʻyicha talabalarga amaliy koʻnikmalar berish, qaror qabul qilish uslublarini va rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarishni oʻrganish.
Tizimli tahlil qilish tamoyillari
Tizim nazariyasi va tizimli tahlil – fan sifatida tizimni tuzish, uni faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishining umumiy qoidalarini, qonuniyatlarini, tamoyillarini hamda tizimli tahlilni amalga oshirish va tizimni modellashtirish asoslarini oʻrganadi.
Tizim nazariyasi.
Oʻrganish obyekti – bizni oʻrab turgan borliqdagi tizimli jarayonlar va hodisalar (ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, texnik va hokazo).
Oʻrganish predmeti – tizimni ishlash va rivojlanishining umumiy qonunlari, qonuniyatlari, tamoyillari, texnologiyalari.
Oʻrganish maqsadi – iqtisodiy jarayonlarni, korxona va boshqa tarkibiy tuzilmalarni boshqarish jarayonlarini tizimli qarashni taʼminlovchi metodologiyani hamda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan tizimni tahlil etish va sintez qilishning umumiy usullarini egallash boʻyicha bilimlar olish.
Tizimli tahlilning vazifasi: tizim nazariyasi asoslarini, tizimli tahlil asoslarini va tizimli tahlil etishning asosi boʻlgan modellashtirish tamoyillarini oʻrganish hisoblanadi.
Tizim – aniq bir yagonalikni tashkil qiluvchi elementlar toʻplami boʻlib, ular bir-biri bilan bogʻlangan.
Tizim – oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan elementlar toʻplamidan iborat boʻlib, ular aniq bir yagonalikni, butunlikni tashkil qiladi. Bu taʼrifning kamchiligi – u cheklanmagan va u barcha real obyektlarni oʻz ichiga oladi.
Tizim bu aniq bir masalani yechish uchun bir butun toʻplamga birlashtirilgan maxsus elementlarning oʻziga xos ravishda tashkil etilishi.
Tizimning muhim xususiyatidan biri uning butunligi. Tizimning butunligi deganda uning elementlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarning mavjudligi tushuniladi. Biror element tizim elementlaridan biri bilan oʻzaro aloqada boʻlmasa bu element tizimga qarashli element boʻlmaydi. Bu yerda tizim xususiyati elementlar xususiyatlari yigʻindisi bilan belgilanmaydi va aksincha. Bundan tashqari, elementlarni yagona tizimga birlashtirilganda tizimda yangi xususiyat paydo boʻladi va tizimning hech bir elementi bunday xususiyatga ega emas. Tizimning bunday yangi xususiyatiga tizim emerjentligi deyiladi.
Tizimli tahlilning asosiy xususiyatlari quyidagilarda koʻriladi:
yechimlarni qidirish ishlarini boshlash oxirgi maqsadni aniqlash va yuzaga keltirishdan boshlanadi ( oxirgi natija bekami koʻst boʻlishi);
qidirilayotgan natijaga erishishning yo unisini yo bunisini tanlash imkoniyatlari mavjud holatlarda ularni tahlil va aniqlashtirishlar orqali ajratib olinadi.;
hamma muammolar bir tizim shaklida koʻrilishi, har bir yechimning bir biri bilan bogʻliqligi va undan kelib chiqadigan natija aniqlanishi kerak boʻladi;
alohida tizim osti maqsadlari yaxlit tizim bilan ziddiyatli holatga tushib qolmasligi kerak boʻladi.
Ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlarida olib borishda tizimli tahlildan foydalanish bir vaqtning oʻzida ham oson, ham qiyin boʻladi. Tizimli fikrlashni oʻrganish bir biriga ziddiyatli boʻlgan tushunchalar bilan bogʻliq fazalarda intilish, hech boʻlmaganda tizimli yondashuv darajasida boʻlishi kerak. Boshlanishida, koʻpchilikni tashkil eshituvchi oʻrganayotganlarda bu tizimli tahlil usuliga samimiy qiziqish paydo boʻladi. Muammolarni aniq ifodalash, tarkibiy va vazifalari boʻyicha tahlil, fikrlashning ilmiy usullari — oʻrganayotganlarni oʻziga jalb etadi.
Oliy taʼlim tizimida shu vaqtda, aniq qilib aytilsa, baʼzi darsliklarda, oliy taʼlim uchun moʻljallangan, qoida boʻyicha, fanlar sohasidagi muammolarni tahlili yetishmaydi. Kelib chiqish — vazifalarini tahlil qilish kamdan kam uchraydi. Shuning uchun ham tizimli yondashuvdagi maʼlumotlar mutahasisini shakllangan miqdordagi fanlar — maʼlumoti manbalari toʻgʻridan toʻgʻri «aqlni teranlashtiradi».
Amaliy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish quvonchli boʻladi, Ayniqsa mashgʻulotlarda oʻqituvchi bilan amaliy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish boshqacha quvonchli boʻladi. Tizimli fikrlashni qoʻllash, ishtirokchilarda qizgʻin va shodlik bilan imkoniyatlarni muhokama qilishni keltirib chiqaradi. Oʻqish jarayonlaridan soʻng muammolarni oʻzicha ifodalash (1 faza) va yechish (2 faza) jarayonlari vaqti keladi. Shu yerda, mutaxassis ( muhandis – texnolog, muhandis – mexanik, muhandis – programmachi, muhandis – iqtisodchi va bosh. ) toʻsiqlarga uchraydi, koʻpincha ularni yechishga kuchi yetmaydi.
Allergiya holatini quyidagicha izohlash mumkin. Oliy taʼlim diplomini olgan talaba tizimli tahlil bilan tanishadi. Tizimli tahlilda, talaba taʼlimni olish joyi va vaqtiga qarab 3 variantda bilim olishi mumkin.
a). Mustaqil oʻrganish. Birinchi aniq masalani yechishda ikkita jiddiy toʻsiq paydo boʻladi: 1). Tushunmasdik devori, Fikrlashning anʼanaviy qotib qolgan har xil psixologik va mavzularga xos tarqoq maʼlumotlarga ega alohida gʻishtlardan terilgan tushunmasdik devorining boʻlishi; 2). shu devordan oʻtishda «joyida ishlatiluvchi» aniq va haqiqatdagi yordamchi vositalarni boʻlmasligi. Birinchi toʻsiq, oʻzida boʻlgan «maʼlumotlar bazasi»ga asosan amaliy jihatdan tizimli nuqtai nazari boʻyicha, mutaxassis nima qilishni bilmaydi; ikkinchi toʻsiq bu birinchi toʻsiqni oqibati boʻlib qolish mumkin. Shuning uchun ham biz bu toʻsiqni devor deb atadik, chunki bilimlarini ishlatish uchun bu devorni qandaydir vositalar yordamida chetlab oʻtishni bilish kerak boʻladi. Mana shuning uchun ham muammo paydo boʻladi: muhandisni qanday oʻrgatish kerak, taʼlimning qaysi pogʻonasida muhandisda toʻsiqlardan oʻtishni oʻrganish paydo boʻladi, yoki boʻlmasa, ishlab chiqarish muhandisi, tadqiqotchi muhandisga aylanishiga zarurat tugʻiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad
|