|
2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad
|
bet | 4/5 | Sana | 20.08.2024 | Hajmi | 29,96 Kb. | | #269707 |
Bog'liq 2-seminar mashg\'ulot.Muhandislik ijodkorligi. (2)Topshiriq: Qaror qabul qilish uslublarini oʻrganish va amaliyotda olgan bilimlariga tayangan holda topshiriq oxirida xulosa yozib tugallaydi.
Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish
Idrok tashqi olamdagi narsa va hodisalarni (barcha xossa va sifatlari bilan) aqliy xolda aks ettiruvchi ruhiy jarayondir. U alohida odamlarning tafakkuri sifatidir.
Idrok tabiiy va sunʼiy namoyon boʻladi.
Tabiiy idrok bu maʼlum bir muhandislik faoliyatida aqlni ishlatib bilimlaridan foydalangan xolda yigʻilgan maʼlumotlar asosida ularni ishga solish va boshqarishdir.
Kishilar ruhiy tafakkurining sifati uni idroki tabiiyligini koʻrsatadi.
Zehn — idrokni rivojlanishi quyidagicha koʻrsatkichlarda koʻrinadi:
tushuntirish;
mushohada qilish;
esda saqlash;
fikrlash;
diqqat;
moyillik;
keng tarmoqli mulohaza yuritishi;
ishni bajarish darajasi.
Bularga ishchanlik qobiliyati ham qoʻshiladi:
-ishga kirishib keta bilishi;
-charchoqlik darajasi;
-ishni boshlashdagi jadallik va boshqa koʻrsatkichlar.
Keltirilgan koʻrsatkichlarni hozirgi vaqtda ruhiy diagnoz testlari orqali kompyuterda baholash imkoniyatlari mavjud.
Koʻrsatkichlardan qoniqish hosil qilmagan xollarda oʻrnini toʻldirishga harakat qilinadi: sabablari boʻrttirib koʻrsatiladi; ishchanlik va koʻp shugʻullanishga bogʻliqlik tizimi, ishni tugatishga tirishish va pokizalik.
Sunʼiy intellekt bu kerak va koʻp maʼlumotni biror ishni bajarish uchun maʼlumotlarni aylantirish, axborotlarni avtomatik ravishda shakllantirishdir.
Boshqacha qilib aytganda, sunʼiy intellekt oldinlari inson imkoniyatlari darajasida boʻlgani va aqlli kompyuterlarga tizimli programmalar yordamida murojaat etish, til oʻrgatish, oʻylash imkoniyatlarida hal qilishdir.
Intellekt yutugʻi uchta bir birini toʻldiruvchi tarkibni oʻz ichiga oladi:
-analitik intellekt;
-ijodiy intellekt;
-amaliy intellekt
Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyatini murakkab ruhiy jarayonidir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etib, butun bilim tajribasi va isteʼdodi namoyon boʻladi. Farobiy soʻzicha, “ijod shunday ulugʻ fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarini .... ishga solishi kerak”.
Boshqacha aytganda ijod bu insonning intellektual faoliyati boʻlib, yangi sifatga erishish, boshqalarga oʻxshamasligi bilan ajralib turuvchi, jamiyat tarixida alohidaligidadir.
Ijod u oʻzi bilan narsalar toʻgʻridagi maʼlumotlarni toʻliq oʻrganib, kasbiy yondashuv orqali kamchiliklarga munosabatini bildirish natijasida oʻzining aqliy xulosasiga asosan haqiqiylikni tekshirish va yangilashga intilishdir.
Ijod dastlab inson tasavvurida tugʻiladi, keyin ijodga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boradi: boshqalar bajargan ishlar tanqidiy koʻrib chiqiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar va tajribalar oʻtkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi hamda ular tajribada sinab koʻrilib notoʻgʻri boʻlsa, yangilanadi va h.k.
Izlanishlar natijasi turli shaklda jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan jamiyat bahramand boʻlib, eʼtibor etsagina u haqiqiy, toʻliq ijod boʻladi. Ijod fan texnika madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi.
Ijod shartli ravishda ilmiy va badiiyga boʻlinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad
|