• -intuitiv yoki his-tuygʻuga asoslangan qaror qabul qilish; - hukmga asoslangan qaror qabul qilish; - ratsionallikka asoslangan qaror qabul qilish.
  • Intuitiv, yoki his-tuygʻuga asoslangan qaror qabul qilish
  • 2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad




    Download 29,96 Kb.
    bet2/5
    Sana20.08.2024
    Hajmi29,96 Kb.
    #269707
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-seminar mashg\'ulot.Muhandislik ijodkorligi. (2)

    Topshiriq: Tizimli tahlil qilish tamoyillari boʻyicha talabalarga amaliy koʻnikmalar berib va unga tayangan holda topshiriq oxirida xulosa yozib tugallaydi.
    Qaror qabul qilish uslublari
    Insoniyat paydo boʻlibdiki, insonlarni boshqarishga boʻlgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davridanoq oʻz aksini topgan. Yaʼni insonlar guruh va jamoalarda birlashar ekanlar, ularga albatta bir sardor zarur boʻlgan. Ana shu sardorning jamoani boshqarishdagi omilkorligi u chiqarayotgan qarorlarning insonlar turmush tarziga yengilliklar va naf olib kelishi bilan oʻlchangan. Zamonaviy boshqaruv haqida soʻz ketar ekan, rahbarning korxona oldidagi burchi bu uning oʻzi boshqarayotgan korxonaning rivojlanishida turli vaziyatlarda korxona tashqi omillarini korxona ichki omillariga, yaʼni xodimlar, texnologiyalar, masalalar, vazifalar va ayniqsa qaror qabul qilish jarayoniga taʼsirini erta anglay bilishi va shu asnoda oqilona qarorlar qabul qilishi bilan belgilanadi. Prezidentimizning quyidagi berilgan fikrlarini aytib oʻtishni joiz topdik: “Har bir fuqaro, qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini bilishi kerak.
    Har qanday qarorni qabul qilishda 3 holat mavjud:
    -intuitiv yoki his-tuygʻuga asoslangan qaror qabul qilish;
    - hukmga asoslangan qaror qabul qilish;
    - ratsionallikka asoslangan qaror qabul qilish.
    V.I. Xavronichev oʻz qarashlarida intuitiv qaror — bu uning toʻgʻri ekanligini his etish asosida qilingan tanlovdir deb aytgan. Muhandislar faoliyatini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, agar qaror qabul qiluvchi faqat shaxsiy tajribaga, sezgi yoki fikrga tayansa, u koʻpincha notoʻgʻri qarorlarni keltirib chiqaradi. Qaror qabul qilishning bunday usullari muhandislarning vaqt resurslari cheklanganligi sababli keng tarqalgan degan fikrni keltirib oʻtgan.
    Intuitiv, yoki his-tuygʻuga asoslangan qaror qabul qilish asosan har qanday insonda ichki bir his tuygʻuga asoslanadi. Vaziyatni yondashuv paytida rahbar asosan oʻz ichki his tuygʻulariga asoslanib qaror qabul qiladi. Fikrimizcha, aksariyat hollarda ichki his tuygʻuga asoslanib qaror qabul qiluvchilarni muvaffaqiyati , ularni ong ostidagi ongida mavjud boʻlgan fikrlar asosida vujudga keladigan yaxshi tanlovlar jamlanmasidan iborat boʻladi. “Faktlarni bilish shunisi bilan qimmatliki, ular ortida gʻoyalar yashiringan boʻladi” degan edi V. G. Belinskiy. Muqaddas Islom dinimizda ham insonlarga yaxshilik qilishni, yaxshi niyat qilishlikka buyurilgan. Psixologlar ham inson nimani koʻproq oʻylasa ana shu narsa xuddi “magnit” kabi tortilib, insonga taʼsiri haqida aytib oʻtishgan. Fikrimizcha, his tuygʻuga asoslangan qarorlarni zamirida yana aynan koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlish, koʻproq oʻqish va ularni kerakligini ong ostida yashiringan holida turishi yotadi.
    Tabiatda boʻlayotgan hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatishni bilgan rahbar albatta bu hodisalarni ijtimoiy hayotga, korxonasi boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oʻgira olishi mumkin. Koʻpincha falsafiy va psixologik asarlarda ijodning “kombinatorial” konsepsiyasi mavjud boʻlib, unga koʻra yangi gʻoya allaqachon maʼlum boʻlgan gʻoyalarni birlashtirish natijasida paydo boʻladi. Kibernetika asoschisi Norbert Viner esa quyidagi fikrlarni keltirgan: “Inson asab sistemasini mantiq mashinasi deyish mumkin unda navbatdagi fikr oʻzidan oldingi bir qator fikrlar asosida qabul qilinadi”. Masalan buyuk olim Nyutonni “tortishish” qonunini olaylik, u ham bu qarorga tabiatda boʻlgan olmani pastga tushishini anglay olishi orqali isbotlagan. Bunday misollar fan olamida minglab topiladi. Baʼzan olimlarning tushlarida hozirgi davrdagi buyuk ixtirolar ayon boʻlganini koʻp bora eshitganmiz. Demak his-tuygʻuga asoslangan qaror qabul qilishda ham avvalo boshqaruvchida ilmiylik tamoyili boʻlishi darkor ekan.
    Tizimli tahlil intuitiv qaror qabul qilishda qoʻllanilmaydi va koʻpincha muammoni har tomonlama oʻrganish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va modellashtirish yordamida qaror qabul qilish jarayonlarida qoʻllaniladi.
    Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda katta tajribaga asoslanish kerak. Yosh rahbar ilmli boʻlishi bilan tajribali rahbarlar bilan maslahatlashib qaror qabul qilishi kerak. Tajribaga asoslananish hukmga asoslangan boshqaruv qarorlarini ifodalaydi. Masalan xorij tajribasiga nazar tashlasak, menejmentning yapon modeliga koʻra xodimni rahbarlik lavozimiga ilgari surishda yoshi va ish stajiga afzallik beriladi. “Uzoq vaqt mehnat qilganlik uchun” haq toʻlash tizimi “kattaligi boʻyicha ilgariga siljish” tizimiga katta taʼsir koʻrsatadi. Hukmga asoslanish Osiyo davlatlarida keng tarqalgan.
    Xususan Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqida davlat boshqaruvida va qaror qabul qilishda tajribali insonlarning oʻrni beqiyosligini taʼkidlar ekan, quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan: “...bu muhim ishda biz barcha fuqarolarimiz , eng avvalo yoshi ulugʻ, ulkan hayotiy tajribaga ega nuroniy oqsoqollarimiz, katta avlod vakillarining maslahatlari va faol koʻmagiga umid qilamiz va tayanamiz”. Ana shunday boshqaruv ilmi sohasiga oʻz hissalarini qoʻshgan yana bir buyuk bobomiz Farobiyning fikricha, boshqaruvda samarali qaror qabul qilishning eng muhim omillari yoki mezonlari quyidagilardir:
    - Hukm toʻgʻri va asoslangan boʻlishi kerak;
    - qaror qabul qilishda ajdodlarning qonunlarini yaxshi bilishi hamda undan toʻgʻri foydalanish lozim;
    — ajdodlarning tajriba va qonunlaridan yangi hukm chiqarmoq kerak.
    — Oʻzi idora qilayotgan xalqning manfaatlarini koʻzlagan holda isbotli qarorlar chiqarmoq;
    -Chiqargan hukmlarni va ijara uchun moʻljallangan usullarni xalqning ongiga joylashtirmoq uchun taʼlimga ahamiyat bermoq joiz.
    Yuqorida ham boshqaruv qarorlarini qabul qilishda hukmga asoslangan qaror qabul qilish turi xususida toʻxtalganimizda aynan yoshi katta insonlar, yoki rahbarlarga, ularning tajribalariga asoslanish orqali qaror qabul qilishlik samaradorlikka olib kelishligi haqida soʻz yuritgan edik. Yuqoridagi sanab oʻtilgan mezonlarda ham aynan tajribali insonlarga suyanish boshqaruv qarorlarini samaradorlikka yetaklovchi mezon sifatida qarab oʻtilayotganini koʻrishimiz mumkin. Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish uchun jamoaviy tarzda qabul qilingan qarorlarning ham oʻrni beqiyosdir. Yakkaboshchilik asosida qabul qilingan qarorlar koʻp hollarda asoslangan tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbarlarning aksari oʻzini koʻrsatish uchun yakkaboshchilik bilan qaror qabul qilishadi. Ular xatti harakatlarining 80-90% buyruqbozlikka asoslanib, u jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi va boʻysunuvchilar oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, oʻzaro boʻlgan ishonchning yoʻqolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
    Shuning uchun ham yakkaboshchilik tamoyilidan farqli oʻlaroq yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyat eʼtibori bilan bildirilayotgan muqobil fikrni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdori boʻlsada, odatda oʻz fikrlariga ega boʻladilar.
    Tashkilot yoki korxonadagi barcha qarorlar, yaʼni iqtisodiy, texnik, tashkiliy, ijtimoiy va h.k. qarorlar oʻzaro bogʻliqdir. Bitta muhim qaror unchalik muhim boʻlmagan qarorlarni talab qiladi. Masalan, yangi jihozni sotib olish nafaqat ishlab chiqarish boʻlimiga taʼsir etadi, balki yakuniy holda sotish va marketing boʻlimlariga ham taʼsir koʻrsatadi. Yuqorida qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi. Bundan tashqari optimal qaror qabul qilish mezonlari sifatida korxona rahbarining shaxsiy xususiyatlari ham sanab oʻtildi. Aynan boshqaruvda inson omili mavzusida ilmiy ish olib borgan olim Madaliyev A.A inson omiliga inson his tuygʻular, aql-idroki, ilmi, insoniy sifatlari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlari, tabiati, feʼl-atvori, mehnatga munosabati, malaka, tajriba, ongi, dunyoqarashi, jismi, sogʻligi, yoshi, jinsi, eʼtiqodi, ruhiyati, qobiliyati va maylidan iborat murakkab sinergetik (sinergetika — oʻzini-oʻzi tashkil etish murakkab tizimlar nazariyasi) tizim deya taʼrif bergan. Demakki korxonalardagi yuqori boʻgʻin vakillari hisoblangan rahbarlar murakkab tizim sifatida yuqorida sanab oʻtilgan sifat fazilatlariga ega boʻlishi lozim.

    Download 29,96 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 29,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad

    Download 29,96 Kb.