• Farobiyning fikricha
  • 2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad




    Download 29,96 Kb.
    bet3/5
    Sana20.08.2024
    Hajmi29,96 Kb.
    #269707
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-seminar mashg\'ulot.Muhandislik ijodkorligi. (2)

    Abu Nasr Farobiy rahbar lavozimiga tanlanadigan shaxslarni ega boʻlishi kerak boʻlgan fazilatlarni ikkiga boʻlgan:
    1. Shaxsda yoshligidan shakllangan, avval-boshdanoq qobiliyatga aylanib, uning faoliyatini mohiyatini tashkil etadigan tabiiy 12 fazilat.
    2. Hosil qilinadigan 6 ta fazilat boʻlib, boʻlajak rahbar har qanday sharoitda ularga rioya etishga oʻzini majbur qila oladigan xususiyatlar hisoblanadi.
    Farobiyning fikricha, rahbarning 18 ta ijobiy fazilatga ega boʻlishi adolatli boshqaruv tizimi barpo etishda muhim rol oʻynaydi. Biroq rahbarlarda bu fazilatlarning hammasi ham mujassam boʻlmasligi mumkin va ayni shuning uchun ham guruhlangan boshqaruvga –rahbariyatga ehtiyoj tugʻiladi.
    5,1-jadval
    N. Farobiy va F. Teylorning davlatni boshqarishdagi qiyosiy tahlili



    Farobiyning rahbarlikka nomzodlarni baholash mezonlari

    Teylorning rahbarlikka nomzodlarni baholash mezonlari

    1

    Toʻrt muchasi sogʻ-salomat boʻlishi kerak

    aql-zakovatga

    2

    Nozik farosatli boʻlishi, suhbatdoshini soʻzlarini tez ilgʻab olishi, umumiy ahvoli qandayligini toʻla tasavvur qila olishi kerak

    maʼlum maʼlumotga



    3

    Koʻrgan, idrok etgan, eshitgan narsalarini xotirasida barcha tafsilotlari bilan toʻla saqlashi kerak

    ish tajribasiga



    4

    Zehni oʻtkir boʻlishi, har qanday narsaning barcha alomatlari nimani anglatishini biluvchi boʻlishi lozim

    odobga


    5

    Ilm oʻrganishda mashaqqatlardan qochmasligi

    gʻayratga

    6

    Nafsi toʻq boʻlishi(har sohada)

    ziyraklikka

    7

    Oʻz qadrini biluvchi, oliy himmat boʻlish

    halollikka

    8

    Bu dunyo molini ketidan quvmaydigan boʻlishi

    toʻgʻri fikr yuritishga

    9

    Adolatparvar boʻlib, har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasisiz boʻlishi kerak

    yaxshi salomatlikka



    10

    Oʻzi zarur deb bilgan choralarni amalga oshirishda qatʼiyatli, sabotli boʻlishi lozim

    Farobiyning taʼkidlashicha yuqoridagi fazilatlardan oltitasi va beshtasi kamol topganida ham, u aql zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qiladi. Avvalgi imom oʻrniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqoridagi aytilgan xislatlar-fazilatlar yoshlikdan shakllangan boʻlishi lozim. Ana shunda bu keyingi imomda yana 6 ta fazilat hosil qilinishi zarur. Teylor bu sifatlarning barchasiga ega boʻlgan kishini topish juda mushkul ekanligini aytgan. Koʻpchilik faqat uchta sifatga ega boʻladi- ular oddiy ish haqi toʻlanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning toʻrttasiga ega boʻlgan kishi nisbatan koʻp haq toʻlanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni oʻzida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib boʻlmaydi. Agar yuqorida sanab oʻtilgan toʻqqiz sifatga ega boʻlgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim.


    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki boshqaruv qarorlarini qabul qilish mezonlarining har biri oʻta muhim hisoblanadi va rahbar bunda sanab oʻtilgan mezonlarni har biridan optimal darajada foydalana olishi darkor. Yuqoridagi nazariy maʼlumotlar asosida quyidagilarni amaliyotga tatbiq qilish uchun takliflar ishlab chiqdik:
    1. Avvalambor rahbar kuchli bilimga ega boʻlishi, hozirgi raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari rivojlangan davr bilan mos tarzda zamonaviy fikrlashi, uni korxonasini rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi.
    2. Qaror qabul qilishda bobolarimiz va hozirgi zamonaviy menejment olimlari olgʻa surgan koʻpchilikni fikrini inobatga olgan holda qabul qilgan qarorlari, ayniqsa xodimlarni samarali tinglash boshqaruvda oʻz samarasini beradi.
    3. Qaror qabul qilishda javobgarlik, masʼuliyatni rahbar oʻz boʻyniga ola bilishligi, uni korxona xodimlari orasida martabasini oshirish va unga ishonch ortishiga xizmat qiladi.
    4. Qaror qabul qilish jarayonida xodimning shaxsiy fazilat yoki xususiyatini inobatga olish, xodimlar bilan tez til topisha olishga olib keladi.
    5. Hatto tezkorlik sharoitida ham toʻgʻri qaror qabul qilish uchun, avvalo rahbar oʻz tamoyillariga ega boʻlish darkorki, qisqa vaqtda ham qarorning muqobilini tanlay olishi darkor. Ilmiylik tamoyilini oʻzida jo qila olgan rahbarning ongi ostida yetarlicha maʼlumotlar boʻlishligi kerak. Albatta yetakchi rahbarlarning hayoti shuni koʻrsatadiki, ular aksariyat vaqtini kitob oʻqishga bagʻishlaydi.
    6. Qaror qabul qilish jarayonida rahbarlarda ijodiy yondashuvning mavjud boʻlishi, qaror qabul qilish jarayoniga innovatsion yondashuv darkor. Har qanday koʻnikmani shakllantirish mumkin boʻlganidek, kreativ fikrlash koʻnikmasini ham rahbar oʻzida shakllantirishi darkor.
    7. Jamoaviy ruhda qabul qilingan qarorlar korxona boshqaruv bosqichlari orasida nizolarning chiqishini kamaytiradi.
    8. Optimal qabul qilingan qaror korxonaning iqtisodiy holatini barqarorlashtiradi, chunki qarorlarni optimallashtirish bu kam xarajat evaziga koʻp foyda olishni nazarda tutadi. Zero iqtisodiyotning eng asosiy qonuni boʻlgan cheklangan resurslar sharoitida cheksiz ehtiyojlarimizni samarali qondirish avvalo rahbarning oqilona qabul qilgan qarori orqali belgilanadi.
    Oqilona qaror korxonaning minglab ishchilari taqdirini belgilab, ular orqali bilvosita ularning oilalarida turmush farovonligini oshiradi. Optimallashgan qarorlar korxonada birdamlik ruhini kuchaytirib, ishchilar orasida korxonaga ishonchni yuksaltiradi. Har qanday boshqaruv qarorlari kamxarjlik, sifatlilik, samaradorlilik, kam tavakkallik, yuqori naflilik kabi mezonlarga javob berar ekan, albatta uning ijrosi yoki amaliyotga tatbigʻi doirasida yuqori natija koʻrsatilishiga ishonchni tugʻdiradi.

    Download 29,96 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 29,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-semenar mashg‘ulot. Mavzu: Tizimli tahlil qilish tamoyillari. Qaror qabul qilish uslublari. Rivojlantiruvchi gʻoyani ishlab chiqarish. Ishdan maqsad

    Download 29,96 Kb.