• Energiya tejash sohasida ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi
  • 2-Ma’ruza O’zbekiston respublikasida energiya tejamkorligini boshqarish. Energiya tejamkorligi siyosatining umumiy yo‘nalishlari




    Download 21.5 Kb.
    bet1/2
    Sana06.04.2024
    Hajmi21.5 Kb.
    #189985
      1   2
    Bog'liq
    2-Ma’ruza O’zbekiston respublikasida energiya tejamkorligini bos-fayllar.org
    pdf, 3-amaliy mashg’ulot Нутқ ўстириш методикаси

    2-Ma’ruza O’zbekiston respublikasida energiya tejamkorligini boshqarish




    2-Ma’ruza 

    O’zbekiston respublikasida energiya 
    tejamkorligini boshqarish. 

    Energiya tejamkorligi siyosatining umumiy yo‘nalishlari. 
    Chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig‘imdorligini pasaytirish maqsadida
    Respublikada energiya tejash doirasida davlat siyosatini o‘tkazish uchun asos hisoblangan
    energiya tejashning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda.
    Ustuvor texnik yo‘nalishlar, Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan energiya tejash
    bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati va energiya tejashning hududiy dasturi, sohalar doirasidagi
    energosamaradorlik loyihalarini investitsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Energiya tejash sohasida ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: 
    Tashkiliy - iqtisodiy yo‘nalishlar:
    Noan’anaviy va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni
    ishlab chiqish va qabul qilish;
    Yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish doirasida me’yoriy
    huquqiy bazani takomillashtirish;
    Davlat sektorida energiya tejashni moliyalashning yangi bozor mexanizmlarini
    rivojlantirish;
    Energiya tejashning respublika, soha va ratsional dasturlarini ishlab chiqish va bajarish
    mexanizmining samaradorligini oshirish;
    Soha iqtisodiyoti va loyihaviy rivojlantirishning energetik samaradorligini, davlat
    ekspertizasini takomillashtirish;
    Energetik ko‘ruvdan o ‘tkazish natijalari bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z
    vaqtida bajarish ustidan nazoratni ta’minlash. YOER sarfining rivojlanish - me’yorlash
    tizimini rivojlantirish.
    Mahsulotni energo sig‘imdorligi va energiya iste’moli bo‘yicha sertifikatlash;
    Qaytarish asosida innovatsion fond mablag‘idan energiya tejamlash tadbirlarini
    moliyalashtirish ulushini ko‘paytirish;
    Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank kreditlaridan
    foydalanishning kengaytirish sharoitlarini
    yaratish;
    Ilmiy texnik dasturi ko‘lamida ishlab chiqarilgan yangi energiya samarador
    texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish;
    Barcha
    iste’molchilardaenergiyadan
    oqilonafoydalanganligi
    uchun
    maxsus
    rag‘batlantirish tadbirlarini o‘tkazish. Bu rag‘batlantirish davlat xo‘jalik hisobidagi
    tashkilotlari va byudjet
    mablagiari hisobidan amalga oshiriladi;



    Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, keng masshtabda tatbiq etish


    uchun, ularning xarajatini qoplash muddatini pasaytirish maqsadida iqtisodiy va
    institutsional sharoitlarni yaratish;
    Energiya tejash doirasi uchun kadrlar bilimi va tayyorgarligi sifatini oshirish hamda 0
    ‘zbekistonda energiya tejash faoliyatining
    axborot ta’minotini oshirish.
    Texnik yo‘nalishlar:
    Iqtisodiyotning barcha sohalarida mahsulot ishlab- chiqarishning yangi energo
    samarador texnologik jarayonlarini tatbiq etish;
    Elektr generatsiya qiluvchi manbalami modernizatsiyalash. Qozonxonalarda elektr
    generatsiya qiluvchi jihozlarni harakatga keltirish, mini (mitti) IEM yaratish;
    Yuqori va o‘rta haroratli ikkilamchi issiqlik resurslarini issiqlik ta’minoti sxemalarida
    ishlatib, maqsadga muvofiq iqtisodiy samara olishni amalga oshirish;
    Issiqlik tarmoqlarining ish samaradorligini oshirish, issiqlik ta’minoti sxemasini
    optimallash, issiqlik yuklamalarini korxona qozonxonalaridan IEMlarga berish. Uzun
    issiqlik trassalarini bartaraf qilish, issiqlik ta’minotini markazlashtirishdan chiqarish;
    Elektr qozonxonalar va elektr isitkichlami qozon qurilmalar bilan iloji boricha
    almashtirish;
    Qozonxonalarning ishlash samaradorligini oshirish va modemizatsiya qilish;
    0 ‘zgaruvchan yuklamali mexanizmlarda rostlanuvchi elektr yuklamalami tatbiq etish;
    Siqilgan havo, suyuqlikni ishlab chiqaradigan va foydalaniladigan energiya samarador
    qurilmalami tatbiq etish;
    Texnologikjarayonlami avtomatlashtirish vaYOER iste’mol qilishni boshqarishning
    avtomatlashgan tizimini tatbiq etish;
    Quvvati 50 MVt dan ortiq bo‘lgan qozonxonalardan havo atmosferasiga chiqarib
    tashlashni uzluksiz nazorat qilish tizimini
    tatbiq etish;
    Energiya samarador yoritgichlarni va yoritishni boshqa-rishning avtomatik tizimini
    tatbiq etish;
    Lokal isitish va texnologik jarayonlar uchun infraqizil nurlami qo‘llash.



    Download 21.5 Kb.
      1   2




    Download 21.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Ma’ruza O’zbekiston respublikasida energiya tejamkorligini boshqarish. Energiya tejamkorligi siyosatining umumiy yo‘nalishlari

    Download 21.5 Kb.