Qo‘zg‘aluvchan o‘rnatish elementlarida bazalash xotoligi
ko‘p bo‘ladi. Shu sababli
moslama aniqligi loyihalash
bosqichida to‘g‘ri va aniq hisoblanishi zarur.
Yo‘ldosh moslamani sodda ko‘rinishi to‘rtburchak plita
shaklida bo‘lib, zagotovka bu moslamalarda mahkamlanib
avtomatik liniyalarni boshidan oxirigacha qadamli tashigich
bilan pozitsiyadan –pozitsiyaga ko‘chirib o‘tiladi.
Zagotovka moslamaga
liniyani boshida mahkamlanib,
oxirida yechib olinadi. Yo‘ldosh moslamalar maxsus tashigich
yordamida liniyani boshiga qaytariladi. Qaytarish chog‘ida
moslamalar qirindidan tozalanib turiladi. Liniyadagi yo‘ldosh
moslamalar soni liniya pozitsiyalarning sonidan 20-30% ko‘p
bo‘ladi, bunga zaxirada turgan 5-10% moslamalar ham qiradi
Har bir amal vaqtida yo‘ldosh moslama gidrosilindr
yordamida qisiladi. Yo‘ldosh moslamalar ko‘p pozitsiyali
ishlov berish uchun buriluvchi hamda ko‘p o‘rinli bo‘lishi
mumkin.
Bir qator yo‘ldosh moslamalar o‘zaroalmashinuvchan
bo‘lishi kerak. Ishlov berish aniqligicha ta’sir
qiluvchi
asosiy o‘lchamlar aniqligi ishlanayotgan o‘lcham aniqligini
0,1…0,2 qismiga teng qilib olinadi.
Yo‘ldosh
moslamalar
ishlatilagan
liniyalar
kamchiliklari
qatoriga
tashish
qurilmalarini
murakkablashishini (liniya boshiga qaytarish zarurligi
uchun), liniyani narxini o‘shishi (yo‘ldoshlar soni ko‘pligi
uchun), va oraliq zaxiralarni ko‘pligi kiradi.
Frezalash-parmalash-teshik yo‘nish guruhidagi
RDB dastgohlarda
zagotovkani yo‘ldoshga o‘rnatish
va tayyor detalni yo‘ldoshdan olish vaqtini asosiy
vaqtga kiritishga imkon beradigan konstruktiv
xususiyatlar bor. Bu xususiyat ikki pozitsiyali
chiziqli — yoki burish-bo‘lish stollaridan tuzilgan
yuklash-bo‘shatish (zagotovkani o‘rnatish,
tayyor
detalni olish)
qurilmalarini qo‘llanishdan iborat.
Misol tariqasida 16.1- rasmda burish-bo‘lish stoli 3 dan tuzilgan
yuklash-bo‘shatish qurilmasi bilan jihozlangan
ko‘poperatsiyali
dastgoh 1 ko‘rsatilgan. Dastgoh ishlayotgan vaqtda avval stol 3 dagi
yo‘ldoshdan ishlov berilgan detal olinadi, so‘ngra yo‘ldoshga
zagotovka o‘rnatiladi. Zagotovkaga ishlov berilgandan so‘ng
yo‘ldosh 2 tayyor detalь bilan birga yuklash-bo‘shatish stolining
bo‘sh pozitsiyasiga avtomatik kuchadi. Keyinchalik stol 180° ga
buriladi, shundan so‘ng yo‘ldosh zagotovka
bilan birga dastgohga
avtomatik tarzda uzatiladi va ishlov berish jarayoni boshlanadi,
boshqa yo‘ldoshdan esa tayyor detal olinadi va navbatdagi zagotovka
o‘rnatiladi.