Murakkab konstruksiyali detallarga ko‘p amalli ishlov
berish imkoniyatini yaratish
uchun ishchi asboblar
zagotovkalariga har tamonlardan yaqinlasha oladigan
bo‘lishi kerak. RDB dasgohlarda zagotovka bilan
asboblarning harakatlari oldindan kiritilgan koordinatalar
sistemasida
aniqlanadi.
Shuning
uchun
zagotovka
moslamada to‘liq bazalanishi kerak.
Zagotovka bazalari
dastgoh koordinatalarning boshlangich nuqtasiga nisbatan
aniq holatda joylashishi kerak. Huddi shuningdek
moslamani o‘zi ham dastgoh stolida boshlang‘ich
koordinata nuqtasiga nisbatan aniq joylashishi kerak.
Texnologik jarayonlarni moslamalar bilan ta’minlash
masalasi yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni texnologik
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Moslamalarni loyihalash
va ishlab chiqarish jarayonlari keskin tezlashtirishning
yo‘llaridan biri bu moslamalarni avtomatik loyihalash
tizimlaridan foydalanilgan holda loyihalashdir.
Dastlabki
vaqtlarda
dastgoh
moslamalarni
loyihalashni avtomatlashtirish masalasi
quyidagicha xal
etilgan. Har bir sonli kodlar sistemasi bilan ifodalanuvchi
ishlov beriladigan detallar sinflari uchun zarur bo‘lgan
moslamalar konstruksiyalari to‘plami kutubxonasi tashkil
qilinadi.
Hozirda kompyuterda
berilgan detal chizmasi va
amalini bajarish ma’lumotlari asosida moslama nafaqat
tanlanib chizmasi chiziladi, balki uni asosiy parametirlari
ham birin – ketin hisoblanib
asoslangan holda loyihalash
to‘liq kompyuterga yuklanmoqda.
Zamonaviy
texnologik
tizimlarda
sozlangan
asboblarda ularni aniq o‘rnatilib va fiksatsiyalangan holda
ishlov beriladi. Oldindan sozlangan texnologik tizimda
zagotovka holatini moslama belgilaydi. Kesish asbobi
holati esa dastgohni holatiga muvofiq aniqlanadi.
Dastgohga
asbobni
o‘rnatish
va
fiksatsiyalashni
tezlashtirish uchun turli moslamalar
ishlatiladi va ular
yordamchi asboblar deyiladi.
Qurilmalarning eng sodda turlari qatoriga dastgohlar
asboblari uchun konusli vtulkalari, silindrik opravkalar,
tokarlik
dastgohi keskich tutgichlari, revolver kallaklar
uyalari kiradi. Bularni ko‘pchiligi normallashtirilgan va
standartlashtirilgan bo‘ladi.
Ba’zi hollarda