2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?




Download 19,97 Kb.
Sana14.05.2024
Hajmi19,97 Kb.
#233799
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV 1-TOPSHIRIQ





SAVOLLAR:
1. Matn nima?
2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
3. Matn hajm va mazmun belgisiga ko ‘ra qanday tiplarga bo ‘linadi?
4. Hajm belgisiga ko ‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko ‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
8. Ifoda maqsadiga ko ‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida ma’lumot bering.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?

2-topshiriq: Quyidagi mavzulardan birini tanlang va matn tuzing va hemisga joylang.

“ XXI asr – texnologiyalar asri”

JAVOBLAR:

1-Matn nima?

Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog ‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to ‘liq ketma-ketligi.

„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo ‘g ‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko ‘rib chiqishni anglatadi.

2-Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — so ‘zlar, so ‘z birikmalari va gaplar — moddiy shakllar bo ‘lib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’yektiv tarzda o ‘z aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o ‘zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro ‘y beradigan barcha voqea hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni ma’noda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud bo ‘ladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib bo ‘lmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bo ‘lib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud bo ‘lmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz o ‘ylab turib gapiramiz va yozamiz, o ‘z fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo bo ‘ladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi. „Matn mazmuni“ tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bog ‘liq jarayon bo ‘lib, faqat matnga xosdir. U o ‘quvchiga hodisalar o ‘rtasidagi bog ‘liqlikni, ularning barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi. Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi:
• Matn — bu ma’lum bir mavzudagi bayonot;
• Matn so ‘zlovchining niyatini, asosiy g ‘oyasini ifodalab beradi;
• Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (to ‘liq) bayonotdir;
• Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bog ‘langan bo ‘ladi;
• Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin;
• To ‘liq matn odatda boshlanish va yakunga ega bo ‘ladi.

3-Matn hajm va mazmun belgisiga ko ‘ra qanday tiplarga bo ‘linadi?

Matnni hajm belgisiga ko ‘ra ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib o ‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o ‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O ‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi» Badiiy matnni quyidagi tiplarga bo ‘lib chiqish mumkin:
1.Hikoya mazmunli matn.
2.Tasviriy matn.
3.Izoh mazmunli matn.
4.Didaktik matn.
5.Xabar mazmunli matn.
6.Buyruq mazmunli matn.
7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
4-Hajm belgisiga ko ‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering.

Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag ‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog ‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Maksimal matn deyilganda keng ko ‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to ‘g ‘ri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so ‘zboshi (muqaddima), so ‘ngso ‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va g ‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo ‘shimcha izoh, sharh bo ‘lib keladi.
5- Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.

Matnning o ‘zida mikro va makro semangika, mikro va makrostruktura mavjud. Matnning semantikasi ma'lumotlarni uzatishning kommunikativ vazifasi bilan belgilanadi; matn strukturasi matn tarkibiy bo ‘linmalarining ichki tuzilishining o ‘ziga xos xususiyatlari va ushbu birliklarning matnlar ichidagi interfaol xarakteristikalari aniq bir xabar sifatida aniqlanadi.

6-Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko ‘rinishlari haqida ma’lumot bering.

Abzats qisqa xabar, oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog ‘lovchi vositalar, xabarning to ‘ldirilishi va xulosa qismlarni o ‘z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo ‘llanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar o ‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Abzatslarning strukturasiga ko ‘ra quyidagi ko ‘rinishlari mavjudligi sanab o ‘tiladi:
1) Sodda gapdan iborat bo ‘lgan abzatslar;
2) Qo ‘shma gapdan iborat bo ‘ladigan abzatslar;
3) Periodik nutq formasidan iborat bo ‘lgan abzatslar;
4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo ‘lgan abzatslar;
5) Ko ‘chirma-o ‘zga gapli abzatslar.

7- Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.

Abzatsdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema – asos bo ‘lgan narsa) deb gapning aktual bo ‘linishida so ‘zlovchi va tinglovchi uchun ma’lum bo ‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o ‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib so ‘zlovchi tinglovchiga bildirmoqchi, aytmoqchi bo ‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi.


2-topshiriq: Quyidagi mavzulardan birini tanlang va matn tuzing va hemisga joylang.

“ XXI asr – texnologiyalar asri”

Reja:
Bugungi kun - texnologiyalar davri
Raqamli texnologiyaning afzalliklari va kamchiliklari
Bugungi shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan zamonni IT sohalarisiz va raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo ‘lmaydi. Bizning har bir ishimiz kundalik hayotimiz va qiladigan barcha ishimiz raqamli texnologiyalar bilan bog ‘liq.
XXI asr yangi texnologiyalar asri. Bugungi kunda har bir insonda android telefonlar, televizorlar hamda kompyuterlar mavjud. Bu qurilmalardan kundalik turmushimizda, har kuni foydalanamiz, kerakli ma’lumotlarni olamiz, o ‘qiymiz, o ‘rganamiz yoki farzandimizga ovunchoq sifatida qo ‘liga tutqazamiz. Albatta inson o ‘qib-o ‘rganishi, biron narsaga intilishi, o ‘zi uchun kerakli hayotiy tajribalarni, osongina kichkina qurilmalar orqali onlayn tarzida orttirishi yaxshi albatta. Lekin, yoshiga to ‘lmagan, yoki bog ‘cha yoshidagi farzandimiz, qo ‘liga telefon tutqazishimiz yaxshimikin? Farzandimiz, telefon ekranini barmoqlari bilan o ‘ynasa yoxud biron o ‘yinni yoki videoni tomosha qilsa xursand bo ‘lamiz va o ‘z-o ‘zidan “Hozirdan telefon nimaligini biladiya, bizni davrimizda bunday texnologiyalar bolmagandi”, deb qo`yamiz. Na balki qo ‘l telefonlari balki butun hayotimiz onlayn: taksi chaqirish, barcha hujjatlarimizning onlayn holati, ko ‘chadagi barcha svetoforlardan tortib barcha ishlarimiz, hattoki bugungi kunda onlayn o ‘qishlar va maktablarda ham, oliy ta' lim va undan keyingi ta'limda ham tizimlashtirilgan dasturlar orqali o ‘qishni yuritish va boshqalarning barchasi bunga misol bo ‘la oladi.
Buning afzalliklari judaham ko ‘p va bugungi kunning dolzarb masalasi bu va hamma texnologiyalarni o ‘rganishga intilishi ham bejiz emas. Fikrimcha ko ‘plap taraqqiy etgan mamlakatlarning barchasi raqamli texnologiyalarning yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Baland baland binolarning qurilishi, robota texnikaning rivojlanishi, yangidan yangi loyiha va dasturlarning ishlab chiqarilishi ham shunga misol bo ‘la oladi. Kundan kunga shuncha hayotimiz yengillashib borayotgan bo ‘lsa, yana bir chetdan qaraganda qiyinlashib bormoqda. Oldingi zamonlarda misol uchun o ‘qishga kirish uchun qanchadan qancha testlar olingan, qancha paytda tekshirilib, o ‘zoq masofadan kelib natijani bilib ketish kerak bo ‘lgan bo ‘lsa, hozirda bunga hojat yo ‘q shunchaki joyimizda o ‘tirib onlayn hujjatlarni topshirishirishimiz va chiqqan natijalarni ko ‘rishimiz. Oliy ta'limda barcha mustaqil talimlarni o ‘rnimizdan hech qanday qog ‘ozbozliklarsiz joyimizdan turib joylashimiz va shaffof holda baholanishimiz, yokida maktablarda kundalik.kom saytlarining ochilishi va bu bilan ota onalar farzandlarining to ‘liq darslaridagi ishroki, baholarini ko ‘rishi mumkin. Bugungi kunda texnologiya shu darajada rivojlandiki biz bemalol hatto oziq-ovqatlarni, kiyim-kechaklarni, qolgan barcha narsalarni onlayn buyurtmalar asosida olishimiz mumkin. Onlayn bilim olish kurslari, onlayn shartnomalar, tijorat va iqtisodning rivoji va shunga o ‘xshash millionlab atrofimizni raqamli texnologiyalar o ‘rab turgani va hayotimizni yengillashtirishi bu Xll asrning texnologiyalar davri bo ‘lganligidan dalolat.
Tanganing ikki tomoni bor, bularning barchasining afzalliklari bo ‘lganidek uning kamchiliklari ham mavjud. Hayotimiz shuncha yengillashgan sari insonlarda ishga bo ‘lgan layoqatning yo ‘qolishi, insonlarning ko ‘pi internet tarmoqlariga bogʻlanib qolishi, biz doimiy kuzatib borayotgan dasturlar va turli xildagi video kinolar orqali bizga chetdan kirib kelayotgan bizning dinimizga va sharqona urf odatlarimizga to ‘g ‘ri kelmaydigan qadriyat va kiyinish madaniyati va ko ‘plab narsalarning bizning ongimizga o ‘rnashib qolayotganligi va ko ‘p narsalarning asl mohiyatining yo ‘qolib borayotganligidan dalolat beradi. Bugungi kunda kichkina bolalar qo ‘lida telefonlarning bo ‘lishi bu judayam achinarli bir holatdir. Biz kattalar e'tibor bermaymiz va bu unga katta ta'sir ko ‘rsatyotganini bilmaymiz. Masaru Ibuka o ‘zining ko ‘plab tajribalari orqali o ‘zining "Uchdan keyin kech" va "Uchigacha ayni vaqti" kitoblarida bolaning ongi uch yoshgacha shakllanishi va ko ‘plab ma'lumotlarning saqlashi, uni o ‘z qadriyatlariga kiritishi va unda usha narsalarga kunikmalar hosil bo ‘lishi va kelgusi butun umri davomida shu narsaning bolada ta'sirini ko ‘plab tajribalari orqali yoritib bergan. Bolaning qo ‘lida telefon u xoxlagan joyiga kirib o ‘zi yoshiga va dunyoqarashiga to ‘g ‘ri kelmaydigan narsalarni ko ‘rishi bu judayam achinarli holat. Hozirgi kunda ayniqsa ko ‘plab kompyuter o ‘yinlari va o ‘z domiga ko ‘plab insonlarni tortib ongini zaharlayotgani va qanchadan qancha bolalarning hattoki hayotdan kuz yumganini, o ‘zini o ‘yinlar ichida yurgan deb o ‘zini his qilib insonlarni hayotiga zomin bo ‘lishgacha ob kelgan holatlar barchamizga tanish holat. Bolalarning beg ‘ubor onlarini shunday huda behuda narsalarga sarflash umr va vaqtning qadriga yetmaslik ko ‘plab insonlarning inson ko ‘z nurining ketishi va ko ‘plab kasalliklarning kelib chiqayotganligi ham bularga yaqqol misol bo ‘la oladi.
Albatta har narsada me'yor bo:lgani joiz. Har narsani to ‘g ‘ri, o ‘ z o ‘rnida ishlatilsa barchasi yaxshilikkaxizmat qiladi dip hisoblayman. Shu o ‘rinda aytib o ‘tish joizki biz xoxlasak xoxlamasak endi biz shu davr insonlarimiz va bundan to ‘g ‘ri foydalanishni bilishimiz lozim. "Hazrat Ali aytganlaridek bolalarimizni o ‘z yashab o ‘tgan davrimizga emas, balki o ‘lar yashayotgan davr va qadriyatlar bilan tarbiyalang"(" Baqirmaydigan onalar" kitobidan.)
Download 19,97 Kb.




Download 19,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?

Download 19,97 Kb.