• Artikulyatsiya
  • Lotin/кирилл




    Download 48,78 Kb.
    bet1/2
    Sana03.06.2024
    Hajmi48,78 Kb.
    #259565
      1   2

    Matn
    66 ta til

    • Maqola

    • Munozara

    lotin/кирилл




    • Mutolaa

    • Tahrirlash

    • Manbasini tahrirlash

    • Tarix

    Asboblar














    Namuna matn
    Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.
    „Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
    Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, og‘zaki nutq namunalarida ham qo‘llaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir“[1].
    Matn xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Artikulyatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Matn, o‘ziga xos tarzda, bir nechta jumlalardan tarkib topadi. Keng yoritilgan, murakkab hajmga ega bo‘lgan bir jumladan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi mumkin, bunda gap bo‘laklari matnga emas, balki murakkab gapning sintaksis qonunlariga ko‘ra birikadi.
    Asosiy qoida ­ ­- matn ikki yoki undan ortiq jumladan iborat bo‘ladi.
    Matnning semantik yaxlitligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Matnning semantik yaxlitligi mavjud voqelikdagi bog‘lanish va bog‘liqliklar (ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, inson, uning tashqi ko‘rinishi va ichki dunyosi, jonsiz tabiat ob’ektlari va boshqalar)ni aks ettiradi.
    Nutq predmetining birligi gapning mavzusidir. Mavzu esa matnning semantik o‘zagi, uning ixchamlashtirilgan va umumlashtirilgan mazmunidir.
    „Matn mazmuni“ tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, faqat matnga xosdir. U o‘quvchiga hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ularning barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi.
    Katta matnda yetakchi mavzu bir qator kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa o‘z navbatida paragraflar (mikro-mavzular)ga bo‘linadi.
    Matnda bayon qilinayotgan fikrning to‘liqligi matnning semantik yaxlitligi bilan bog‘liq bo‘lib, to‘liq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga ega matn mazmunni to‘liq aks ettiruvchi sarlavhani tanlash orqali amalga oshiriladi.
    Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi:

    • Matn — bu maʼlum bir mavzudagi bayonot;

    • Matn so‘zlovchining niyatini, asosiy g‘oyasini ifodalab beradi;

    • Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (to‘liq) bayonotdir;

    • Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bog‘langan bo‘ladi;

    • Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin;

    • To‘liq matn odatda boshlanish va yakunga ega bo‘ladi.

    Matn uslublari va turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
    Mantiqiy boʻlgan minimal matn yozuv deb ataladi. Bundan tashqari, bunday matnni eslatma deb atash mumkin.

    Download 48,78 Kb.
      1   2




    Download 48,78 Kb.