“Uzbekistan-China: development of
cultural, historical, scientific and
economic relations”
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
917
w
www.oriens.uz
November
2022
XITOY TILIDA LEKSIK SINONIMLARNING BA’ZI XUSUSIYATLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7355204
TO'LQINOV E’zozbek
Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Hashimova S.A.
Xitoy tili leksik sinonimlariga har xil va bir xil tovush birligiga ega,
semantik jihatdan
o`xshash va yaqin so`zlar kiradi. Misol tariqasida quyidagi sinonimik juftliklarni keltirish mumkin:
十足
shizu – to`liq, absolyut va
实足
shizu – to`liq,
苦功
kugong – qiyin, og`ir ish va
苦工
kugong
– katta mehnat,
界线
jiexian – chegara va
界限
jiexian – chegara,
震动
zhendong – chayqalish va
振动
zhendong – tebranish.
Shunday qilib, xitoy tili yozma iyeroglif formasida shunday sinonimlar uchraydiki,
ularning
tovush va tuzilish jixatlari mosdir.
Ba’zi bir xitoy tili o`quv qo`llanmalari yevropa lingvistik odatlariga binoan har xil tovushli
so`zlarni sinonimlarga kiritishadi. Bunday yo`nalishda ular tilning
yozma formasidagi bitta
sinonimik qatorga kiruvchi to`liq omofonik so`zlarni hisobga olishmaydi.
Omofonik xitoy tili sinonim so`zlaridan tashqari, joylashish tartibi bilan farq qiladigan va bir
xil komponentlardan tashkil topgan leksik sinonimik birliklar ham e’tiborga loyiq.
Komponentlarning joylashish tartibi bu yerda sinonimik munosabatlarni anglatuvchi vosita sifatida
xizamat qiladi. Odatda bunday sinonimlar tushunish ma’nosida, emotsional rang – baranglikda,
foydalanishda
hech qanday farqga ega emas, masalan:
离别
libie -
别离
bieli “ayrilmoq”,
替代
tidai -
代替
daiti “o`rniga” (заменить),
阻拦
zulan -
拦阻
lanzu “ushlab turmoq”, “to`sqinlik
qilmoq”,
刚才
gangcai -
才刚
caigang “xozirgina”, “endigina”,
直爽
zhishuang -
爽之
shuangzhi
“to`g`ri”, “samimiy”, “ochiq ko`ngil”,
要紧
yaojin -
紧要
jinyao “muhim”, “ma’suliyatli”
1
.
Tilning rivojlanish jarayonida umumiy komponentli sinonimlarning bir qismi foydalanish va
ma’no jihatidan farqlanadi. Masalan,
动摇
dongyao va
摇动
yaodong sinonimik juftligi bilan
shunday hodisa sodir bo`lgan. Ular konkret predmetning “tebranish”ini
anglatadi va ular barcha
kontekstlarda bir – birini o`rnida ishlatilishi mumkin bo`lgan. Hozirgi kunda faqat
摇动
yaodong
shu ma’noni
saqlab qolgan,
动摇
dongyao so`zi esa “o`zgaruvchan”, “doimiy emas” (siyosat,
konsepsiya, qarorlar uchun).
Xitoy tili leksik sinonimlari orasida bitta umumiy formal komponentli birliklar ko`p tarqalgan.
Ular bir xil tiplashgan ma’noga ega va ko`p xollar bir – birini o`rnida keladi.
Bunday so`zlarda umumiy komponent har xil tartibda joylashishi mumkin. Ba’zi bir
sinonimik qatorlarda ular birinchi bo`lib kelishadi:
商 量
shangliang – muhokama qilmoq,
kelishmoq, maslaxatlashmoq ~
商榷
shangque - muhokama qilmoq, kelishmoq, maslaxatlashmoq.
Boshqa sinonimik qatorda umumiy komponent ikkinchi bo`lib kelishi mumkin:
长处
changchu –
qadr – qimmat ~
好处
haochu – afzallik, plyus, ortiqlik. Bir sinonimik qatorga tegishli so`zlarning
umumiy komponentlari har xil tartibda joylashgan bo`lishi mumkin:
看重
kanzhong – qadrlamoq,
hurmat qilmoq ~
重视
zhongshi – qadrlamoq, katta e’tibor qaratmoq,
英勇
yingyong – mard ~
勇取
yongqu – jasur.
1
Семенас А. Л. «Лексикология современного китайского языка». М.: Наука, 1992. c. 60.
This article is devoted to lexical synonyms and their
classification in Chinese modern.