“Uzbekistan-China: development of




Download 425,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.05.2024
Hajmi425,76 Kb.
#231438
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xitoy-tilida-leksik-sinonimlarning-ba-zi-xususiyatlari

“Uzbekistan-China: development of 
cultural, historical, scientific and 
economic relations” 
 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
920 
w
www.oriens.uz
November 
2022
 
清晰
qingxi va 
明白
mingbai sifatlari “aniq”, “tushunarli” degan bir xil ma’nolarga ega. 
清晰
的思路
qingxide silu – “fikrning aniq yo`nalishi” jumlasida 
清晰
qingxi so`zi o`rniga 
明白
mingbai 
so`zini qo`yib bo`lmaydi, 
明白的道理
mingbaide daoli – “tushunarli qonun” jumlasida esa 
明白
mingbai so`zining o`rniga 
清晰
qingxi so`zini qo`yib bo`lmaydi. 
Bu sinonimlar o`rtasidagi farq shundaki, ular aniq bir obyekt bilan uyg`unlashadilar va bu 
mazkur juftlikning asosiy farqidir. 
Har xil komponentli sinonimlar stilistik bo`yoqlar, baxo xarakteristikasi xususiyatiga ega. 
Masalan, 
马上
mashang va 
立刻
like “xoziroq”, “shu zaxotiyoq”, “darxol” degan ma’nolarni beradi. 
Birinchi sinonim ko`pincha og`zaki nutqda ishlatiladi, ikkinchisi esa kitobiy tilda foydalaniladi. 
Bulardan tashqari, 
马上
mashang so`zi og`zaki nutqda qo`shimchaga ega bo`lmagan bir bo`g`inli 
fe’llar bilan onsongina birikadi: 
马上去
mashang qu – shu zaxotiyoq ketdi, 
马上看
mashang kan – 
darxol qaradi, 
马上写
mashang xie – darxol yozdi, 
马上来
mashang lai – darxol keldi. 
马上
mashang so`zining semantik hajmi 
立 刻
like so`ziga qaraganda katta, shuning uchun ular 
harakatning ketma – ketligi ifodalangan kontekstlarning bir qismidaina bir – birini o`rnida kelishi 
mumkin. Masalan: 
回来,他马上到连部要求调到步兵连去。
Huilai ta mashang dao lianbu 
yaoqiu tidao bubing lianqu. “Qaytib kelgach, u darxol rota boshqarmasiga yo`nalib piyoda askarlar 
ro`tasiga o`tkazishlarini so`radi”, 
地 下 印 刷 所 里 的 人 听 见 铃 声 , 立 刻 停 了 机 器 。
Dixia 
yinshuasuo li de ren tingjian lingsheng, like tingle jiqi. “Yashirin bosmaxonadagi odamlar
qo`ng`iroq tovushini eshtishgach, mashinalarni darxol to`xtatishdi”. 
马上
mashang so`zi gapirayotgan shaxsning fikri bo`yicha,tez orada biror bir hodisaning sodir 
bo`lishini ham bildiradi, masalan: “
大娘

您还不知道哇,小王马上要办喜事啦!
” daniang, nin 
hai bu zhidao wa, xiaowang mashang yao banxishi la – “Xolajon, siz xali ham kichkina Wangning 
yaqinda to`yi bo`lishini bilmayizmi!”, “
看你,马上就做爸爸了,还这样孩子气。
” kan ni, 
mashang jiu zuo baba le, hai zheyang haizi qi – “Senga qarasa, yaqinda ota bo`lasan, lekin xuddi 
yosh bolaga o`xshaysan”. 
Mazkur kontekstlarda 
马上
mashang so`zni o`rniga 
立刻
like so`zini ishlatib bo`lmaydi. 
Biroq ko`pgina xitoy sinonimlari qisman mos keladigan komponentli so`zlar bilan 
ko`rsatilgan. Xitoy lingvistlari ulaga alohida e’tior qaratishadi. Gap shundaki, to`liq yoki qisman 
mos keladigan so`zlarning hammasi ham sinonimik munosabatlar bilan bog`lanmagan
3
. Masalan 
komponentlari bir xil, lekin har xil tartibda joylashgan so`zlar sinonim bo`lmasliklari ham mumkin, 
masalan: 
故事
gushi – “hikoya” va 
事故
shigu “hodisa”, “avariya”, 
实现
shixian – “amalga 
oshirmoq” va 
现实
xianshi “haqiqat”. Oxirgi ikkita so`zda umumiy semantik belgilar mavjud bo`lsa 
ham, bu so`zlar har xil kategoriyaga tegishlidir va shuning uchun ularni sinonimlar deb hisoblab 
bo`lmaydi. 

Download 425,76 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 425,76 Kb.
Pdf ko'rish