|
“Uzbekistan-China: development ofBog'liq xitoy-tilida-leksik-sinonimlarning-ba-zi-xususiyatlari“Uzbekistan-China: development of
cultural, historical, scientific and
economic relations”
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
919
w
www.oriens.uz
November
2022
I. Birinchi tipga bir bo`g`inli so`zlar bilan ifodalangan sinonimlar, masalan:
法
fa – qonun -
律
lu – qonun, qoida,
定
ding – o`rnatmoq -
订
ding – aniqlamoq,
肥
fei – yog`li -
胖
pan – semiz,
关
guan – yopmoq -
闭
bi – yummoq, bekitmoq -
合
he – qattiq yopmoq,
看
kan -
见
jian –
ko`rmoq -
望
wang – uzoqqa qaramoq -
瞭
liao – nazar tashlab qo`ymoq -
瞧
qiao – boqmoq,
qaramoq -
瞰
kan – qaramoq, kuzatmoq, nazar solmoq.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, bir bo`g`inli so`z sinonimlarining soni xitoy tilida ko`p emas,
ularning ko`pchiligi leksikaning asosiga tegishlidir va ko`p xollarda ko`p ma’noli hisoblanishadi.
II. Ikkinchi tur bir bo`g`inli va ikki bo`g`inli so`zlardan tashkil topgan. Ikkinchi turning o`zi
ikkita kichik turga bo`linadi:
1. Umumiy komponentlarga ega bo`lmagan sinonimlar:
头
tou – bosh -
脑贷
naodai – bosh,
俊
jun – ajoyib -
好看
haokan – chiroyli,
吹
chui – maqtanmoq -
夸口
kuakou – maqtanmoq.
2. Bitta sinonim boshqa sinonimning kompanentlariga mos keladi, bu kompanentlar so`zning
birinchi yoki ikinchi qismida joylashgan bo`lishi mumkin:
静
jin – tinch -
寂静
jijin – sokin,
弯
wan – qiyshiq -
弯曲
wanqu – qiyshiq, egilgan,
飞
fei – uchmoq -
飞翔
feixiang – parvoz qilmoq.
Ikkinchi kichkina tur sinonimlari asosan ot so`z turkumiga oiddirlar:
河
he – daryo ~
河流
heliu – daryolar,
池
– chi – xovuz ~
池沼
chizhao – xovuz,
船
chuan – kema ~
船只
chuanzhi –
kemalar,
书
shu – kitob ~
书架
shujia – kitoblar, adabiyotlar.
Mazkur sinonim suffikslarining xususiyati shundaki, ular bir xil predmetlarni anglatadi, chap
kolonkadagi so`zlar predmetlarning birlik va ko`plikda anglatadi, o`ng kalonkadagi so`zlar esa faqat
ko`plikni anglatadi. Masalan,
马
ma – ot so`zi kontekstga qarab bitta yoki ir nechta otlarni
anglatishi mumkin, lekin
马匹
mapi – otlar so`zi esa ma’lum sondagi otlarni anglatadi.
III. Uchinchi turga ko`p bo`g`inli so`zlardan tashkil topgan sinonimlar kiradi (ikki va undan
ortiq bo`g`inlilar). Ularning orasida har xil kompanentli (lekin har xil tartibda joylashgan) va
qisman mos kompanentli sinonimlar ajralib turadi.
Har xil komponentli sinonimlar guruhini ko`rib chiqamiz.
Bu guruhning katta bo`lmagan qismi – o`xshash ma’noli so`zlar, ya’ni absolyut sinonimlardir.
Aynan ular oxirgi yillarda normallashuv nuqtai nazaridan lingvistik analizga uchrayapti. Masalan:
诞辰
danchen – tug`ilgan kun ~
生日
shengri – tug`ilgan kun,
玉米
yumi – makkajo`xori ~
包谷
baogu – makkajo`xori,
星期日
xingqiri – yakshanba ~
礼拜天
libaitian – yakshanba,
布拉机
bulaji
– ko`ylak ~
连衣裙
lianyiqun – ko`ylak,
西红柿
sihongshi – pomidor ~
番茄
fanqie – pomidor.
Bu sinonimlarning xususiyati shundaki, ularni ko`plab kontekstlarda bir – birini o`rnida
ishlatish mumkin, masalan:
日头
ritou – quyosh va
太阳
taiyang – quyosh.
太阳出来了
Taiyang
chulaile – Quyosh chiqdi.
日头出来了
Ritou chulaile – Quyosh chiqdi.
日头落山
Ritou luoshanle –
Quyosh botdi.
太阳落山
Taiyang luoshanle – Quyosh botdi. Lekin mazkur guruh sinonimlarida
sintaksik va semantik uyg`unlashishning to`liq to`g`ri kelishi kam uchraydi. Har xil komponentli
sinonimlar, ko`pincha to`liq bo`lmagan, aniq bo`lmagan sinonimlar hisoblanishadi yoki
近义词
“yaqin ma’noli so`zlar” bo`lishadi.
Har xil kompanentli so`zlar sinonimlari haqida quyidagi misollar orqali tasavvurga ega
bo`lish mymkin:
道路
daolu va
途径
tujing – “yo`l”. Birinchi sinonimning ma’nosi kengroq, ya’ni “yurish
uchun mo`ljallangan joy”, “harakat sodir bo`ladigan joylar”(masalan, havo, dengiz yo`llari),
“rivojlanish yo`nalishi”, “biror bir narsaga erishish yo`li, usuli” degan ma’nolarda keladi,
途径
tujing asosan abstrakt ma’noga ega, “biror bir narsaga erishish usuli, yo`li” degan ma’noda keladi,
odatda kitobiy tilda foydalaniladi.
|
| |