O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KI 13-22 (S)
GURUH TALABASINING
ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1
FANIDAN
1–Mustaqil ishi
Bajardi:
N.Mahamadiyev
Qabul qildi:
X.N.Polvonov
Qarshi-2023
REJA:
1. Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni
tadqiq etish
2. Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyot
1-Mavzu: Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va
ularni tadqiq etish
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasidayangi vosita va usullami
yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya
amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi.
Hozirgikungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari
qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan
komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv
laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va
turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta
'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va
aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay
interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov
vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami
monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi.
VA dasturiy ta’minoti ham Visual C++, Visual Basic va boshqalar kabi standart
vositalar yordamida, ham maxsus dasturlar yordamida tuzilishi mumkin. Hozirgi
kunda maxsus dasturiy ta ’minot sifatida National Instruments kompaniyasining
MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi.
O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy
apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi.
Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va
dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi.
|