2.3.-rasm. NI Multisim
kompleksining interfeysi
Dasturning bosh oynasi 1-rasmda keltirilgan. Ko‘rinib turganidek, dastur standart
interfeysga ega.
Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada
elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o‘gartirishlar kiritiladi.
2.4.-rasm.
Komponentalar
menyusi
Bir qancha bo‘limlardan iborat bo‘lib, ular dasturiy ta’minotda turli xildagi
murakkab sxemalarni yig‘ishda foydalaniladi.
Ushbu menyu quyidagi asosiy
bo‘limlardan iborat.
•
Manbalar bo‘limi;
•
Passiv komponentalar bolimi;
•
Diodlar bo‘limi;
•
Tranzistorlar;
•
Analog komponentalar bo‘limi (Operatsion kuchaytirgichlar);
•
TTL texnologiyasi asosida qurilgan raqamli mikrosxemalar bo‘limi;
•
CMOS texnologiyasi asosida qurilgan raqamli mikrosxemalar bo‘limi;
•
Raqamli komponentalar bo‘limi;
•
Analog va raqamli komponentalar bo‘limi;
•
Indikatorlar bo‘limi;
Yuqorida keltirilgan bo‘limlardan tashqari komponentalar menyusi yuqori
chastotali komponentalar,
mikrokontroller, elektro mexanik komponentalar
bolimlaridan tashkil topgan.
Komponentalar menyusidagi bo‘limlardagi elementlardan foydalanish uchun
kerakli bo‘lim ustiga sichqonchaning chap tugmasi
bilan bosiladi va kerakli
elementni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Misol tariqasida manbalar
bo‘limga kiramiz va natijada ishchi stolda quyidagi oyna paydo bo‘ladi
(2.5.-rasm). U yerda turli xildagi manbalar guruhlari mavjud bo‘lib biz Power
sources guruhga kiramiz va u yerdan kuchlanish manbai elementi ya’ni DC-
Power (2.6.-rasm) tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada ishchi stolida
kerakli eliment paydo bo‘ladi va uni ish stolga qo‘yish
uchun kompyuter
sichqonchasining chap tugmasi bosiladi.
Ikkinchi misol tariqasida soda bir zanjir yig‘amiz. Ushbu zanjirimiz kuchlanish
manbai, yuk qarshiligi, ampermetor va voltmetordan iborat bo‘ladi.
Buning uchun yuqorida keltirilgan amallar yana takrorlanadi faqatgina sxemani
yig‘ish uchun kerak bo‘ladigan ba’zi elementlar boshqa bo‘limlardan tanlab
olinadi. Passiv komponentalar bo‘limidan rezistorlar guruhiga kirib 1 kOm
rezistorni olamiz(2.7.-rasm).
2.7.-rasm.Rezistorlar guruhi
Rezistorning nominalini o‘zgartirish 2 xil yo‘li mavjud bo‘lib
biri rezistorlar
guruhini tanlab kerakli nominalni oynaning yuqori qismida joylashgan darchaga
yoziladi. Ikkinchi yo‘li esa ishchi stolidagi rezistorning ustiga sichqonchaning
chap tugmasi bilan 2 marta bosiladi va natijada quyidagi menyu xosil
bo‘ladi(2.7.-rasm)
2.8.-rasm. Rezistorning nominalini o‘zgartirish menyusi.
Voltmetr va ampermetr o‘lcho‘v asboblarini
olish uchun komponentalar
menyusining indekatorlar bo‘limiga kiramiz(2.9.-rasm) va u yerda voltmetr va
ampermetr guruhlari mavjud bo‘lib u yerdan ampermetr va voltmetrni tanlaymiz
va ishchi stoliga qo‘yamiz(2.8.-rasm). Misoldagi elementlarini bir biriga ulab
zanjirni xosil qilamiz. Yig‘ilgan zanjirni simulyatsiya qilishimiz uchun zanjirga
yer(
GROUND) elimentini ulashimiz shart aks holda simulyatsiya qila olmaymiz.
Ushbu elimentni manbalar bo‘limining Power sources guruhidan tanlab olamiz
va zanjirga ulaymiz. Natijada zanjirimiz quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi va
simulyatsiya tugmasini bosamiz natijada o‘lchov asboblarimiz yordamida
zanirdan oqayotgan tok va qarshilikdagi kuchlani tushuvini ko‘rishimiz mumkin
(2.9.-rasm).