Odatdagi
SPICE tahlilidan tashqari
Multisim foydalanuvchilar uchun sxemaga
virtual asboblarni ulashga imkon beradi. Bu real voqealarni imitatsiya yordamida
natijalarni sodda va tezkor ko‘rish usuli hisoblanadi.
Zaruriyat bo‘lganda yuqori murakkablikda
tahlil qilish uchun Multisim
tahlilning turli funksiyalarini taqdim etadi.
Multisim tarkibiga
Grapher – ko‘rish
va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun kuchli vosita kiritilgan.
O‘tkazgichlar rangini o‘zgartirish imkoniyati sxemani o‘zlashtirish uchun ancha
qulaylik yaratadi. Turli ranglar yordamida grafikani ham tasvirlash mumkin, bu
esa bir necha bog‘liqliklarni bir vaqtda tadqiq qilishda juda qulaydir.
Elektrotexnika va elektronikani o’rganishda sinash va tajribalar o’tkazish
zarurligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Lekin ularni o’tkazish jiddiy
qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin (ayniqsa hozirgi vaqtda).
Yaxshi
o’quv laboratoriyasi zamonaviy o’lchov jixozlariga va ularni ishchi holatda
saqlab tura oladigan malakali xodimlarga ega bo’lishi kerak. O’quv
yurtlari
uchun bunday laboratoriyani ushlab turish qiyin masaladir.
Keyingi qirq yil ichida elektr va elektron sxemalarni hisoblash vositalari tezlik
bilan o’zgarib bordi. Bunday vosita sifatida 70- yillarning boshida foydalanilgan
logarifmik lineykaning o’rnini 70- yillarning ikkinchi yarmida kalkulyatorlar va