|
2-mavzu. Axborot texnologiyalarining turlari reja: Axborot texnologiyalari
|
bet | 3/3 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 487 Kb. | | #102850 |
Bog'liq 2-mavzuM icrosoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Masalan, matn muxarririda tayyorlangan xat va xujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi xolatni doimo nazorati ostida to’tishga yordam beradi.
Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi
Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtlargacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-meil hamma joyda kerak bo'ladi. Xattoki "Google, You tube, Instagram, Facebook,Twitter"larga ham emeil bilan kiramiz.E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail XX asrning 60-yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.
Audiopochta — bu ma'lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi pochtadir ya’ni audio signallarni raqamli kodga aylantirish, audio signallarni raqamli shaklga aylantirish va kompyuterda saqlash uchun maxsus qurilma. Internetda telefon suhbatlari uchun foydalaniladi.
Nazorat savollari:
1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
2. Ma'lumotlarga ishlov bеruvchi qaysi axborot tеxnologiyalarini bilasiz?
3. Boshqarishning axborot tеxnologiyalari qaysilar?
4. Matn protsessorining vazifasi nimalardan iborat?
5. Elektron pochta deganda nimani tushunasiz?
6. Audiopochta tushunchasini ta’riflang.
|
| |