2-mavzu: dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari reja: Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari




Download 48,32 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2024
Hajmi48,32 Kb.
#136860
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu DT



2-MAVZU: DASTURIY TA’MINOT TUSHUNCHASI VA DASTURIY MAHSULOTNING SINFLARI

Reja:

  1. Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari

  2. Tizimli dasturiy ta’minot

  3. Bazaviy dasturiy ta’minot

Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari


Hisoblash mashinasining dasturiy ta’minoti (DT) deb masalalarni echish uchun hisoblash mashinasidan foydalanishga imkon beruvchi dasturlar va ular bilan birga keluvchi hujjatlar majmuasiga aytiladi.
Dasturiy mahsulotlarni har xil alomatlari bo’yicha tasniflash mumkin. Dasturiy mahsulotlardan foydalanish sohasi asosiy alomat bo’lgan tasnifni ko’rib chiqamiz:

  • Avtonom kompyuterlar va EHM tarmoqlarining apparatli qismi;

  • Turli tuman predmetli sohalarning xizmat vazifalari;

  • Dasturlarni ishlab chiqish texnologiyalari.

Bu sohalardagi axborot texnologiyalarini qo’llab quvvatlash uchun 1.1-rasmda berilgan dasturiy mahsulotlarning uchta sinfini ajratamiz:
1 .1-rasm. Dasturiy mahsulotlarning sinflari.

    • tizimli dasturiy ta’minot;

    • amaliy dasturlar paketi;

    • dasturlash texnologiyalarining qurollari.

Tizimli dasturiy ta’minot qo’yidagilarga qaratilgan:

  • boshqa dasturlarni faoliyat yuritishning operatsion muhitini yaratishga;

  • kompyuterning o’zi va hisoblash markazini ishonchli va samarali ishlashini ta’minlashga;

  • kompyuter va hisoblash markazi jihozlarining diagnostikasi va profilaktikasini o’tkazishga;

  • yordamchi texnologik jarayonlar (dasturlar va ma’lumotlar bazalari fayllardan nusxa ko’chirish, arxivga joylashtirish, tiklash va h.k.)ni bajarishga.

Dasturiy mahsulotlarning ushbu sinfi kompyuterning turi bilan yaqindan bog’langan va uning ajralmas qismidir. Dasturiy mahsulotlar asosan malakali foydalanuvchilar kompyuter soxasidagi kasb egalari: tizim dasturchisi, tarmoqning administratori, amaliy dasturchi, operatorga mo’ljallangan. Ammo shaxsiy komppyuterlarning yakuniy foydalanuvchilariga xam dasturiy mahsulotlarning bu sinfi bilan ishlashning asosiy texnologiyalarini bilim talab qilinadi, ular nafaqat o’zlarining dasturlari bilan ishlaydilar, balki kompyuter dasturlari va ma’lumotlarga xizmat ko’rsatishni bajaradilar [11].
Ushbu sinfdagi dasturiy mahsulotlardan predmet soxasining o’ziga xosligidan qat’iy nazardan umumiy xarakatiga egalar. Ularga ishning ishonchligi va texnologligi foydalanishning qulayligi va samaradorligi bo’yicha yuqori talablar qo’yiladi.

Download 48,32 Kb.
  1   2   3   4




Download 48,32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu: dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari reja: Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari

Download 48,32 Kb.