• Bazaviy dasturiy ta’minlanish
  • 2-mavzu: dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari reja: Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari




    Download 48,32 Kb.
    bet2/4
    Sana13.01.2024
    Hajmi48,32 Kb.
    #136860
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-mavzu DT

    Amaliy dasturlar paketlari (ADP)vazifaviy masalalarni echishning dasturiy qurollari bo’lib xizmavt qiladilar va dasturiy mahsulotlarning eng ko’p sonli sinfi bo’ladilar. Ushbu sinfga turli predmetli soxadagi axborotlarni ishlab chiqishni bajaruvchi dasturiy mahsulotlar kiradilar.
    Dasturiy mahsulotlarni kompyuterga o’rnatishni malakali foydalanuvchi bajaradi, bevosita undan foydalanishni esa,qoidaga ko’ra, yakuniy foydalanuvchilar-axborotdan foydalanuvchilar amalga oshiradilar,ko’p xollarda,ularning faoliyati kompyuter soxasida g’oyatda uzoqdir. Dasturiy mahsulotlarning ushbu sinfi ayrim predmetli sohalar uchun g’oyatda o’ziga xos bo’lishi mumkin.
    +Dasturiy ta’minlash texnologiyalarining qurollari dasturlarni ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydilar va o’z ichiga ishlab chiquvchining qurolliy vositalari bo’lgan ixtisoslangan dasturiy mahsulotlarni oladilar. Boshqa sinfdagi dasturiy mahsulotlar loyihalashtirish, dasturlash (kodlashtirish), sozlash va yaratilayotgan dasturlarni testdan o’tkazishning barcha texnologik bosqichlarini qo’llab quvvatlaydilar. Tizimli va amaliy dasturchilar dasturlash texnologiyasining foydalanuvchilari bo’ladilar.

    Tizimli dasturiy ta’minot


    1.2-rasmda qoidaga ko’ra, kompyuter bilan birgalikda etkazib beriladigan tizimli dasturiy ta’minlanish-bazaviy dasturiy ta’minlanish va qo’shimcha xarid qilinishi mumkin bo’lgan servisli dasturiy ta’minlanishning tuzilishi berilgan.
    Bazaviy dasturiy ta’minlanish (base software)-kompyuterini ishlashini ta’minlovchi dasturiy vositalarning eng kichik majmuasidir.
    Servisli dasturiy ta’minlanish - bazaviy dasturiy ta’minlanishning imkoniyatlarini oshiruvchi va foydalanuvchiga qulayroq ish muhitini tashkil qiluvchi dasturlar va dasturiy majmualardir.
    Bazaviy dasturiy ta’minlashga quyidagilar kiradi:

    • operatsion tizim;

    • operatsion qobiq(matnli va jadvalli);

    • tarmoqli operatsion tizim.

    Operatsion tizim foydalanuvchi fayillarni bajarish, EHM hisoblash resurslarini rejalashtirish va boshqarish uchun mo’ljallangan.
    Dasturiy ta’minlash va operatsion tizimlar sektorida IBM, Microsoft, NISYS, Nowel firmalari etakchi o’rin egallaydilar. Operatsion tizimlarni sotishdan daromad yiliga o’rtacha 20 mil dollardan oshib ketadi. Operatsion tizimlarning eng keng tarqalgan turlarini ko’rib chiqamiz.
    1 .2-rasm. Kompyuterning tizimli dasturiy ta’minotning tasnifi.

    Download 48,32 Kb.
    1   2   3   4




    Download 48,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu: dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari reja: Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari

    Download 48,32 Kb.