|
2–laboratoriya ishi mavzu: Fayillarni Arxivlash Reja: Fayillarni Arxivlash Fayllarni qanday arxivlash mumkin
|
bet | 1/3 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 275,58 Kb. | | #250088 |
Bog'liq norqulov 220
2–LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Fayillarni Arxivlash
Reja:
1. Fayillarni Arxivlash
2. Fayllarni qanday arxivlash mumkin
Laboratoriya ishi maqsadi: Kanpeyutirda Ishlashda Fayillarni Arxivlashni Urganish
Nazariy qism
Kompyuter ishlashini tezlashtirish, disklarni defragmentatsiya qilish, xotira va vinchesterlarni tekshirish, qisqa qilib aytganda kompyuterni optimizatsiya qilish uchun ko’p foydalanuvchilar bir necha dasturlardan foydalanishadi. Bu o’z navbatida, kompyuterga o’rnatilgan dasturlarning ko’payishiga sabab bo’ladi.
Turli xil kompyuter o’yinlarini, rasmlar, jadvallar, chizmalar, diagrammalar bilan boyitilgan zamonaviy hujjatlarni kichiq hajmlarda va ma’lumot tashuvchilarda saqlash katta muammo tug’diradi. Shuning uchun ularning hajmini qandaydir usullar yordamida kichraytirish juda ham muhim. Kichraytirilgan fayllarni tarmoq orqali yoki Internet yordamida boshqa insonlarga uzatish ham ancha oson kechadi. Agar fayl kichraytirilmagan bo’lsa, uni sekin ishlaydigan modem liniyalari orqali boshqa-larga uzatish juda ham qimmatga tushib ketadi. Shuning uchun ham Internetda amal qilinishi lozim bulgan bir qoida bor – barcha fayllar kichraytirilgan holda uzatilishi lozim. Ma’lumotlarni kichraytirish yoki siqishtirish kompyuterda hosil qilingan ma’lumotlarning rezerv nusxalarini saqlash talabidan kelib chiqqan holda ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki agar rezerv nusxalar doimiy ravishda saqlab turilmasa, kompyuterdagi kerakli va qimmatli ma’lumotlar qandaydir sabablarga ko’ra yo’qolib, buzilib yoki o’zgarib qolishi mumkin. Bu ishga bir necha minutlar ketadi ammo rezerv nusxalar qilinmagan taqdirda ko’riladigan talofat juda katta bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarni siqishtirish yoki arxivlashning bir qancha algoritmlari mavjud va ularning ko’pchiligi umumiy jihatlarga egalar. Ammo barcha arxivlashtirish algoritm-larini ikki katta guruhga bo’lib chiqish mumkin: ma’lumotlarni yo’qotmasdan siqishtirish (arxivlashtirish) usullari va ma’lumotlarni biroz yo’qotgan holda siqishtirish (arxivlashtirish).
Ma’lumotlarni yo’qotmasdan siqish (arxivlashtirish) usuli matnli hujjatlar va dasturlarini (dasturlarni) saqlash va uzatishda ishlatiladi, chunki bunda ozgina ma’lumotning ham yo’qolishi uning ma’nosini o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham bunda ma’lumotning ortiqchaliligini kamaytirish hisobiga uni siqishtirish yoki arxivlashtirish amalga oshiriladi. Masalan, ASCII xalqaro kodlash-tirish usulida har bir simvolni kodlashtirish uchun 8 bitdan ajratiladi, ammo ko’pchi-lik simvollarni kamroq bitlar soni bilan kodlashtirish mumkin. Xuddi shu ishni amalga oshirish vositasida – ya’ni, ko’pchilik simvollarni kamroq bitlar yordamida kodlashtirgan holda fayllarni arxivlashtirish amalga oshiriladi. Demak, samarasiz kodlashtirish usulidan foydalanish fayl hajmini ancha miqdorga oshirishga olib keladi. Ma’lumotlarni siqishtiruvchi (arxivlashtiruvchi) dasturlar o’zlarining kodlashtirish tizimlarini ishlatishlari ham mumkin. Bunda ular arxivlashtirilgan faylga yana bir jadvalni ilova qiladilar va arxivlashtirishdan xolis qiluvchi (tiklovchi) dastur ushbu jadval yordamida faylni qanday qilib o’z holiga keltirishni bilib oladi. Ma’lumotlarni qayta kodlashtirish yordamida arxivlashtirish algoritmlarini Xaffman algoritmlari deb ataladi.
Birlamchi faylda tez-tez qaytarilib turiladigan qismlarning (yoki bo’laklarning) mavjudligi ham ularni arxivlashtirishga imkon yaratadi. Bu holat matnlarda kamroq uchrasada, jadval va grafiklarda juda ham ko’p miqdorda uchraydi. Masalan agar 0 soni 24 marta qaytarilsa yigirma marta noli bayt yozishning o’rniga bitta nol va 20 koeffitsiyenti qo’yish kifoya bo’ladi. Faylni o’z holiga keltiradigan dastur esa bundan foydalanib faylning boshlang’ich ko’rinishini tiklashni amalga oshiradi. Bunday qaytarishlarni aniqlash asosida arxivlashni amalga oshiradigan algoritmlarni RLE (Run Jenght Encoding) usullarga xos algoritmlar deb ataladi.
Ma’lumotlarni biroz yo’qotgan holda siqishtirish (arxivlashtirish) usullarida arxivlashtirilgan faylni ochilgandan so’ng biz boshlang’ich hujjat (fayl) ni emas, balki undan biroz farq qiladigan hujjat (fayl) ni olamiz. Ma’lumotlarni siqishtirish darajasi qancha ko’p bo’lsa, tegishli ma’lumotlarni yo’qotish miqdori ham shuncha ko’p bo’ladi. Albatta bunday algoritmlarni matnli ma’lumotlarga, ma’lumot bazalariga va dasturlarga qo’llab bo’lmaydi. Chunki bunda ularning ma’nosi o’zgarib ketishi mumkin. Masalan dasturdagi bittagina bitning o’zgarib qolishi uni ishlatishga yaroqsiz qilib qo’yishi mumkin. Lekin boshqa turdagi materiallar, masalan fotoillyus-tratsiyalar, audio va video materiallar, musiqa kompozitsiyalarida ma’lumotlarning bir necha foizidan voz kechilsa, faylni juda katta miqdorda kichraytirish mumkin bo’ladi (bir necha o’nlab martagacha). Ushbu materiallarni o’z holiga keltirganda (tiklaganda) yo’qotilgan ma’lumotlar tovushning biroz o’zgarishiga, rasmning biroz xiralashuviga, filmning sifati biroz pasayishiga olib keladi xolos. Ammo bu ishni amalga oshirish musiqada fayl hajmini 10-15 martagacha, fotoda 20 martagacha, fideotasvirlarda esa 30 martagacha qisqartirishga olib keladi.
Ma’lumotlarni biroz yo’qotgan holda siqishtirish (arxivlashtirish) usullariga misol qilib JPEG va MPEG algoritmlarini keltirish mumkin. JPEG algoritmlari fototasvirlarni arxivlashtirish (siqishtirish)da ishlatiladi. Bunday algoritm yordamida siqishtirilgan fayllar .JPG kengaytirgichli grafik fayllar ko’rinishida bo’ladilar. MPEG algoritmlari esa musiqa va video fayllarni kichraytirishda ishlatiladi. Bunday fayllar ishlatilgan dastur qandayligiga qarab turli xil kengaytirishlarli bo’lishlari mumkin, ammo ularning ichida eng ko’p ishlatiladiganlari video fayllar uchun .MPG va musiqa fayllari uchun .MP3 lardir.
Ma’lumotlarni siqishning (arxivlashning) asosiy formatlari. Hozirgi paytda ma’lumotlarni siqishtirishning o’nlab xil formatlari mavjud, ammo ularning ichida eng ko’p ishlatiladiganlari .ZIP, .ARJ va .RAR formatlaridir. Shuning uchun arxivatsiya qilingan faylni birovga berilganda (yoki jo’natilganda) unda faylni tiklash dasturlari borligiga ishonch hosil qilish kerak buladi. Eng yaxshisi – o’z-o’zidan tiklanadigan arxiv qilib jo’natgan ma’qul albatta. Chunki bu holda arxivatorlar haqida hech nima bilmaydigan insonlar ham berilganma’lumotlarni tiklash va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Iloji bo’lsa ma’lumotlarni tiklashning barcha dasturlarini kompyuteringizda saqlaganingiz maqsadga muvofiq, chunki kimdan va qanday korinishdagi ma’lumotlar olinishini oldindan bilan juda ham qiyin masala.
|
| |