|
2–laboratoriya ishi mavzu: Fayillarni Arxivlash Reja: Fayillarni Arxivlash Fayllarni qanday arxivlash mumkin
|
bet | 2/3 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 275,58 Kb. | | #250088 |
Bog'liq norqulov 220.ZIP formati. Ushbu format eng ko’p paytdan beri ishlatiladigan «qadimgi» format bo’lib, MS DOS dan keng foydalanilgan paytlarda bu format bilan ishlash uchun ikkita dasturdan foydalinilgan:
PKZIP.EXE fayllarni arxivlash uchun va PKUNZIP.EXE fayllarni boshlangich holatiga qaytarish uchun.
Hozirgi paytda bu ikki dasturning ishini bitta WinZIP dastursi bajaradi. Bu format eski bo’lishiga qaramasdan, juda keng miqyosda ishlatiladi, chunki Internetdan olinadigan ko’pchilik dastur va drayverlar xuddi shu formatda bo’ladilar.
.ARJ formati. Bu format ham 1996 yillardan so’ng paydo bo’lgan bo’lib, omma-viy format hisoblanadi. Ma’lumotlarni siqishtirish va o’z holiga keltirish bitta dastur ARJ.EXE yordamida amalga oshiriladi. U ma’lumotlarni siqishtirish darajasi bo’yi-cha .ZIP formatidan ancha ustun turadi. Shuning uchun ham agarda faylllarni kichiqroq qilib arxivlashtirish zarur bo’lsa ushbu formatdan foydalangan ma’qul bo’ladi.
.RAR formati. Ushbu format ham xalqaro miqyosda ko’plab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Windows operatsion tizimida WinRAR arxivatori yuqorida keltirilgan barcha formatlarda ishlay oladi va u foydalanuvchilarining ma’lumotlarni siqishtirish va tiklash bo’yicha ko’pchilik talablarini qondiradi deyish mumkin.
Fayllarni arxivlovchi dasturlar arxivatorlar deb ataladi. Arxivator dastur-lar fayllarni arxivlash va ochish, arxiv fayllarni yangilash, bo’laklarga bo’lib va qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko’rish, parolli arxiv fayllarni hosil qilish imkoniyatlariga ega.
Arxivatorlar – bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir necha fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Fayllarni arxivlash – bu biror faylning diskda qisqartirilgan nusxasini hosil qilish.
Fayl yoki fayllar arxivlanganda arxiv fayli hosil bo’ladi va ularda arxivning mundarujasini tashkil etadi. Arxiv mundarijasida arxivda qaysi fayllar borligi haqida ma’lumot olish mumkin. Arxiv mundarijasida arxivdagi har bir fayl uchun quydagi ma’lumot lar saqlanadi.
Fayl nomi.
Fayl saqlangan katalog haqida ma’lumot.
Faylning oxirgi modifikatsiyasining kuni va vaqti.
Diskdagi va arxivdagi faylning uzunligi.
Arxivdagi har bir faylni davriy nazorat qilish uchun maxsus kod. Bu kod arxivni butunligini tekshirish uchun foydalaniladi.
Arxivlash jarayonida fayllar siqiladi. Shuning uchun ham arxivlashda siqish darajasi tushunchasi kiritilgan. Arxivlashda siqish darajasi deganda , faylning siqilgandan keyingi hajmining (uzunligining) boshlang’ich hajmiga nisbatiga aytiladi. Masalan, faylning boshlang’ich hajmi 100 kb bo’lib, uning siqilgandan keyingi hajmi 10 kb bo’lsa , ARJ arxivatori siqish darajasini 10 % deb ( boshlang’ich hajmining necha foiz qolganligini) PKZIP arxivatori esa 90 % deb ( boshlang’ich hajmining necha foizga qisqarganligi) ko’rsatiladi.
Mazkur buyruq berilgandan so’ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylining nomi hamda uning siqilish foizi ko’rsatib boriladi. Dastur ishi tugagandan so’ng, katalogdagi barcha fayllarni o’z ichiga olgan matn .arj arxiv fayli hosil bo’ladi. (Fayl nomidagi arj kengaytmani arxivlash dasturining o’zi qo’shadi.)
Fayllarni arxivlaydigan ko’plab dasturlar mavjud. Masalan, ochiq va erkin olish mumkin bo’lgan arxivatorlar: 7-Zip; Ark; DAR; File Roller; FreeArc; Info-ZIP; KGB Archiver; PeaZip; The Unarchiver; Xarchiver; Zopfli.
Bepul: DGCA; Filzip; GCA; HaoZip; IZArc; QuickZip; StuffIt Expander; TUGZip; Universal Extractor; WinUHA; Zipeg; ZipGenius; ZipItFree.
Tijoriy: ACB; ALZip; Archive Utility; MacBinary; PowerArchiver; Squeez; StuffIt; WinAce; WinPRS; WinRAR; WinRK; WinZip.
Arxivlash dasturlarini kompyuterga o’rnatish kerak. O’rnatilganda Total Commanderda fayl ustida sichqonchaning o’ng tomoni bir marta bosilganda kontekst menyudan arxivlash buyrug’i mavjud bo’ladi va shu buyruq orqali arxivlash mumkin. Total kommandarda menyusida va asboblar panelida ham arxivlash buyrug’i tugmasi mavjud bo’ladi.
|
| |