Total Commander orqali fayllarni arxivash
Total Commanderda fayllarni arxivlash uchun «Файлы» menyusidan «Упаковать» buyrug’i beriladi. (yoki klaviaturadan Alt+F5 tugmalari birikmasi bosiladi).
Arxivlash buyrug’i berilganda arxivlashning «Упаковка файлов» nomli muloqot oynasi ochiladi. Lekin oldin qaysi faylni arxivlash lozimligini tanlab olish kerak. Bu muoqot oynasida arxivlashning turli shartlari buyruq darchasida ko’rinib turadi. Foydalanuvchi bu darchalardan birini sichqoncha orqali tanlab olish mumkin. Masalan, «Шифровать» buyrug’i fayl yoki papkaga parol qo’yib arxivlanadi. Ya’ni bunda arxivlashda oldin parol qo’yish talab qilinadi, ikki marta so’raydi. Shu buyruq bilan arxivlangandaboshqa foydalanuvchi shu faylni ocholmaydi. Ochish uchun parol so’rash oynasi chiqadi. Bu jarayon foydalanuvchilar fayllarini sir yoki xavfsizligi uchun ishlatiladi.
Arxivlash muloqot oynasidagi «Удалить исходные файлы после упаковки» buyrug’i yuqorida keltirilgan “ma’lumotlarni yo’qotgan holda arxivlash”ga misol bo’ladi. Ma’lumki fayl arxivlanganda arxivlangan fayl paydo bo’ladi va oldingi (arxivlanma-gan) fayl ham mavjud bo’ladi.
«Упаковка файлов» muloqot oynasi
Arxiv faylni bekor qilish uchun, ya’ni oldingi arxivlanmagan fayl holatga o’tkazish uchun yana «Файлы» menyusidan «Распаковать» buyrug’ beriladi. (yoki klaviaturadan Alt+F9 tugmalari birikmasi bosiladi).
|