Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari




Download 245.62 Kb.
bet6/39
Sana23.03.2023
Hajmi245.62 Kb.
#46210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2-MAVZU
2 5260243015179440747, 1-90, So\'rovnoma, 7-амалиёт(182-231), MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI OT (1), Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб maruza, Shoxsanam, 8-sinf O\'zbekiston tarix ish reja - tayyori, 7-mavzu
Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari. O'quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonunivatlar umumiv va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko'ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko'ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo’lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlasiy1ta'lim jaravonining quvidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko'rsatadi:
1. Ta'lim maqsadi quyidagilarga bog'liq: jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.

  1. Ta'lim mazmuni quyidagilarga bog'liq: ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati, o'quvchilaming yoshi imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o'quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.

  2. Ta'lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog'liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o'quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda o'quvchilaming bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqti.

  3. Ta'lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalari, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o'quvchilaming yoshi, ta'lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil etish. Ta'limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog’liq: ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlarning asoslanganliligi.

  1. Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog'liq: ta'limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlari.

Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko'plab soni ma'lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Didaktik qonuniyatlar.

  2. Gnoseologik qonuniyatlar.

  3. Psixologik qonuniyatlar.

  4. Kibernetik qonuniyatlar.

  5. Sotsiologik qonuniyatlar.

  6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o'quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang'ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «prinsipium») - biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang'ich qoidasi; boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.

Download 245.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 245.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari

Download 245.62 Kb.