-Mavzu: Fizika va internet. HTMLda yaratilgan fizik jarayonlar animatsiyasi




Download 1,53 Mb.
bet3/16
Sana16.01.2024
Hajmi1,53 Mb.
#138550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-mavzu. Fizik modellar animatsiyasini yaratish

3-Mavzu: Fizika va internet. HTMLda yaratilgan fizik jarayonlar animatsiyasi.
Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog`liq ekan, «Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?» deb savol berishingiz tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi.Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, AdobeDreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, JavaScript kabi server skriptlari (ssenariylartili), XML, HTMLvaboshqalar. Bu dasturlarning barchasi HTML (Hypertext Markup Language - Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari «» belgilari orasiga yoziladi va deskriptor (ing. tavsiflovchi) yoki teg (ing. tag - yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglar lotin alifbosi harflari yordamida yoziladi, bunda harflar yuqori yoki quyi registrda yozilishi farqlanmaydi, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo`linadi:
1. Juft teglar (yoki konteyner-teglar): tegi uchun tegi mavjud bo`lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi
2. Juftmas teglar: ko`rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o`zidan keyingi matnni yangi satrga o`tkazuvchi tegi kabi.
HTML-hujjat — «html» yoki «htm» kengaytmali matnli fayl bo`lib, u oddiy matn muharririda teglar qo`llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo`ladi. HTML-hujjat xotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida web« sahifa ko`rinishida aks etadi. HTML-hujjat, odatda, ikkita bo`limdan iborat bo`ladi. Birinchisi HEAD (ing. bosh qism yoki sarlavha) bo`limi bo`lib u va teglari orasida joylashadi. Ikkinchi BODY (tana) bo`limida 4 hujjatni mazmuni aks etadi va u va teglari orasida joylashadi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (ma’lumotlar web-brauzer oynasida alohida sohalarda aks etishi) lozim bo`lsa, u holda BODY bo`limi o`rniga FRAMESET (FRAME SET - strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to`plami), juft tegi yordamida) bo`limi ishlatiladi. Odatda, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas. Web-sahifaga kiritilishi lozim bo`lgan yana bir element - web- sahifa nomi bo`lib, nom kiritish uchun ‘ ‘ va HTMLtilining teglari bo`lib,
- web-sahifa boshlanishini,
- web-sahifa yakunlanganini,
- sarlavha bo`limi boshlanishini, sarlavha bo`limi yakunlanganini,
- nom kiritish tugaganligini,
- ma’lumotlar bo`limiboshlanishini,
—ma’lumotlar bo`limi yakunlanganini,
- matnni davomi yangi satrdan yozilishi kerakligini anglatadi.
Yuqorida kiritilgan matnni «mypagel.html» nomi bilan biror katalogda, masalan, «Моидокументы» papkasi ichidagi «Gulnoza» papkasida saqlab qo`yamiz. Endi bu faylning belgisi web-brauzerga moslashganini ko`rish mumkin. Hosil qilingan web-sahifa Internet Explorer brauzerida ochilganda 2-rasmdagi kabi ko`rinishda bo`ladi: Kiritilgan matnli fayl va web-sahifani taqqoslab ko`rib, quyidagi xulosaga kelamiz:
1) fayl nomi (yuqoridagi misolda, mypagel) web-sahifada aks etmaydi;
2) web-sahifa nomi (yuqoridagi misolda, Birinchi) web-brauzerning sarlavha satrida aks etadi;
3) web-sahifa matnida maxsus buyruqsiz yozilgan keyingi satr (yuqoridagi misolda, «web-sahifam.» matni ham, «Yoshim 15 da.» matni ham) o`zidan avvalgi satrga ulanib ketadi. 6 HTMLda kiritilgan matnning web-brauzerdagi ko`rinishi doim ham biz kutgan natijani beravermaydi. Uni biz istagan ko`rinishga keltirish uchun bir necha bor tahrirlashga to`g`ri keladi. Buning uchun Bloknot matn muharririni ishga tushirish, kerakli HTML-hujjatni diskdan izlab topish va xotiraga yuklash, uni tahrirlash va qayta saqlash, web- brauzerni ishga tushirish, tahrirlangan HTML-hujjatni yana diskdan topib web-brauzerda ko`rish kerak bo`ladi. Odatda, web-sahifa biz o`ylagan ko`rinishga kelishi uchun yuqorida sanab o`tilgan ishlarni bir necha bor bajarishga to`g`ri keladi. Bu ishlarni ancha qulay usullar bilan ham bajarish mumkin:
1- usul. Internet Explorerda ochilgan web-sahifani tahrir qilish lozim bo`lsa, sichqonchani shu web-sahifa ustiga olib kelib, o`ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst-menyudan «HTML-kodini ko`rish» (просмотр HTMLкода) bandi tanlansa, web-sahifaning HTML-hujjati yuklangan Bloknot matnmuharriri ekranga chiqadi. HTML-hujjatni tahrir qilib, saqlab qo`yiladi. Internet Explorer uskunalar panelidagi «Yangilash» ( ) tugmasi bosilsa, ma’lumotlar maydonidagi web-sahifa yangilanadi (tahrir qilingan websahifaga almashadi).
2- usul. Ko`rinish menyusidan «HTML-kodini ko`rish» bandi tanlanadi va 1-usuldagi kabi tahrirlanadi.
Savol va topshiriqlar
1. HTML tilining buyruqlari qanday ataladi?
2. HTML-hujjat nima? HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi qanday?
3. Teglarning turlari haqida so`zlab bering.
4. HTML-hujjat qanday teg bilan boshlanadi?
5. Web-sahifaga nom berishni misollar orqali ko`rsatib bering.
6. Web-sahifa nomi web-brauzerning qayerida aks etadi?
7. Web-sahifa nomi HTML-hujjatning qaysi qismida yozilishi mumkin ? Mashqlar 7
1. «Mening ona Vatanim» nomli web-sahifa uchun matn tayyorlang. Uni matn muharririda hosil qilib, «Mening vatanim» nomi bilan saqlang.
2. «Mening Vatanim» nomli matnni web-hujjat ko`rinishiga o`tkazing. Web-sahifani web-brauzerda ochib tahrirlang.
3. «Bizning maktab» sarlavhali matnli sodda web-sahifa tayyorlang.
- prolog
- bosh qismi


Download 1,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Fizika va internet. HTMLda yaratilgan fizik jarayonlar animatsiyasi

Download 1,53 Mb.